Иностранная филология: язык, литература, образованиеТАҲЛИЛ АСПЕКТИДА, Кенжаев Аваз Латипович2019
Moliyamy-iqtisodiy matnlarm tarjimasida ekstralingvistik omillar va ularning tarjima jarayoniga ta’siri
MOLIYAVIY-IQTISODIYMATNLARNITARJIMASIDA EKSTRALINGVISTIK · Abdullayeva Shohida Norqulovna
Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 3 · 27–36 · 2026
Аннотация
Ushbu maqola moliyaviy-iqtisodiy matnlarning tarjimasida ekstralingvistik omillarning ahamiyatini tahlil qiladi. Huquqiy, iqtisodiy, madaniy va pragmatik moslashuv moliyaviy tarjimalarning aniqligi va samaradorligini ta’minlovchi asosiy omillar sifatida o‘rganiladi. Shuningdek, xalqaro moliyaviy me’yorlar, terminologik ekvivalentlik va kommunikativstrategiyalar misollar asosidatahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: ekstralingvistik omillar, moliyaviy tarjima, huquqiy moslashuv, terminologik ekvivalentlik, kommunikativ strategiya, madaniy tafovutlar, xalqaro moliyaviy me’yorlar. Moliyaviy-iqtisodiy matnlarning tarjimasi jarayonida tilshunoslik va ekstralingvistik omillarning o‘zaro bog‘liqligi alohida ahamiyat kasb etadi. Tarjima faqat tilning semantik va grammatik qoidalarini qo‘llash bilan cheklanib qolmay, balki matnning asl ma’nosini to‘liq va aniq ifodalash uchun madaniy, ijtimoiy va kontekstual jihatlarni ham hisobga olishni talab qiladi. Bu jarayonda tarjimonning asosiy e’tibori matnni – manba tilidagi matnning ma’no va maqsadini saqlab qolish bilan birga, maqsad tilida (MT) auditoriyaga moslashtirishga qaratiladi. Aynan ekstralingvistik omillar, ya’ni madaniyat, iqtisodiy muhit, soha terminologiyasi va boshqa tilga oid bo‘lmagan jihatlar tarjima sifatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, tarjima jarayonining muvaffaqiyati nafaqat lingvistik kompetensiyaga, balki tarjimonning ekstralingvistik bilim va tajribasiga ham bog‘liqdir. N.K. Garbovskiyning 38fikricha, asl matn "har qanday tarjima jarayonining asosi bo‘lib, unda tarjimon tomonidan qayta talqin qilinishi kerak bo‘lgan barcha zaruriy ma’lumotlar mujassamdir". Shuning uchun tarjimon matnni nafaqat belgilardan tashkil topgan predmet sifatida, balki muallifvao‘quvchi o‘rtasidagi muloqotvositasi sifatidako‘rib chiqishizarur. Bu yondashuv matnni ikki xil tahlil qilishni talab qiladi: biri lingvistik tahlil, ikkinchisi esa diskursiv tahlildir. Lingvistik omillar, masalan, leksik-semantik tuzilma va matn ritmi kabi jihatlar, tarjimon tomonidan matnni o‘rganish jaroyonida e’tiborga olinadi. Bunday omillar K. Nord39 tomonidan "ichki tekstual omillar" (intratextual factors), A. Alman40 esa "tekstga bog‘liq cheklovlar" (text-driven constraints) deb atalgan (Nord, Alman, mos ravishda). Ekstralingvistik omillar, ya’ni "matndan tashqaridagi" omillar, kommunikatsiya jarayonining asosiy savollariga javob izlash orqali o‘rganiladi. Bu savollarni G.D. Lassuell41 quyidagicha aniqlaydi: kim? nima deydi? qanday vosita orqali? kimga? qanday ta’sir bilan?. Ekstralingvistik omillarga muallif niyati, maqsadi, motivlari, auditoriya xususiyatlari, matn yaratilgan vaqt va joy, shuningdek, uni yetkazishusuli (og‘zaki yoki yozma)kiradi. Moliyaviy-iqtisodiy matnlarni tarjima qilish murakkab jarayon bo‘lib, unda lingvistik va ekstralingvistik omillarning uyg‘unligi tarjimaning mazmunan to‘g‘ri va kommunikativ jihatdan samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Lingvistik jihatlar leksik, sintaktik va semantik aniqlikni qamrab olib, matn tuzilishi va terminologik mosligini belgilasa, ekstralingvistik 38ГарбовскийН.К.Теорияперевода:учебник/Н.К.Гарбовский.–М.:Изд-воМоск.ун-та,2007.– с.230 39NordChristiane.TextAnalysisinTranslation:Theory,Methodology,andDidacticApplicationofaModel forTranslationOrientedTextAnalysis.Secondedition.–Amsterdam.N.Y.:Rodopi,2005.–284p. 40AlmannaAli.Extra-linguisticConstraints&ParametersintheTranslationProcess:ADescriptiveStudy //WorldJournalofEnglishLanguage.–Vol.3.–№3.–2013.–P.27–36. 41LasswellHaroldD.TheStructureandFucntionofCommunicationinSociety// 2007.–S.215–228 Samarkand State Institute of Foreign Languages 245 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI omillar esa madaniy, iqtisodiy, huquqiy, sotsiolingvistik va pragmatik kontekst bilan bog‘liq bo‘lib,matnning xalqaro standartlarga vamaqsadli auditoriyaga mos kelishinita‘minlaydi. Ekstralingvistik xususiyatlar tarjimaning to‘g‘ri talqin qilinishini, xalqaro standartlarga mosligini va maqsadli auditoriya tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishini ta’minlovchi muhim omillardan biridir. Ekstralingvistik xususiyatlar lingvistik bo‘lmagan elementlarni qamrab olib, matnning iqtisodiy, huquqiy, madaniy, sotsiolingvistik va kommunikativ kontekstlarini o‘z ichiga oladi. Bu jihatlar moliyaviy tarjima jarayonida semantik va pragmatik tafovutlarni aniqlash, terminlarning aniq ekvivalentini topish va matnni auditoriya ehtiyojlariga moslashtirish kabi muhimvazifalarni bajaradi. Ekstralingvistikxususiyatlarning asosiyyo‘nalishlari: 1. Moliyaviy-iqtisodiy va huquqiy kontekst. Moliyaviy matnlarning tarjimasida iqtisodiy tizimlarva huquqiy me’yorlarning milliy va xalqaro farqlari e’tiborga olinishi zarur. Bu, ayniqsa, xalqaro moliyaviy standartlar (IFRS, GAAP) va mahalliy tartibga solish normalari bo‘yicha matnlarni tarjima qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Misol: "According to SEC regulations, all publicly traded companies must disclose their financial statements quarterly." Tarjimasi: "AQSh Qi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola moliyaviy-iqtisodiy matnlarning tarjimasida ekstralingvistik omillarning ahamiyatini tahlil qiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola moliyaviy-iqtisodiy matnlarning tarjimasida ekstralingvistik omillarning ahamiyatini tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- extralinguistic factors, kommunikativ strategiya, communicative strategy, финансовый перевод, financial translation, культурные различия, international financial standards, юридическая адаптация, ekstralingvistik omillar, экстралингвистические факторы, huquqiy moslashuv, legal adaptation, madaniy tafovutlar, международные финансовые стандарты, terminological equivalence, коммуникативная стратегия, cultural differences, xalqaro moliyaviy me’yorlar, terminologik ekvivalentlik, moliyaviy tarjima, терминологическая эквивалентность
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025