К содержанию
РецензированоUZ2026

Talabalar o'quv faoliyatini samaradorligini oshirishda milliy qadriyatlardan foydalanishning samaradorlik ko'rsatkichlari

QADRIYATLARDANFOYDALANISHNING SAMARADORLIK KO'RSATKICHLARI · TursunovJo’rabek Baxtiyarovich

Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 2026

Аннотация

ushbu maqolada talabalar o‘quv faoliyatining samaradorligini oshirishda milliy qadriyatlardan foydalanishning ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot xulosalariga ko‘ra, milliy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirilgan ta’lim tizimi nafaqat bilimlarni o‘zlashtirish jarayoniga, balki shaxsiy va kasbiy rivojlanishga ham ijobiy ta’sirko‘rsatadi. Kalit so’zlar: milliy qadriyatlar, o‘quv faoliyati samaradorligi, motivatsiya, milliy g‘urur, ijtimoiyfaollik, ta’limmetodlari, psixologik moslashuv. Milliy qadriyatlarning ta’lim jarayonidagi o‘rni talabalar intellektual va shaxsiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Bu qadriyatlar ta’limning amaliy jihatlarini boyitib, talabalarning nafaqat bilimlarini oshiradi, balki ularning shaxsiy mas’uliyat, milliy o‘zlikni anglash va jamiyatga foyda keltirish motivatsiyasini ham mustahkamlaydi. Shu ma’noda samaradorlik ko‘rsatkichlari sifatida o‘quvchilarning nazariy bilimlardan amaliy natijalarga erishish qobiliyatlarini ko‘rsatib beradigan mezonlarbelgilab olinadi. Bundan tashqari, ta’lim jarayonida milliy qadriyatlardan foydalanish, talabalar orasida o‘zaro ishonchni, hurmatni va hamkorlikni kuchaytiradi. Ular jamiyatning madaniy merosiga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiradilar, bu esa o‘z navbatida, o‘qishga bo‘lgan ichki motivatsiyaning ortishiga olib keladi. Ushbu o‘zgarishlar ijtimoiy munosabatlarda ham ijobiy aks etadi, chunki talabalar o‘zaro muloqotda yuqori axloqiy standartlarni qo‘llashga, bir-birlariga yordam berishga vajamiyat oldidao‘z mas’uliyatlarini to‘g‘ri anglashga o‘rganadilar. Bunday o‘zgarishlarning natijasi sifatida o‘quv faoliyatining samaradorligi oshadi. Milliy qadriyatlarni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish orqali talabalar nazariy bilimlarni chuqurroq anglay boshlaydi, mustaqil ravishda muammolarni hal qilishga tayyor bo‘ladi, shuningdek, kasbiy faoliyatda innovatsion yondashuvlarni qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qiladi. Shu bilan birga, talabalar o‘rtasida ijtimoiy faollik oshadi, ular madaniy loyihalarda ishtirok etish orqali o‘z mahoratlarini mustahkamlaydi vakelajakdagi kasbiy muvaffaqiyatlargapoydevor yaratadi. Milliy qadriyatlardan foydalanishning samaradorlik ko‘rsatkichlari orqali talabalar o‘z shaxsiy salohiyatini yanada kuchaytiradi, madaniy va ma’naviy qadriyatlarga tayanib, jamiyatda munosib o‘rin egallashga intiladilar. Shu tarzda ta’lim jarayonidagi har bir bosqichda talabalar nafaqat bilimlarni egallashda, balki o‘z shaxsiy va ijtimoiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishda ham yuqori natijalarga erishadilar. Bu esa ta’lim tizimining umumiy samaradorligini oshirishda muhimqadamdir. Shunday qilib, milliy qadriyatlarning ta’lim jarayoniga integratsiya qilinishi talabalar ongida milliy identifikatsiyani shakllantirish bilan birga, o‘quv jarayoniga bo‘lgan mas’uliyat hissini oshirishga ham xizmat qiladi. Ta’lim samaradorligini oshirishda milliy qadriyatlardan foydalanish talabalarni ijtimoiy faol, madaniy merosga hurmat bilan qaraydigan, innovatsion fikrlay oladigan va kelajakda kasbiy jihatdan muvaffaqiyatli bo‘lishga tayyor shaxs sifatida shakllantirish imkonini beradi. Bu jarayon nafaqat ta’lim oluvchilar uchun, balki ta’lim tizimining umumiy samaradorligini oshirishda ham strategik ahamiyatga ega. Milliy qadriyatlarni o‘quv jarayonida faol qo‘llash natijasida o‘zlashtirish jarayonining izchilligi, mustahkamligi va chuqurligi oshadi. Talabalar o‘z bilimlarini real hayotiy vaziyatlarda qo‘llash ko‘nikmalarini mustahkamlab, mavzularni faqatgina yod olish emas, balki ularni tahlil qilish, taqqoslash va innovatsion yechimlarni topish qobiliyatlarini shakllantiradilar. Milliy qadriyatlarning o‘quv jarayonida faol aks ettirilishi nafaqat an’anaviy bilim berish modelining samaradorligini oshiradi, balki o‘quvchilarning tanqidiy fikrlashini, tahliliy yondashuvlarini va mustaqilqaror qabul qilishqobiliyatlarini rivojlantirishga ham xizmat qiladi. Samarkand State Institute of Foreign Languages 388 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI Bu jarayonda talabalar o‘z jamoasi bilan ishlash, muloqot qilish, bahs va munozaralarda ishtirok etish orqali ijtimoiy o‘zaro ta’sir ko‘nikmalarini shakllantiradilar. Bunday yondashuv ularning tashabbuskorligi, ijodkorligi va jamoa bilan ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi, bu esa ularning kasbiy rivojlanishida muhim omil hisoblanadi. Milliy qadriyatlarga asoslangan o‘quv muhitida ta’lim olgan talabalar jamiyatdagi o‘z o‘rnini aniq anglaydi, o‘z kasbiy intilishlarini shakllantiradi va kelajakdagi maqsadlarini aniq belgilash imkoniyatigaega bo‘ladi. Bundan tashqari, milliy qadriyatlarga asoslangan ta’lim modeli motivatsiya tizimini kuchaytiradi, chunki talabalar o‘zshaxsiyrivojlanishini faqat individualmuvaffaqiyat bilan emas, balki jamiyatga foydali bo‘lish bilan bog‘laydi. Shaxsiy o‘zini anglash jarayonida milliy g‘urur hissi shakllanadi, ta’lim jarayonida o‘z qadr-qimmatini anglash va kasbiy yo‘nalishda o‘ziga ishonch hissi ortadi. O‘z milliy qadriyatlarini

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada talabalar o‘quv faoliyatining samaradorligini oshirishda milliy qadriyatlardan foydalanishning ahamiyati tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada talabalar o‘quv faoliyatining samaradorligini oshirishda milliy qadriyatlardan foydalanishning ahamiyati tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
milliy g‘urur, психологическая адаптация, national pride, motivatsiya, motivation, эффективность воспитательной деятельности, social activity, o‘quv faoliyati samaradorligi, psychological adaptation, национальные ценности, ta’lim metodlari, effectiveness of educational activities, educational methods, national values, milliy qadriyatlar, psixologik moslashuv, мотивация, социальная активность, национальная гордость, ijtimoiy faollik, воспитательные методы
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники