Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Aspektual konsepsiyaning rivojlanish tarixi
Muratova Manzura Islamovna
Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 1989
Аннотация
Maqolada zamonaviy tilshunoslikning diqqat markazidagi masalalardan biri aspektual konsepsiya, uning sentaktik fremlari va kognitiv modellashuvi tadqiqot obekti sifatida olingan. Vaholanki, kognitiv tilshunoslikning asosiy birligi konsept sanaladi va lingvistik hodisaning semantik jihatlarini to‘la o‘rganmay turib, uning mohiyatini shuningdek, tabiatinito‘la ochib bo‘lmaydi. Kalit so‘zlar: konsepsiya, sintaktik freym, kognitiv model, mental tizim, neytral munosabatlar, natijaviylik konsepsiyasi, iterativlikkonsepsiyasi. Kognitiv tilshunoslikda konsepsiya, sintaktik freym, kognitiv model kabi tushunchalarga murojaat qilish nafaqat aspektuallik turlari va vositalari haqida to‘liq ma’lumot olishga, balki u yoki bu konstruksiya nima uchun ishlatilishiga yordam beradi. Konsepsiya atamasiga kognitiv atamalar lo‘g‘atida quyidagicha ta’rif beriladi: “konsepsiya - bu bizning ongimizning aqliy yoki psixologik resurslari birliklarini va inson bilimi va tajribasini aks ettiruvchi axborot tuzilmasini tushuntirishgaxizmat qiluvchi atama”. Konsepsiya atamasni ilk bor S.A.Askoldov qo‘llagan bo‘lib, unga “...bir tur yoki boshqa turdagi tushunchalar xaqida fikrlash jarayonini o‘zida aks ettiradigan birlikdir”, deb ta’rif beradi. Tilshunoslikda esa konsepsiya atamasini birinchilardan bo‘lib, R. Jekendofning (Rey Jekendoff) “What is a concept, that a perso may prasp it” (1989)asarida, J. Lakoffning (George Lakoff) “Mataphors we live by”, (1980) asarida, J. Miller, J.Bruner, R.Langaker va boshqalarning asarlarida uchratish mumkin. Xozirgi kunga kelib, konsepsiyaga bag‘ishlangan ko‘pgina nazariy va amaliy ishlar mavjud. Jumladan, YE. S. Kubryakova konsepsiyaga quyidagicha ta’rif beradi: "konsepsiya - bu bizning ongimizda mavjud bo‘lgan ma’lum bir ma’no, g‘oya demakdir. Asosiysi, bunday g‘oya anglash jarayonida operativ birlik sifatida mavjud bo‘ladi va butunlay mustaqil va boshqalardan aniq ajralib turadi”. Konsepsiya o‘zbek tilshunoslari N.Maxmudov, Sh.S.Safarov, A.YE.Mamatov, M.B.Mamatov, H.Q.Yusupov va boshqalar tomonidan tadqiq qilingan bo‘lib, Sh.S.Safarov uni “moddiy dunyo idroki ayni paytda idrok etilayotgan predmet – hodisalar haqida tushunchaning tug‘ilishini, keyinchalik ushbu tushuncha mental namuna konsept sifatida shakllanib, moddiy nom olishi” deb ta’riflaydi. H.Q.Yusupov “tashqi yoki ichki dunyodagi biror bir narsa yoki hodisa haqidagi ongimizdagi bilimlar majmuasi, u haqidagi obrazlar va unga bo‘lgan ijobiy, salbiy, neytral munosabatlar, ya’ni baholashlardir”, deydi. M.B.Ergashev esa uni “bir vaqtning o‘zida ham psixologik, ham kognitiv - semantik va lingvokognitiv jihatlarni namoyon etuvchi ko‘pqirrali vako‘pqatlamli mental tizim” sifatidata’riflaydi. (Ergashev, 2024) Aspektual konsepsiyalar tuzilishi haqida YE. S. Kubryakova “Tilda konseptual tizimlarni muqobil vositalar bilan amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyati bir xil mazmunni tilda yetkazish mumkinligidir”, degan juda qiziqarli fikrni bildirgan. Bundan tashqari, ma’lum bir tushuncha inson tafakkuri uchun qanchalik ahamiyatli bo‘lsa, unda lingvistik vositalar va lingvistikshakllar tizimishunchalik murakkabroq ifodalash mumkin”. (Kubryakova, 2004). T.V.Beloshapkova aspektual konsepsiyani bir qadar chuqurroq o‘rganib, uni to‘qqiz konsepsiyalar majmuidan: “namoyon bo‘lish darajasi”, “boshlanish”, “davom etish”, “yakunlash”, “birlik”, “davomiylik”, “natijaviylik”, “takroriylik” va “meyor”dan iboratdir”, (stepen proyavleniya, nachalo, prodoljeniye, konets, yedinichnost, dlitelnost, rezultativnost, povtoryayemost, sootnosheniye s normoy) deydi. (Beloshapkova, 2007). Olima bu Samarkand State Institute of Foreign Languages 155 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI konsepsiyalarni ikki elementar va elementar bo‘lmagan guruhga ajratadi. Elemintar guruhga “boshlanish”, “davom etish”, “yakunlash”, “birlik” va “davomiylik”ni hamda elementar bo‘lmagan guruhga “namoyon bo‘lish darajasi”, “natijaviylik”, “takroriylik”, “meyor bilan munosabat”ni kiritadi. Shuningdek u, strukturaviylik nuqtai nazaridan konsepsiyani ikki guruhga bo‘ladi: oddiy (so‘z bilan ifodalangan) va murakkab (so‘z, iboralar, jumlalar va matnlarda taqdimetiladigan). Quyida biz T.V.Beloshapkova nazriyasiga asosan to‘qqiz turdagi konsepsiyani ingliz va o‘zbektilidagi badiiy adabiyotlardan keltirilgan misollardako‘ribchiqamiz. Boshlanish konsepsiyasi – ish – harakatning boshlanishini anglatib, bir so‘z, sodda gap bilan ifodalanadi. Ingliz tilida start, begin, commence fe’llari bilan ifodalanadi: Several times Thornton started to speak,..(J.London, p.52); Men gasped and began to breathe again, (J.London, p.66); – Ketdik. (O‘.Hoshimov, 7 - b.); Mashina bir silkindi-yu, shiddat bilan yurib ketdi. (O‘.Hoshimov, 7-b.); Davom etish konsepsiyasi sodda gapda ifodalanadi va ish – harakat ma’lum bir vaqt oralig‘ida davom etadi. Ingliz tilida continue, go on, endure, lengthen fe’llari shuningdek davomli zamon fe’l konstruksiyasi ( to be + verb + ing ) bilan ifodalanadi: For hal
Доказательный фрагмент
«Maqolada zamonaviy tilshunoslikning diqqat markazidagi masalalardan biri aspektual konsepsiya, uning sentaktik fremlari va kognitiv modellashuvi tadqiqot obekti sifatida olingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada zamonaviy tilshunoslikning diqqat markazidagi masalalardan biri aspektual konsepsiya, uning sentaktik fremlari va kognitiv modellashuvi tadqiqot obekti sifatida olingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- concept of iterativeness, mental system, когнитивная модель, kognitiv model, ментальная система, iterativlik konsepsiyasi, концепция, mental tizim, natijaviylik konsepsiyasi, концепция итеративности, concept, concept of consequentiality, sintaktik freym, cognitive model, синтаксический фрейм, нейтральные отношения, neutral relations, konsepsiya, syntactic frame, концепция последовательности, neytral munosabatlar
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025