К содержанию
РецензированоUZ2026

Ingliz tilini o`qitish jarayonida kasbiy leksikani o`rganishga asoslangan mashqlarni tanlash va tuzishga qo`yiladigan zamonaviy talablar

ZAMONAVIY TALABLAR · Shamirzayeva Zarifa Xudoyorovna

Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 2026

Аннотация

Ushbu maqola chet tilida o‘qitishda leksik va grammatik kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlarni tahlil qiladi. Ayniqsa, ko‘p ma'noli so‘zlarni o‘rganishda o‘quvchilarni xatolardan xalos etish va yangi leksik birliklarni taqdim etishda umumlashtirishning ahamiyati ko‘rsatilgan. H.Soynazarovning metodik qarashlariga ko‘ra, ko‘p ma’noli so‘zlar alohida leksik birlik sifatida o‘rganilishi kerak. Maqolada, shuningdek, leksik minimumtanlash bo‘yicha turli tadqiqotchilarning fikrlari keltirilgan va bujarayonda psixologik, didaktik va semantik tamoyillarning o‘rni ta'kidlangan. Chet tili o‘qitishda mashqlar tizimi, shu jumladan statik va dinamik mashqlar, til materialini o‘zlashtirishda sezgi va analizatorlarning ishtirokimuhokamaqilinadi. Kalit so‘zlar: leksik kompetensiya, ko‘p ma’noli so‘zlar, o`quv metodikasi, leksik minimum, retseptiv va reproduktiv nutq, mashqlar tizimi, didaktik tamoyillar, statik va dinamik mashqlar,chet tilio‘qitish. Nutqni egallash xususiyatiga ko‘ra, aniqrog‘i, sezgi va analizatorlaming ishtirokiga qarab, retseptiv va reproduktiv nutq mashqlari bajariladi. Nofilologik yo‘nalishlarda ingliz tili leksik kompetensiyasini rivojlantirish ko‘p ma’noli so‘zlarni taqdimot chog‘ida umumlashtirib berish ayrim ma’nolarni ajratib o‘rgatish ishidan o‘qituvchini xalos etadi. “Ko‘p ma’noli so‘zlarni umumlashtirib o‘rgatish usulini” o‘zbek tadqiqotchilaridan H.Soynazarov tadqiq etgan. Ushbu metodik g‘oyaga binoan fe’l shakllarini o‘rganishda ikki va undan ortiq misol keltirilgandan so‘ng yangi o‘rganilayotgan o‘xshash shakllar oldingilari asosidagi qoidalarga tayanib, mustaqil tarzda o‘rganiladi. Reseptiv leksikani o‘rgatish mazmunida til birligi mavqeini birinchi so‘z egallaydi. Reproduktiv nutqda esa noto‘g‘ri fe’lning har bir zamon shakli alohida til birligi darajasida qo‘llanadi. Ko‘p ma’noli so‘zni taqdim etishda ham umumlashtirib o‘rgatish tavsiya etiladi. H.Soynazarovning metodik qarashlariga ko‘ra ko‘p ma’noli so‘zning barcha ma’nolari alohida leksik birlik bo‘lib, har bir yetakchi ma’no esa leksikani o‘rgatish mazmuniga kiritiladi [1]. Ingliz tili o‘qitishda leksik minimum tanlash tamoyillari bo‘yicha tadqiqotchilarning fikrlari turlichadir. Tadqiqotchilardan V.A.Buxbinder va M.Choriyevlar quyidagi tamoyillar asosida leksik minimumni tanlashni taklif qilganlar: 1. Leksik birliklarni ingliz tili o‘qitishda mavzularga asosan tanlash; 2. Yangi so‘zlarni o‘zlashtirishning psixologik jihatlarini e’tiborga olish; 3.Ingliz tili ta’limining psixologik va didaktik qonuniyatlariga rioya qilish; 4. Talabalarning potensial va real lug‘at boyligini bir-biri bilan bog‘liq holda shakllantirish; 5. Ingliz tili leksik minimumni rasional cheklash tamoyili [5]. Tadqiqotchilardan N.D.Galskova va N.I.Gezlar leksikani tanlashda 6ta tamoyilni asos qilib olganlar. Ular: 1. Muvofiqlashtirish tamoyili; 2. Stilistik jihatdan chegaralanmaganligi; 3. Ingliz tilidagi so‘zlar ma’nosini ochish; 4. So‘zni taqdim etishda leksik birliklarni fahmlash va mustaqil ravishda ma’nosini anglash; 5. So‘z ma’nolarini farqlash; 6. Nutqda faol qo‘llanadigan so‘zlarni tanlash; 6. Ingliz tilida nutqda so‘zlarni ko‘p ishlatilishiga ko‘ra tanlash [2]. Tadqiqotchilardan G.Rahmonov va M.Karimovalar leksik minimum tanlashda 1. Mavzular bo‘yicha; 2. Ko‘p so‘zlarni qo‘llash va keng tarqalganlik darajasiga ko‘ra; 3. Til interferensiyasiga binoan xatolarni oldindan olishga ko‘ra; 4. Semantik (ma’noviy) jihatdan tanlash; 5. Muvofiqlik tamoyiliga ko‘ra; 6. Stilistik jihatdan chegaralanmaganlik; 7.So‘z yasalishiga ko‘ra tamoyillarni asos qilib olganlar [4;5].Shuningdek, tadqiqotchilardan F.R.Qodirova ham leksik birliklarni tanlashda quyidagi tamoyillarni asos qilib olgan: 1. Nutqda so‘zning amaliy qimmatini hisobga olinishi; 2. So‘zning og‘zaki nutqda, grafik matndagi tez-tez qo‘llanilishi; 3. So‘zlardan foydalanish imkoniyatlariga qarab [3]. Tadqiqotchi Samarkand State Institute of Foreign Languages 385 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI F.R.Qodirova “Nutqda yangi so‘zlarni faol qo‘llash ko‘p jihatdan talabalarning ular ma’nosini qanchalik to‘g‘ri tushunishlariga bog‘liqdir” deb, ta’kidlab o‘tgan. Buning uchun mashg‘ulotlarni shunday tarzda tashkil etish kerakki, talabalar yangi leksik birliklarni idrok etib, sekin asta faol nutqqa o‘tishsin [3]. Chet til o‘rganishni mashqlar bajarishdan iborat jarayondir deyilsa, mubolag‘a yoki xato bo‘lmaydi. Bu — mashqning dinamika (harakat) tarafi. Uning statika (holat) jihati — darslikda o‘quv materiali tarzida tashkil etilganligidadir. Statikadagi mashq deganda, chet til darsligida muayyan raqam yoki harf bilan belgilangan yoki maxsus ajratib ko‘rsatilgan, ikki qismdan iborat, dars tarkibini tashkil etadigan o‘quv-metodik kategoriya tushuniladi. Mashqning qismlari metodik adabiyotlarda “mashq talabi (sarlavhasi)“ va „mashq materiali" deb yuritiladi. Mashq materiali darslikda yozilgan (harf, so‘z,jumla, grafik matn) yoki o‘quvchi nutqiningmahsuli (

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola chet tilida o‘qitishda leksik va grammatik kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlarni tahlil qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola chet tilida o‘qitishda leksik va grammatik kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlarni tahlil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
leksik minimum, exercise system, методика обучения, статические и динамические упражнения, рецептивная и репродуктивная речь, o`quv metodikasi, mashqlar tizimi, дидактические принципы, leksik kompetensiya, foreign language teaching, polysemantic words, chet tili o‘qitish., обучение иностранным языкам, lexical minimum, ko‘p ma’noli so‘zlar, didactic principles, retseptiv va reproduktiv nutq, receptive and reproductive speech, statik va dinamik mashqlar, didaktik tamoyillar, лексический минимум, static and dynamic exercises, система упражнений, lexical competence, лексическая компетенция, многозначные слова, teaching methodology
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники