Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Ertak janri transformatsiyasi
ERTAK JANRI TRANSFORMATSIYASI · Eliboyeva ZarnigorNormuminovna
Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 2026
Аннотация
В данной статье представлена информация о жанре сказки и уникальном процессе его формирования в письменной литературе. Анализируется роль сказкив воспитанииподрастающего поколения. Annotation. This article provides information about the fairy tale genre and its unique formation process in written literature. The role of fairy tales in the education of the young generationis analyzed. Kalit so‘zlar: folklor, ertak, janr, jonlantirish, milliylik, hikoya, san’at, yaxshilik, ezgulik, zamonaviylik. Ключевые слова: фольклор, сказка, жанр, оживление, народность, сюжет, искусство,добро,добро,современность. Key words: folklore, fairy tale, genre, revitalization, nationality, story, art, goodness, goodness, modernity. Ertaklar dunyodagi boshqa xalqlar og‘zaki ijodida keng tarqalganidek, o‘zbeklarda ham eng ommaviy janrlardan biri sifatida turli viloyatlarimizda yashaydigan yurtdoshlarimiz tomonidan sevib aytib kelingan. Ularning juda qadim zamonlardan yaratilganini “ertak” atamasining Mahmud Koshg‘ariy tomonidan yozilgan “Devonu lug‘oti-t-turk” asarida “etuk” tarzda qo‘llanganidan bilsa bo‘ladi: “Etuk – hikoya, ertak; biror maqsadni shohga bildirish, hikoya qilish uchun ham bu so‘z qo‘llanadi. Asli bir narsani hikoya qilishdan olingan19. Bu janrning qadimiyligini qozoq, qirg‘iz, turkman va boshqa bir qator turkiy xalqlar oilasiga kiruvchi millatlar og‘zaki ijodida ham ertak deb atalishi, isbotlashi mumkin. Shuningdek, miflar, afsona, rivoyatlar haqida fikr yuritganimizda, diffuzion jarayonning keyingi bosqichi ertak ekanligini eslatib o‘tganmiz. Demak, agar xalqimiz og‘zaki ijodini qadimgi qadriyatlar sifatida e’zozlasak, bu xazinaning noyob durdonasi sifatida hech ikkilanmay ertaklarni qayd etish mumkin ekan. Faylasuf I.A.Ilin ta’biri bilan aytganda, “ertak – bu odamlarning eng birinchi, din paydo bo‘lgunga qadar mavjud bo‘lgan ilk falsafasi, ularning erkin afsonaviy obrazlar orqali va badiiy shaklda bayon qilingan hayot falsafasidir”20. Har bir davr o‘ziga xos ertaklarni yaratdi. Inson munosabatlarining xilma-xilligi ularda muhrlangan. Ertak terminini O‘zbekistondagi hamma viloyatlar aholisi juda yaxshi bilsa-da, bu janrga oid asarlar turlicha hududlarda turlicha atalgan. Xususan, toshkentliklar “cho‘pchak”, farg‘onaliklar “matal”, xorazmliklar “varsaqi”, o‘zbek va tojik tilida so‘zlashuvchi vatandoshlarimiz “ushuk” tarzda atashgan. Bulardan tashqari jonli so‘zlashuvda ba’zan afsona, o‘tirik, tutal atamalari ham uchraydi. Hatto hazrat Alisher Navoiy ham g‘azallaridan birida “cho‘pchak”so‘ziniqo‘llaganlar: Habibimhusni vasfin uyla muhlikanglakim bo‘lg‘ay, Qoshindaqissai Yusufbiruyqu kelturur cho‘pchak. Ayni paytda baytdagi “uyqu” so‘ziga e’tibor bering. Ma’lum bo‘ladiki, oqshom payti bolalarni uxlatishda ertakning sehrli ta’sir kuchidan bugungi kunda foydalanar ekanmiz, bu 19 Қошғарий Маҳмуд. Девону луғотит турк. Биринчи том. – Тошкент: ЎзФА нашриёти, 1960.–C.98. 20 Ильин И.А. Одинокий художник / Сост. предисл. и примеч. В.И. Белов. – Москва: Искусство,1993.–C.240. Samarkand State Institute of Foreign Languages 147 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI an’ana ham bejiz paydo bo‘lmaganini qayd etamiz. Darvoqe, H.Olimjonning 1937-yilda yozgan “Oygul bilan Baxtiyor”ertagini eslashimiz ham o‘rinli: Болаликкунларимда, Uyqusiz tunlarimda, Ko‘pertak eshitgandim, So‘ylab berardi buvim. Esimdao‘shadamlar, O‘ziuchar gilamlar, Tohir-Zuhra, Yoriltosh, Oyni uyaltirgan qosh21. Shoir doston boshlanishida (dostonning bosh mazmuni ham “Ozoda chehra” ertagiga asoslanishini ta’kidlash mumkin) xalq ertaklari jozibasini shoirona kashfiyotlar bilan yoritib bergan. Bu misralarda “Tohir va Zuhra”, “Yoriltosh” ertaklarining nomi tilga olinishidan tashqari “o‘zi uchar gilamlar”, “oyni uyaltirgan qosh”lar, “beqanot uchgan otlar”, “so‘ylaguvchi devorlar”, “bola bo‘p qolgan chollar” sanab o‘tiladi. Haqiqatan ham, “Oygul bilan Baxtiyor” adabiy ertagini yozishda shoirga xalq ertaklarining sirli olami ilhom bag‘ishlagan va Hamid Olimjon o‘z o‘quvchisiga bu ilhom izohini go‘zal so‘zlar bilan yetkazishga harakat qilgan. Yuqorida keltirgan fikrlarimiz xalq ertaklarining haqiqiy so‘z san’ati sifatida qadimdan yashab kelayotganini, xalq hayotida ularda tasvirlangan olam muayyan ahamiyat kasb etganini dalillaydi. Xalq og‘zaki ijodi xalqning hayotiy tajribasidan, kuzatishlaridan dunyoga keladi. Uning mohiyatida inson taqdiri, xalq taqdiri mujassam. Bu kuzatishlar doimo ibratga ega, tarbiyaviy ahamiyatga molik. Manashunday tasvirlarhayot materiallaridan olingan. Shu ma’noda ertak janri avvalo yosh avlodni kamolot sari yetaklashi bilan birga, dunyoqarashini shakllantirishda ham muhim rol o‘ynaydi. Xullas, eng qadimiy ertak syujetlari zamonaviy ertaklar yoki badiiy asarlar uchun manba bo‘lgani kabi, ularning sal o‘zgartirilgan shakllari butunlay boshqa-boshqa bo‘lganxalqlarning adabiyotidamavjud. Foydalanilganadabiyotlarro‘yxati 1. Қошғарий Маҳмуд. Девону луғотит турк. Биринчи том. – Тошкент: ЎзФА нашриёти,1960.–C.9
Доказательный фрагмент
«В данной статье представлена информация о жанре сказки и уникальном процессе его формирования в письменной литературе.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье представлена информация о жанре сказки и уникальном процессе его формирования в письменной литературе. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- folklore, fairy tale, genre, revitalization, nationality, story, art, goodness, ertak, zamonaviylik, искусство, народность, folklor, jonlantirish, оживление, сказка, жанр, фольклор, добро, yaxshilik, современность, ezgulik, hikoya, modernity, milliylik, janr, san’at, сюжет
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025