Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Ingliz tilshunosligida ergativ fe’llarning valentlik masalalari
Qarshiyeva Shoxista
Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 45-78 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada ingliz tilida ergativ fe’llarning valentlik xususiyatlariga oid bir nechta nazariyalar keltirilgan bo‘lib, ular misollar orqali tahlil qilinadi. Ergativ fe’llarning valentlik masalalariga oid savollar ko‘rib chiqiladi va tilshunoslar tomonidan keltirilgan fikrlar bilanisbotlanadi. Kalit so‘zlar: ergativ fe’llar, tranzitiv konstruksiya, intranzitiv konstruksiya, valentlik, argument. Ingliz tilida ergativ fe’llar o‘zining tranzitiv (o‘timli) va intranzitiv (o‘timsiz) shakllar o‘rtasida almashinish qobiliyati tufayli o‘ziga xos hisoblanadi. Bu fe’llar argument tuzilmasini o‘zgartira oladi, bu esa valentlikni –fe’l bilan bog‘lanadigan argumentlar sonini aniqlash va tahlil qilishda tilshunoslar uchun qiyinchilik tug‘diradi. Valentlik masalasi sintaksis jihatdan tahlilda juda muhim hisoblanadi, chunki u fe’llarning gapdagi boshqa elementlar bilan o‘zaro ta’sir qilishini belgilaydi. Ergativ fe’llar holatida valentlik sezilarni darajada o‘zgarishi mumkin, bu esa o‘z o‘rnida bunday turdagi fe’llarning ingliz tilidagi funksiyalarini qanday tushunish kerakligi haqida muhim savollarni tug‘diradi. Ushbu maqolada ergativ fe’llarning murakkabliklari, ularning valentligi bilan bog‘liq asosiy muammolar va turli tilshunoslar bu masalani qanday hal qilgani muhokama qilinadi. Ergativ fe’llarni ko‘plab tilshunoslar tahlil qilib kelishadi va natijada ularning o‘ziga xos xususiyatlari turli xil nazariy doiralarni keltirib chiqaradi. Bu turdagi fe’llar intranzitiv konstruksiyadagi ega tranzitiv konstruksiyada to‘ldiruvchi bo‘lib keladigan shaklga amal qiladi. Masalan, “The door opened” (“Eshik ochildi”) jumlasida “The door” ega bo‘lsa, “Anvar opened the door” (“Anvar eshikni ochdi”) jumlasida “the door” to‘ldiruvchi bo‘lib keladi. Bu o‘zgarish subyekt-obyekt munosabatlari haqidagi an’anaviy tushunchalarni murakkablashtiradi vavalentlikkaoid an’anaviy qarashlarga zidkeladi. Tilshunos Devid Doutining proto-rollar va leksik dekompozitsiya (ajralish) haqidagi ishlari, jumladan, ergativ fe’llarning argument tuzilmalari bilan bog‘liq tushunchalarni shakllashtirishda muhim asos bo‘ldi. D. Douti fe’llar sintaktik va semantik xususiyatlarini aks ettiruvchi bir nechta sodda elementlarga bo‘linishi mumkinligini aytib o‘tdi. Unga ko‘ra, ergativ fe’llar argument tuzilmalari o‘rtasida almashinish jarayoni bo‘lishi mumkinligi sababli ularning valentligi o‘zgaradi. Intranzitiv konstruksiyada (The vase broke) fe’l faqat bitta argumentni talab qiladi (The vase), ammo tranzitiv konstruksiyada (Anvar broke the vase) esa ikkita argumentni talab qiladi (Anvar va the vase). Tilshunos Doutining nazariyasi esa bu almashinuvning qanday vanimauchun sodirbo‘lishinitushuntirishga yordam beradi [Douti, 1979:120b.] M.K. Xollidey ergativ fe’llarni funksional nuqtai nazardan yondashib, o‘zining tizimli funksional grammatikasi doirasida valentlik va tranzitivlik o‘rtasidagi bog‘liqlikni tadqiq qilgan. Xollidey valentlik faqat sintaktik masala emas, balki gap ichidagi ishtirokchilarning (subyekt va obyekt) qanday funksional rol o‘ynashini aks ettiradi deb hisoblaydi. Ergativ konstruksiyalarda ega va obyekt (to‘ldiruvchi) rollarini almashtirishi mumkin, bu esa bevosita fe’lning valentligiga ta’sir qiladi. Masalan, “The window opened” jumlasida ega bu harakatni qabul qilgan narsa (ishtirokchi), “Anvar opened the window” jumlasida esa subyekt agentga (harakatni amalga oshiruvchi shaxs) aylanishi mumkin, obyekt esa ishtirokchi bo‘lib qoladi. Bu valentlikdagi o‘zgarish sintaktik va funksional o‘zgarishlarni aks ettiradi. [Xollidey, 1985: 101b.] Ergativ fe’llarning asosiy muammolaridan biri ularning valentligidagi noaniqlikdir. Intranzitiv konstruksiyada ergativ fe’lning valentligi bitta bo‘lishi mumkin. Lekin tranzitiv konstruksiyada valentlik ikkita bo‘ladi, masalan, “Lola closed the door” (“Lola eshikni yopdi”) jumlasida fe’l ikkita ishtirokchini qabul qiladi (Lola va eshik). Bu valentlikning o‘zgaruvchanligi Samarkand State Institute of Foreign Languages 129 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI ergativ fe’llar uchun valentlik qanday aniqlanishi kerakligi haqidagi savollarni tug‘diradi. Biz fe’lning valentligini moslashuvchan deb hisoblashimiz kerakmi yoki har bir konstruksiyani fe’lninghar xilvalentlikkaega alohida holatideb qabul qilishimizkerakmi? Sintaktik va semantik interfeys haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, shuni aytish joizki, ergativ fe’llarni o‘rganishda yana bir muhim masala valentlikni aniqlashda sintaksis va semantika o‘rtasidagi munosabat hisoblanadi. Ko‘pchilik tilshunoslar fe’lning valentligi faqat gapdagi argumentlar soni bilan aniqlanishini yoki chuqurroq semantik rollarni ham o‘z ichiga olishi kerakmi, degan masalada bahslashadilar. Levin [1993] va Douti [1979] larning fikriga ko‘ra, valentlik nafaqat gapning sintaksisini, balki fe’l tayinlaydigan tematik rollarni ham aks ettiradi. Masalan, “The door opened” jumlasida “The door” semantik jihatdan ishtirokchi bo‘lsa (harakatni boshidan kechiruvchi na
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ingliz tilida ergativ fe’llarning valentlik xususiyatlariga oid bir nechta nazariyalar keltirilgan bo‘lib, ular misollar orqali tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ingliz tilida ergativ fe’llarning valentlik xususiyatlariga oid bir nechta nazariyalar keltirilgan bo‘lib, ular misollar orqali tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ergative verbs, переходная конструкция, tranzitiv konstruksiya, эргативные глаголы, transitive construction, intranzitiv konstruksiya, valentlik, intransitive construction, valency, аргумент, argument, валентность, ergativ fe’llar, непереходная конструкция
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025