К содержанию
РецензированоUZ2026

FAVQULODDA VAZIYATLAR YO‘NALISHI KURSANTLARIDA MULOQOT MADANIYATINI TARBIYALASH METODIKASI

Boltayev Baxtiyor Yunusovich · Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika

Теоретические аспекты становления педагогических наук · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada favqulodda vaziyatlar yo‘nalishi kursantlarining muloqot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish metodikasiga doir fikrlar keltirilib tahlil qilingan. Shuningdek, kursantlarda samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali ularning kasbiy kompetensiyalarini yuksaltirishga qaratilgan metodik g‘oyalar ilgari surilgan. Kalit so‘zlar: muloqot madaniyati, kursant, favqulodda vaziyat, metodika, kasbiy tayyorgarlik, pedagogik texnologiya. Bugungi kunda favqulodda vaziyatlarda samarali faoliyat ko‘rsatish uchun nafaqat mutaxassislik sohasidagi bilim va ko‘nikmalar, balki ijtimoiy va psixologik kompetensiyalar ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, muloqot madaniyatining yuksak darajada bo‘lishi — favqulodda vaziyatlarda tezkor, aniq va ta’sirli munosabat o‘rnatishda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Shu bois, kursantlarni tayyorlash jarayonida muloqot madaniyatini shakllantirish ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Muloqot kishilarning hamkorlikdagi faoliyati, ehtiyojlari asosida tug‘iladigan, ular o‘rtasidagi aloqa rivojlanishining ko‘p qirrali jarayonidir. Muloqot hamkorlikdagi faoliyat qatnashchilari o‘rtasida axborot almashinishni o‘z ichiga oladi, bu muloqotning kommunikativ ko‘rinishida ifodalanadi [1]. Odamlar bir-biri bilan munosabatga kirishishda tildan muomala vositasi sifatida foydalanadilar. Muloqotning ikkinchi jihati muomalaga kirishuvchilarning o‘zaro ta’siridir. Bunda faqat so‘zlar emas, balki harakat va holatlar ham almashinadi. Masalan, sotuvchi bilan xaridor o‘rtasida biror so‘z aytmasdan muomalaga kirishish mumkin. Muloqotning uchinchi tomoni muomalaga kirishuvchilarning bir-birini idrok qilishidir. Muomalaga kirishuvchilarning bir-birini to‘g‘ri tushunishi muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, muloqotning shartli uch tomonini ajratish mumkin: kommunikativ (axborot berish), interaktiv (o‘zaro ta'sir) va perseptiv (o‘zaro idrok qilish). Ma’lumki, muloqot jarayonida kishilar biri gapiradi, ikkinchisi tinglaydi. Muloqotning samaradorligi ana shu ikki qirraning qanchalik o‘zaro mosligi, bir-birini to‘ldirishiga bog‘liq. Mashhur amerikalik notiq, psixolog Deyl Karnegi “Yaxshi suhbatdosh — yaxshi gapirishni biladigan emas, balki yaxshi tinglashni biladigan suhbatdoshdir” [2], deganda aynan shu qobiliyatlarning insonlarda rivojlangan bo‘lishini nazarda tutgan. 59 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference Tinglash muloqotning eng muhim komponentidir. Tinglash san’atini puxta egallamay odamlar bilan hech qachon sog‘om munosabat o‘rnatib bo‘lmaydi. Tinglay bilmaslik og‘ir ma’naviy va sezilarli iqtisodiy zarar keltirishi mumkin. Muloqot madaniyati — shaxsning turli ijtimoiy holatlarda madaniyatli, odobli, axloqiy mezonlarga muvofiq ravishda muloqot qilish ko‘nikmasi bo‘lib, bu ko‘nikma kursantlarning kasbiy faoliyatida — jamoa bilan hamkorlik qilish, aholi bilan muloqot olib borish, rahbariyat va hamkasblar bilan samarali axborot almashish kabi vaziyatlarda muhim rol o‘ynaydi [3]. Hozirgi kunda Oliy ta’lim muassasalarida muloqot madaniyatini shakllantirishga qaratilgan bir qator fanlar mavjud. Biroq, favqulodda vaziyatlar yo‘nalishidagi kursantlar uchun maxsus tayyorlangan o‘quv-uslubiy materiallar yetarli emas. Shu bois, amaliyotga yo‘naltirilgan, interaktiv va trening asosidagi yondashuvlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Kursantlarning muloqot madaniyatini rivojlantirish uchun quyidagi metodik yondashuvlarni joriy etish taklif etiladi: Rolli o‘yinlar va simulyatsiya — real favqulodda vaziyatlar ssenariylari asosida muloqot mashqlarini tashkil etish; Psixologik treninglar — stressga chidamlilik va ta’sirchan muloqot ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan mashg‘ulotlar; Interaktiv darslar — keys-stadi, debat va klaster usullari orqali muloqot jarayonini chuqur o‘rganish; Fidbek tizimi — kursantlar tomonidan amalga oshirilgan muloqotlar tahlili va o‘zaro baholash orqali fikr-mulohaza berish [4]. Favqulodda vaziyatlar yo‘nalishidagi kursantlar uchun muloqot madaniyatini tarbiyalash, nafaqat ularning shaxsiy rivojlanishi, balki kasbiy samaradorligini ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega. Buning uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalarga asoslangan maxsus metodik yondashuvlarni joriy etish zarur. Maqsadli va tizimli yondashuv kursantlarning muloqot madaniyatidagi kompetensiyalarini tubdan yaxshilashga xizmat qiladi. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Axmedova N. Kasbiy muloqot psixologiyasi. Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti, 2019. -25 b. 2. Karnegi D. Oʻz-oʻziga ishonch hosil qilish va omma oldida soʻzlash sanʼati. Toshkent: Yangi asr avlodi, 2010-yil. - 56 b. 3. Toshpulatov Sh. Favqulodda vaziyatlarda xodimlarning psixologik tayyorgarligi. // O‘zbekistonda psixologiya fanining dolzarb muammolari, 2020. №4, 25–30-betlar. 60 THEORETICAL ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES International scientific-online conference 4. Nazarov B., Rahmonov J. Oliy ta’lim muassasalarida kursantlarda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish mas

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada favqulodda vaziyatlar yo‘nalishi kursantlarining muloqot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish metodikasiga doir fikrlar keltirilib tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada favqulodda vaziyatlar yo‘nalishi kursantlarining muloqot madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish metodikasiga doir fikrlar keltirilib tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
muloqot madaniyati, metodika, pedagogik texnologiya., kursant, favqulodda vaziyat, kasbiy tayyorgarlik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники