К содержанию
РецензированоUZ2022

TIBBIYOT TEXNIKUMLARIDA KLINIK FANLARNI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA OʻQITISHNING AHAMIYATI

Jamolov Anvar Kuchkorovich

Прикладные науки в современном мире: проблемы и решения · 2022

Аннотация

The article discusses the role of digital technologies in teaching clinical subjects at medical colleges in Uzbekistan. Simulation tools, AR/VR, and interactive platforms enhance students’ practical skills and professional readiness. Keywords: clinical subjects, digital technologies, medical college, simulation, AR/VR, competence. O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Prezidentimizning 2022-yil 23-dekabrdagi PQ–456-sonli qarori asosida sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish, tibbiy ta’limni zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish, malakali tibbiyot xodimlarini tayyorlashda sifatli ta’limni ta’minlash eng muhim ustuvor vazifalardan biri etib belgilandi. Jumladan, tibbiyot texnikumlari orqali o‘rta bo‘g‘in tibbiyot xodimlarini zamonaviy bilim, ko‘nikma va kompetensiyalar asosida tayyorlash konsepsiyasi kuchaytirilmoqda. So‘nggi yillarda Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida 50 dan ortiq tibbiyot texnikumi tashkil etildi, ularda o‘qitish jarayonini raqamlashtirish, amaliy mashg‘ulotlarni klinik stsenariylar asosida olib borish, AR/VR texnologiyalarini joriy etish ishlari boshlab yuborildi. Masalan, Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi tibbiyot texnikumlarida “Virtual dispanser”, “Simulyatsion markaz” hamda “Raqamli anatomiya” darsliklari amalda qo‘llanmoqda. Bu o‘zgarishlar o‘quv jarayonini amaliyotga yaqinlashtirish, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish va klinik kompetensiyalarini shakllantirish imkonini beradi. Shu nuqtayi nazardan, klinik fanlarni raqamli texnologiyalar asosida o‘qitish — tibbiyot texnikumlarida o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, ularni real klinik muhitga tayyorlashda samarali vosita hisoblanadi. Tibbiyot texnikumlarida klinik fanlarni o‘qitishda raqamli texnologiyalarni joriy etish zamonaviy ta’lim talablariga javob beruvchi, ilg‘or yondashuvlardan biridir. Klinik fanlar o‘z 99 mohiyatiga ko‘ra nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalar, diagnostik tafakkur, klinik qaror qabul qilish, bemor bilan to‘g‘ri muomala qilish kabi kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Shu sababli, raqamli texnologiyalar bu jarayonni yanada interaktiv va samarali qilishga xizmat qiladi. Raqamli vositalar orqali o‘quvchilarga simulyatsion texnologiyalar yordamida murakkab klinik holatlar, bemor bilan muloqot stsenariylari, diagnostik algoritmlar, muolaja rejalari kabi bilimlar virtual muhitda o‘rgatilmoqda. Masalan, yuqori darajadagi simulyatorlar (SimMan kabi) yordamida yurak urishining buzilishi, nafas yetishmovchiligi, shoshilinch tibbiy yordam holatlari sun’iy muhitda qayta modellashtiriladi. Bu orqali o‘quvchilar klinik qaror qabul qilishni real hayotga yaqin sharoitda mashq qiladilar. Ayniqsa, Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi texnikumlarda joriy etilgan “Virtual dispanser” va “Anatomik 3D modellar” kabi raqamli platformalar klinik fanlarni o‘qitishda innovatsion yondashuv sifatida keng qo‘llanmoqda. Shuningdek, kengaytirilgan reallik (AR) va virtual reallik (VR) texnologiyalari orqali murakkab operatsiyalar, ichki a’zolar tuzilishi, klinik protseduralar xavfsiz va nazorat ostida o‘rganiladi. Raqamli o‘quv resurslari — interaktiv darsliklar, videodarslar, test modullari, onlayn kutubxonalar yordamida talabalar darsdan tashqari ham o‘qishni davom ettira oladi. Bu esa moslashuvchan ta’lim muhitini yaratadi. O‘zbekiston tajribasiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, Farg‘ona, Andijon, Jizzax tibbiyot texnikumlarida ham raqamli texnologiyalar asosida klinik fanlarni o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, “Simulyatsion markazlar”da real bemorga o‘xshatib tayyorlangan interaktiv manekenlar bilan mashg‘ulotlar olib boriladi. Bu nafaqat o‘quvchilarni klinik faoliyatga tayyorlaydi, balki ularda psixologik barqarorlik, tezkor fikrlash, javobgarlik va kasbiy yondashuv kabi fazilatlarni shakllantiradi. Raqamli texnologiyalar yordamida shakllanayotgan kompetensiyalar orasida tibbiy hujjatlarni yuritish, elektron sog‘liqni saqlash tizimlarida ishlash, zamonaviy diagnostik texnologiyalar bilan ishlash bo‘yicha ko‘nikmalar muhim o‘rin tutadi. Bu orqali o‘quvchilar kelajakdagi ish joylarida zamonaviy raqamli muhitga tez moslashadi. Ta’lim jarayonida kompetensiyaviy yondashuv asosida OSCE formatidagi baholash usullari, elektron portfoliolar, klinik keyslar, tahliliy topshiriqlar qo‘llanilmoqda. Har bir fan doirasida o‘quvchilar o‘z bilimi va amaliy ko‘nikmalarini amaliy topshiriqlar orqali baholatadi. Bu esa o‘qitish jarayonini an’anaviy nazariy taqdimotdan ko‘ra, kasbiy faoliyatga yaqinlashtiradi. O‘zbekiston tibbiyot texnikumlarida raqamli texnologiyalar asosida klinik fanlarni o‘qitish o‘quvchilarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada chuqurlashtirish, mustahkamlash va ularni zamonaviy tibbiyot amaliyotiga tayyorlashda muhim rol o‘ynamoqda. Bu yondashuv tibbiy ta’limning raqobatbardoshligini oshirish, global standartlarga yaqinlashtirish, zamonaviy shifokorlar avl

Доказательный фрагмент

«The article discusses the role of digital technologies in teaching clinical subjects at medical colleges in Uzbekistan.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article discusses the role of digital technologies in teaching clinical subjects at medical colleges in Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
clinical subjects, digital technologies, medical college, simulation, AR/VR, simulyatsiya, AR, kompetensiya., klinik fanlar, raqamli texnologiyalar, VR, tibbiyot texnikumi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники