The American Journal of Social Science and Education InnovationsTorayeva Sayyora Sattorovna2020
ISLOM SHARIYATI VA ZAMONAVIY DAVLATDA AYOLLAR HUQUQLARINING QIYOSIY TAHLILI
QIYOSIY TAHLILI · Narimonova Muxlisa Murod qizi · Mamazova Zarifa Kurbanovna · MODERN STATE · Narimonova Mukhlisa Murod qizi · Mamazova Zarifa Kurbanovna (International Islamic Academy of Uzbekistan,)
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026
Аннотация
Women's rights are one of the main issues of concern to the Islamic community. Every year, many questions, proposals and comments on the issues of women and girls arrive at the offices of Muslims and fatwas all over the world and in Uzbekistan. Women's rights are paid no less attention in Islam than men's. Women's rights in the family and society are almost the same as those of men. Women are considered a full-fledged part of society if they find their place in the family as mothers and wives. Keywords: Women's rights, social rights, family rights, right to life, right to education, motherhood, right to marriage, right to vote, professional rights. Ayol Yaratganning erkak zotiga bergan ne’matidir. Islom dini ayolni e’zozlash va ularga munosabatda ehtiyorkor va sabrli boʻlishga chaqiradi. Ayolning oiladagi, jamiyatdagi, farzandlari oldidagi burch va vazifalari, huquq va erkinliklari ko‘p asrlardan buyon bahs va munozaraga sabab bo‘ladigan mavzu hisoblanadi. Ba’zi kishilik jamiyatlari ayollarga e’tibor berish, ularning haq-huquqlarini himoya qilish tarafdorlari bo‘lgan bo‘lsa, ba’zilarida buning aksi bo‘lgan. Islom dinida esa barchaga birdek xitob qilinib, erkak va ayollarga tenglik ila muomala qilingan. Haq-huquqlarda birini boshqasidan ustun qoʻyilmagan. Ayollar Islomda ona, opa-singil, jufti halol va qiz sifatida hurmatlanadi. Qur’oni karimning oʻndan ortiq suralarida va koʻplab hadisi shariflarda ayollarga tegishli hukmlar mavjud. Hatto Qur’oni karimning katta suralaridan biri “Niso” (“Ayollar”) deb nomlangan. Bularning hammasi Islom dinida ayollarga boʻlgan yuksak e’tibordir. Islomda ayollarning haq-huquqlari mavzusida so‘z yuritishdan avval haq so‘ziga to‘xtaladigan bo‘lsak. Xo‘sh, haq o‘zi aslida nima? 117 Haq soʻziga ulamolar tarafidan juda koʻplab ta’riflar berilgan boʻlib, umumiy va muxtasar berilgan ta’rifdan foydalanishni lozim topdik. “Haq” soʻzi lugʻatda yakka shaxs yoki biror bir jamoa uchun qat’iy sobit qilingan ish ma’nosini beradi. Istilohda esa shar'an oʻrnatilgan foyda ma’nosida keladi. Musulmon kishi huquqlaridan foydalanishi kafolatlanishi uchun Islomdagi har bir haqning muqobilida burch tushunchasi turadi. Masalan ta’lim olish yosh bolaning haqqi, davlatning esa burchidir. Islomda ayollarning huquqini oiladagi, turmush oʻrtogʻidagi, jamiyatdagi va mulkdagi kabi bir nechta turlarga boʻlish mumkin. Ayolning aksar huquqlari erkagu-ayolga birdek xos boʻlgan huquqlardir. Ammo ayol huquqlarining bir qancha oʻziga xosligi bor boʻlib, ular bilan quyida tanishamiz. Ayollarning eng birlamchi huquqi bu: – Yashash huquqi. Islomdan avval ayollar yashash huquqiga ega emas edilar. Aksar hollarda oilada tug‘ilgan qiz farzand vahshiylarcha oʻldirilar edi. Islom dini xotin-qizlarning mavqeini ko‘taruvchi, jamiyat cho‘qqisiga ko‘taruvchi bir qancha tamoyillarni eʼlon qildi. Bu tamoyillar qatorida, birinchisi, ayol insoniyatda erkakka o‘xshab, yashash huquqi ga egadir. Anʼom surasining 151-oyatida deyilganki: مْ كُ ُقزُ رْ َن نُ حْ َن قٍ لََ مْ ِإ نْ مِ مْ كُ دَ لََوْ َأ اوُلُتقْ َت لََوَ انً اسَ حْ ِإ نِ يْدَ لِاوَ لْابِ وَ اًئيْشَ هِ ِب اوكُ رِشْ ُت لَََّأ مْ كُ يَْلعَ مْ كُ ُّبرَ مَ رَّ حَ امَ لُ ْتَأ اوْ َلاعَ َت لْ ُق﴿ ﴾نَ وُلقِ عْ َت مْ كُ َّلَع َل هِ ِب مْ كُ اصَّ وَ مْ كُ لَِذ قِ حَ لْاِب لََِّإ ُ اللَّّ مَ رَّ حَ يِتَّلا سَ فْ َّنلا اوُلُتقْ َت لََوَ نَ طَ بَ امَ وَ اهَ نْمِ رَ هَ ظَ امَ شَ حِ اوَ فَ لْا اوُبرَ قْ َت لََوَ مْ هُ اَّيِإوَ “Keling, Robbingiz sizlarga harom qilgan narsalarni tilovat qilib beraman: Unga hech narsani shirk keltirmang! Ota-onangizga yaxshilik qiling! Ochlikdan qoʻrqib, bolalaringizni oʻldirmang. Biz sizlarni ham, ularni ham rizqlantirurmiz. Fahsh–buzuq ishlarning oshkorasiga ham, maxfiysiga ham yaqinlashmang. Alloh harom qilgan jonni oʻldirmang. Magar haq ila boʻlsa, mayli. Ushbularni sizga amr qildikki, shoyad aql yuritsangiz, deb ayt”1. Mana shu oyati karimaning shafoatidan ota-onaga ozor bermoq, ularni tahqirlamoq, shuningdek, yosh qizlarni tiriklayin koʼmib oʼldirmoq kabi yovuzliklarga chek qoʼyildi. – Ta’lim olish huquqi. Islomda ayollarning ilm izlash va egallashlariga toʻsqinlik qiladigan hech narsa kelgani yoʻq, aksincha, bu musulmonlardan talab va farz qilingan va ayol yoki erkak deb ajratmagan holda targʻib qilingan. Islomda farzand tarbiyasi bilan asosan uning onasi shugʻullanadi ya’ni ona koʻproq vaqt oʻtkazadi. Shu sababdan islom nafaqat ayolga ilm olish huquqini berdi, balki buni farzandi ustidagi vojib amallardan qildi. – Ayolning onalik huquqi. Islomda ona ulug‘lanadi, uning haqqi Alloh va Rosulining haqqidan keyingi o‘rinda turadigan darajada muhimdir. Qur’oni Karimda ota-ona, xossatan onaning haqqini ado qilishga, uni hurmat qilishga chaqiradigan ko‘plab oyatlar mavjud. غَ َلَبوَ ُهدَّ شُ َأ غَ َلبَ اَذِإ ىَّتحَ ارً هْ شَ نَ وُثلَََث ُهُلاصَ ِفوَ ُهُلمْ حَ وَ اهً رْ كُ ُهْتعَ ضَ وَ وَ اهً رْ كُ ُهمُّ ُأ ُهْتَلمَ حَ انً اسَ حْ ِإ هِ يْدَ لِاوَ ِب نَ اسَ نْلِْ ْا اَنيْصَّ وَ وَ ﴿ يِ نِإ يِتَّير ِ ُذ يِف يلِ حْ لِصْ َ أوَ ُهاضَ رْ َت احً لِاصَ لَ مَ عْ َأ
Доказательный фрагмент
«Women's rights are one of the main issues of concern to the Islamic community.»
Образец извлечения
Демо-превьюWomen's rights are one of the main issues of concern to the Islamic community. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Women's rights, social rights, family rights, right to life, right to education, kasb-kor huquqi., Ayollar huquqi, ijtimoiy huquq, turmush qurish huquqi, yashash huquqi, onalik huquqi, ta’lim olish huquqi, saylov huquqi, oilaviy huquq
Смежные источники
American Journal Of Social Sciences And Humanity ResearchBakirova Umida Bakhtiyor Kizi2021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education Innovations+ Shokhrukhbek Farkhadovich Allanazarov, Jour nal Website:2021