К содержанию
РецензированоUZ2022

TIBBIYOT TEXNIKUMIDA OʻQUV JARAYONI VA ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI INTEGRASIYASI

AMALIYOTI INTEGRASIYASI · Jamolov Anvar Kuchkorovich

Наука и технология в современном мире · 2022

Аннотация

The article outlines modern approaches to integrating theory and practice in medical colleges. It emphasizes simulation-based learning, cognitive strategies, and medical algorithms in preparing students for real-world situations. Keywords: medical education, practice, integration, simulation, cognitive strategy, medical algorithm. Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda tibbiyot ta'limi sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar oliy ta'limning mazmun va shaklida chuqur oʻzgarishlarni vujudga keltirmoqda. Prezidentimizning sogʻliqni saqlash tizimini raqamlashtirish, oliy tibbiyot ta'limida xalqaro standartlarni joriy etish va amaliyotga yaqinlashtirish borasidagi farmon va qarorlari bu sohadagi islohotlarning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi. Xususan, 2022– 2024 yillar davomida tibbiyot oliygohlarida “simulyasion markazlar”ning tashkil etilishi, klinik tajriba va amaliyotning oʻquv jarayoni bilan uygʻunlashtirilishi, talabalarning kasbiy salohiyatini real shart-sharoitlarda shakllantirish imkoniyatlarini yaratib berdi. Ta'limning nazariy va amaliy jihatlarini uygʻunlashtirish, tibbiy ta'limda sifatli kadrlarni tayyorlashning eng muhim mezonlaridan biri hisoblanadi. Buning uchun tibbiyot oliygohlarida “ta'lim-ilmiy-amaliy” integrasiya tamoyili asosida innovasion oʻqitish modellari, simulyasiya texnologiyalari, kognitiv yondashuvlar va klinik algoritmlar faol ravishda joriy etilmoqda. Jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti va Andijon davlat tibbiyot instituti kabi muassasalarda talabalarni hayotiy tajribaga yaqin sharoitlarda oʻqitish maqsadida tibbiy simulyasiya xonalari, virtual klinik amaliyot platformalari va “Smart Health Lab” laboratoriyalari tashkil qilingan. Oʻquv jarayoni va ishlab chiqarish amaliyoti integrasiyasi nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, balki talabalarda mustaqil qaror qabul qilish, jamoaviy ishlash, kasbiy va axloqiy qadriyatlarni shakllantirishda ham muhim ahamiyatga ega. Bu integrasiya turli metodik yondashuvlar orqali amalga oshiriladi. Jumladan, kognitiv strategiyalar, simulyasiyali ta'lim, ilmiy munozara metodi va tibbiy algoritmlar kabi yondashuvlar tibbiyot talabalarida 50 ` amaliy koʻnikmalarni shakllantirish, klinik fikrlashni rivojlantirish va murakkab holatlarda innovasion echimlar topish salohiyatini oshiradi. Ayniqsa, kognitiv strategiyalar metodi talabalarda bilimlarni kodlash, xotirada saqlash va klinik xulosa chiqarish jarayonlarini samarali boshqarish imkonini beradi. Oʻquv jarayonida ma'lumotlarni boʻlaklarga ajratish (chunking), ikkilamchi kodlash (dual encoding), qaytarish amaliyoti va metakognitiv strategiyalar kabi usullar yordamida kognitiv yuklama optimallashtiriladi. Bu esa bilimlarni uzoq muddatli xotirada saqlash va amaliy jarayonlarga qoʻllash samaradorligini oshiradi. Shuningdek, bu metod vositasida talabalarning diqqatni muhim ma'lumotlarga qaratgan holda chalgʻituvchi omillarni kamaytirish qobiliyati kuchayadi. Simulyasion ta'lim esa nazariy bilimlar bilan amaliy tajriba oʻrtasidagi boʻshliqni toʻldiruvchi inqilobiy pedagogik yondashuv sifatida e'tirof etilmoqda. Bu metod xavfsiz muhitda talabalarni reanimasiya, akusherlik, shoshilinch tibbiy yordam kabi yuqori mas'uliyatli sohalarda mashq qilishga tayyorlaydi. Manekenlar, virtual reallik texnologiyalari, rolli oʻyinlar va standartlashtirilgan bemorlar bilan mashgʻulotlar nafaqat amaliy koʻnikmalarni, balki tanqidiy va klinik fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi. Simulyasiya jarayonidagi de-brifing elementlari talabalarga oʻz harakatlarini tahlil qilish, xatolardan saboq olish va tajribasini takomillashtirish imkonini beradi. Tibbiy algoritmlar metodi esa talabalarda tizimli va standartlashtirilgan klinik qaror qabul qilish koʻnikmasini shakllantiradi. U orqali murakkab holatlarda xatolarni kamaytirish, bemor xavfsizligini ta'minlash va tezkor reaksiya koʻrsatish qobiliyati shakllanadi. Zamonaviy tibbiy ta'limda algoritmlar faqat klinik amaliyotda emas, balki raqamli texnologiyalar — sun'iy intellekt, neyron tarmoqlar, tabiiy tilni qayta ishlash asosidagi modellarda ham qoʻllaniladi. Bu esa talabalarning kelajakda raqobatbardosh va innovasion mutaxassis boʻlib etishishiga poydevor boʻladi. Ilmiy munozara metodi esa talabalarda tanqidiy fikrlash, dalillash qobiliyati, intellektual kamtarlik va muloqot mahoratlarini shakllantiradi. Bu metod murakkab muammolarni echishda turli nuqtai nazarlarni oʻrganish, jamoaviy qaror qabul qilish va fanlararo yondashuvni rivojlantirish imkonini beradi. Ilmiy munozaralar orqali talabalar faqat faktlarga asoslangan fikrlarni shakllantirish bilan cheklanmasdan, nazariy bilimlarni real hayot sharoitida qoʻllashga ham oʻrganadilar. Shu bilan birga, ta'lim va ishlab chiqarish amaliyoti integrasiyasida ayrim muammolar ham mavjud. Jumladan, ta'lim muassasalarining tashabbusi va ishlab chiqarish korxonalarining unga nisbatan sust munosabati ("maktab qiziqadi, korxona sovuq" fenomeni), zamonaviy simulyasion laboratoriyala

Доказательный фрагмент

«The article outlines modern approaches to integrating theory and practice in medical colleges.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article outlines modern approaches to integrating theory and practice in medical colleges. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
medical education, practice, integration, simulation, cognitive strategy, simulyasiya, tibbiy ta’lim, tibbiy algoritm., kognitiv strategiya, amaliyot, integratsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

[2]ТехникаENРецензированоОткрытый доступ
RESEARCH RESULTS CLEANING GRAIN HARVEST COMBINE HARVESTER

ЖУРНАЛ ТЕХНИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИЙЭлмурод Сотволдиевич Умаров, Зиёдбек Шавкатович Халилов +12021

5