Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIBBIYOT TEXNIKUMLARIDA KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSIYALARNNG O‘RNI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · INNOVATSIYALARNNG O‘RNI (in-academy.uz/index.php/si) · Jamolov Anvar Kuchkorovich (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
This paper analyzes the role of innovation and competencies in Uzbekistan's medical colleges. It highlights the integration of ICT, simulation technologies, practical training, and modern assessment systems to enhance students' professional readiness and innovative thinking. Keywords: medical colleges, innovation, competency, ICT, practical training, assessment system. O‘zbekiston tibbiy ta’lim tizimi so‘nggi yillarda raqamlashtirish, innovatsion yondashuvlar va kompetensiya asosli ta’lim konsepsiyasini keng joriy etish yo‘lida sezilarli o‘zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Xususan, tibbiyot texnikumlarida axborot- kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) joriy etilishi, simulyatsion markazlar faoliyati va kompetensiyaga asoslangan baholash tizimlarining shakllanishi orqali bo‘lajak hamshira va tibbiyot xodimlari zamonaviy kasbiy talablarga mos tayyorlanmoqda. Ushbu maqolada O‘zbekiston tibbiyot texnikumlari misolida innovatsiya va kompetensiya o‘zaro bog‘liqligi, hamda ularning talabalarning kasbiy hatto-harakatlariga ta’siri yoritiladi. Tibbiyot texnikumlarida axborot kompetensiyasining o‘sishi talabalarning kasbiy va ijodiy faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. “Medlink.uz”, “ZiyoNET”, “Google Classroom” kabi platformalarning joriy etilishi orqali o‘quvchilar tibbiy axborotlarni izlash, tahlil qilish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda. Tadqiqotlar axborot kompetensiyasi va innovatsion hatti-harakatlar o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlikni ko‘rsatmoqda. Shuningdek, texnikumlarda o‘quv jarayonini samarali tashkil etishda innovatsion va heuristik yondashuvlar ham qo‘llanilmoqda. Tabiiy fanlarni multimedia resurslar, virtual anatomik 4 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si modellar va video-instruksiyalar orqali o‘qitish talabalarning bilimlarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Bu pedagogik yondashuvlar tanqidiy fikrlash, tahliliy yondashuv va mustaqil qaror qabul qilishni rivojlantiradi. Tibbiyot texnikumlarida ishlab chiqarish amaliyoti ham innovatsion asosda qayta ko‘rib chiqilmoqda. Klinika va shifoxonalar bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan real amaliyotlar talabalarga bevosita kasbiy muhitda faoliyat yuritish imkonini beradi. Simulyatsiya markazlari, VR/AR texnologiyalar yordamida xavfsiz muhitda murakkab klinik holatlarni modellashtirish imkoniyati taqdim etilmoqda. Fidbek tizimi esa talabalar, o‘qituvchilar va amaliyot rahbarlari o‘rtasidagi aloqa samaradorligini oshirib, faoliyatni tahlil qilish va takomillashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga, texnik bazani rivojlantirish va fanlararo integratsiya orqali talabalar kompleks kompetensiyalarni egallab borishmoqda. Bunday yondashuvlarning samaradorligini ta’lim natijalarini baholash tizimi orqali aniqlash mumkin. Bugungi kunda tibbiyot texnikumlarida nazariy testlar, klinik simulyatsiyalar, keys tahlillari, reflektiv esse va avtomatlashtirilgan platformalardan (masalan, LMS, Moodle) foydalanish keng joriy etilmoqda. Bular talabaning nafaqat bilimini, balki kasbiy ko‘nikmasi, axloqiy qadriyatlari, innovatsion yondashuvi va jamoaviy ish qobiliyatini baholash imkonini beradi. Baholash mezonlari sifatida intellektual salohiyat, kasbiy tayyorgarlik, kommunikativ qobiliyatlar, ijodkorlik va etik me’yorlarga rioya etish asosiy o‘rinda turadi. Ushbu elementlarni uyg‘unlashtirgan holda ishlab chiqilgan kompetensiyaga asoslangan tibbiy ta’lim modeli nazariya va amaliyotni integratsiyalash, moslashtirilgan raqamli o‘quv muhitida o‘qitish, innovatsiyaga yo‘naltirilgan modul va topshiriqlarni joriy qilish, hamda shaxsiy va ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirishga asoslangan. Bu model talabalarda zamonaviy kasbiy muhitga moslashish, mustaqil qaror qabul qilish va tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Zamonaviy tibbiy ta’lim tizimida kompetensiyalarga asoslangan innovatsion yondashuvni samarali amalga oshirish uchun bir qator yo‘nalishlar belgilangan. Eng avvalo, ta’lim jarayonini raqamli platformalar asosida tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Bunda onlayn o‘qitish, virtual reallik (VR) texnologiyalari, simulyatsion muhitlar va interaktiv vositalardan kompleks foydalanish talab etiladi. Raqamli texnologiyalar nafaqat bilimlarni uzatish, balki o‘quv jarayonining sifatini oshirish, talabalarning individual qobiliyatlariga mos yondashuvni shakllantirishda ham asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, “case-study” va loyihaga asoslangan ta’lim (project-based learning) kabi metodlar orqali talabalar real hayotdagi muammolarni hal qilish, kasbiy faoliyatda duch keladigan vaziyatlarni tahlil qilish hamda ijodiy fikrlash malakalarini rivojlantiradilar. Bu yondashuvlar talabalarning tashabbuskorligi, tanqidiy qaror qabul qilish va mustaqil ishlash qobiliyatlarini mustahkamlaydi. Ishlab chiqarish amaliyoti esa mazkur konsepsiyaning amaliy asosini tashkil etadi. Tibbiyot texnikumlarida talabalarni real klinik va texnik muhitda tayyorlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini musta
Доказательный фрагмент
«This paper analyzes the role of innovation and competencies in Uzbekistan's medical colleges.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis paper analyzes the role of innovation and competencies in Uzbekistan's medical colleges. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- medical colleges, innovation, competency, ICT, practical training, assessment, ishlab chiqarish amaliyoti, innovatsiya, tibbiyot texnikumlari, kompetensiya, baholash tizimi., axborot texnologiyalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014