К содержанию
РецензированоUZ2026

SAIDBEK HASANOVNING MATNSHUNOSLIK YONDASHUVI: TIL, USLUB VA JANR XUSUSIYATLARI TAHLILI

ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · JANR XUSUSIYATLARI TAHLILI (in-academy.uz/index.php/si) · Musayev Islomxon Xodi o`g`li (in-academy.uz/index.php/si)

Наука и инновация · 2026

Аннотация

Ushbu tezisda matnga yondashuvning muhim yo‘nalishlaridan biri — matnshunoslik yondashuvi asosida badiiy asarlarning til, uslub va janr xususiyatlarini tahlil qilish masalalari yoritilgan. Ayniqsa, o‘zbek adabiyotida tarixiy-badiiy asarlarning matnshunoslik jihatdan o‘rganilishi, matnni nafaqat mazmun, balki strukturaviy va estetik birlik sifatida ko‘rish tamoyillari ochib berilgan. Shuningdek, bu yondashuvning amaliy misollari, xususan “Boburnoma” asari misolida tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: Matnshunoslik, til tahlili, uslub, janr, estetik birlik, Boburnoma, badiiy matn, lingvopoetik tahlil. Kirish. So‘nggi yillarda adabiy matnlarni o‘rganishda matnshunoslik yondashuvi alohida metodologik yo‘nalish sifatida shakllanmoqda. Matnshunoslik faqat lingvistik jihatlargagina tayanmay, balki matnning ichki strukturasini, badiiy tuzilishini, uslubiy xususiyatlarini ham qamrab oladi. Saidbek Hasanov o‘zining ilmiy faoliyatida o‘zbek adabiyoti va, xususan, “Boburnoma” kabi tarixiy-memoar asarlarni o‘rganishda ijodiy-matnshunoslik yondashuvini ilgari suradi. Uningcha, matnga faqat tarixiy yoki adabiy manba sifatida emas, balki shaxsiy- estetik tafakkurning mahsuli sifatida yondashish zarur. U “Boburnoma”ni o‘z davrining til, uslub va janr jihatlarida noyob hodisa deb baholaydi. 1. Til xususiyatlari Hasanov “Boburnoma” tilini ko‘p qirrali, tabiiy va hayotga yaqin til deb hisoblaydi. U asarda zamonamizga yaqinlashgan, ammo o‘z zamonasining so‘z boyligi, terminologiyasi va grammatik qurilishini o‘zida saqlagan til ko‘rinishini tahlil qiladi. Bu jihatlar matnni zamonaviy o‘quvchi uchun ham dolzarb va o‘qilishi yengil bo‘lib turishini ta'minlaydi. 2. Uslub xususiyatlari Hasanov uslub masalasiga chuqur e’tibor qaratadi. Unga ko‘ra, Bobur o‘z asarida realistik tasvir, samimiy bayon, poetik ifoda va kuzatuvchanlik kabi uslubiy jihatlarni uyg‘un holda qo‘llagan. Saidbek Hasanov bu uslubni subyektiv tarixiy matn sifatida baholab, bunday matnlarda muallif pozitsiyasi juda muhim ekanligini ta’kidlaydi. 3. Janr xususiyatlari “Boburnoma” janr jihatidan o‘ziga xosdir. Hasanov uni nafaqat tarixiy xotira, balki adabiy-biografik va falsafiy-estetik risola deb ham ataydi. U asarning janrlararo xususiyatlarini o‘rganib, matnni zamonaviy matnshunoslik mezonlari asosida kompleks tarzda talqin etadi. Bu esa o‘quvchiga matnni ko‘p qatlamli mazmun jihatdan anglash imkonini beradi. 1. Matnshunoslik yondashuvining nazariy asoslari Matnshunoslik (tekstologiya) XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab alohida ilmiy sohaga aylandi. Matnshunoslik yondashuvi quyidagi mezonlarga asoslanadi: matnning 12 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si struktura va kompozitsiyasi, til va uslubiy vositalari, janr xususiyatlari, matn va o‘quvchi o‘rtasidagi estetik aloqadorlik. Asosiy nazariy yondashuvlar a) Struktural yondashuv Bu yondashuv matnni qat’iy strukturaviy birlik deb qaraydi. Matn bir-biriga bog‘liq bo‘lgan qismlardan iborat va har bir qism ma’no yaratishda ishtirok etadi. Bu yo‘nalish F. de Sossyur, R. Bart, Y. Lotman kabi olimlar asarlarida keng o‘rganilgan. b) Lingvistik yondashuv Bu yondashuvda matn til tizimi nuqtai nazaridan — leksik, morfologik, sintaktik jihatlar asosida o‘rganiladi. Matn ichidagi til vositalari muallifning maqsadini yetkazishda qanday rol o‘ynashi tahlil qilinadi. c) Pragmatik yondashuv Bu yondashuv matnni muloqot vositasi sifatida o‘rganadi. Unda muallifning intensionsiyasi (niyati), auditoriyaga ta’siri va kommunikativ vazifasi muhim sanaladi. d) Intertekstual yondashuv Bu yondashuv asosida matnlararo aloqadorlik yotadi. Har bir matn boshqa matnlar bilan uzviy bog‘liq holda mavjud bo‘ladi. Bu fikr Yuri Lotman va Mixail Baxtin kabi olimlar nazariyasida muhim o‘rin tutadi. 3. Uslubiy yondashuv Uslub muallifning yozish usuli, estetik qarashi ifodasidir. “Boburnoma”da Boburning she’rparastligi, obrazli ifoda vositalari, tabiat tasvirlaridagi estetik uyg‘unlik alohida o‘rinni egallaydi. 4. Janr xususiyatlari tahlili “Boburnoma” matnshunoslik nuqtai nazaridan tarixiy xotira, sayohatnoma, tarixiy asar, estetik she’riy shakllarni o‘zida mujassamlashtirgan ko‘p qirrali badiiy matndir. Xulosa Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, matnshunoslik yondashuvi adabiy matnlarni, xususan, “Boburnoma” kabi tarixiy-biografik asarlarni chuqur va ko‘p qirrali o‘rganishda samarali metod sifatida maydonga chiqmoqda. Saidbek Hasanovning ushbu asarga ijodiy- matnshunoslik nuqtai nazaridan yondashuvi, uni faqat tarixiy manba emas, balki estetik tafakkur mahsuli sifatida talqin etishi — zamonaviy adabiy-matnshunoslik tahlilining dolzarb yo‘nalishlaridan biridir. “Boburnoma”ning til, uslub va janr xususiyatlarini tadqiq etish orqali Hasanov bu asarning matndagi estetiklik, mualliflik pozitsiyasi, zamon ruhi va janrlararo xususiyatlarini aniqlab beradi. Shu orqali matnning strukturaviy, kommunikativ, uslubiy va intertekstual jihatlari yuzaga chiqadi. Xulosa qilib aytganda, matnshunoslik yondashuvi “Boburnoma”ga nisb

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisda matnga yondashuvning muhim yo‘nalishlaridan biri — matnshunoslik yondashuvi asosida badiiy asarlarning til, uslub va janr xususiyatlarini tahlil qilish masalalari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisda matnga yondashuvning muhim yo‘nalishlaridan biri — matnshunoslik yondashuvi asosida badiiy asarlarning til, uslub va janr xususiyatlarini tahlil qilish masalalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
estetik birlik, uslub, Matnshunoslik, til tahlili, lingvopoetik tahlil., badiiy matn, Boburnoma, janr
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники