Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MILLIY KURASHNING O’ZBEKISTONDAGI O’RNI VA YOSHLAR HAYOTIDAGI AHAMIYATI
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · ЖИЗНИ МОЛОДЕЖИ (in-academy.uz/index.php/si) · Yunusaliyev Hasanboy (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 2026
Аннотация
It was established with the aim of popularizing, developing and introducing to the world our national sport - wrestling, which embodies our ancient values, in particular, the ideals of courage, bravery, patriotism and humanism, and conveying the rich traditions and values of wrestling to future generations, increasing the role of wrestling in the world arena under the name of the Uzbek sports brand, supporting and encouraging the interest of young people in national sports, thereby further strengthening their sense of patriotism, and creating the necessary conditions for all segments of the population, especially young people, as well as peoples of the world, to engage in this sport. Key words: National wrestling, popularization, national sport, development. 27 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si Kirish. Milliy kurash – O’zbekistonning qadimiy sport turlaridan biri bo’lib, u nafaqat sport, balki milliy madaniyat va sport an’analari ramzi hamdir. Shu bilan birga, kurashning tobora ommalashib borayotganligi nufuzli xalqaro musobaqalarni tashkil qilishga mavjud infratuzilma va moddiy-texnik bazani modernizatsiya qilishga, sport inventarlari va kiyimlari ta’minotini yaxshilashga, qolaversa, ishlab chiqarishni kengaytirishga, jumladan, soha uchun malakali kadrlar, trenerlar va hakamlar tayyorlashga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirishni talab etmoqda. Milliy kurash mahorat maktablari bazasida milliy terma jamoalar va ularning zaxiralari ishtirokida o‘quv-mashq yig‘inlari, respublika va mintaqaviy sport bellashuvlarini tashkil etish hamda muntazam ravishda o‘tkazib borish, xorijiy davlatlar trener va hakamlari bilan o‘zaro tajriba almashish maqsadida chet elning kurash klublari bilan hamkorlikni rivojlantirish. Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Qadimda va oʻrta asrlarda yashab ijod etgan qator faylasuf va tarix -chilar oʻz asarlarida kurashni alohida ehtirom ila tilga olganlar. Eramizning IX asrida kurash rivoji yangi bosqichga koʻtarildi. Oʻsha kezlarda zamonaviy Oʻzbekiston hududida istiqomat qiluvchi aholi anʼanaviy bayramlar, toʻy-hashamlar va yirik jamoatchilik tadbirlari davomida kurashdan koʻngil ochish va dam olish vositasi sifatida foydalanganlar. Keyinroq kurash koʻngil ochish vositasidan mustaqil sport turi va jismoniy chiniqish usuliga aylandi. Eng kuchli kurashchilar xalq orasida maʼlumu-mashhur boʻlib, ular haqida afsonalar toʻqila boshlandi. XII asrda yashab oʻtgan Pahlavon Mahmud buning yaqqol namunasidir. Hali-hanuz uning qabri ziyoratchi -larning sevimli maskani va muqaddas qadamjolardan biri hisoblanadi. XIV asrda insoniyat tarixida yorqin iz qoldirgan tengi yoʻq sarkarda va davlat arbobi Amir Temur oʻz askarlarini chiniqtirish va jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida kurashdan foydalangan. Maʼlumki, Amir Temur armiyasi zamonasining eng qudratli va yengilmas qoʻshini hisoblangan. Vaqt oʻtishi bilan kurash zamonaviy Oʻzbekiston hududida istiqomat qiluvchi aholining eng sevimli va ardoqli anʼanalaridan biriga aylandi. Shu maʼnoda kurash oʻzbeklarning qon-qoniga singib ketgan, deb aytish mubolagʻa boʻlmaydi. Ushbu sport turiga boʻlgan muhabbat otalardan bolalarga meros sifatida oʻtib keladi. Bugungi kunga kelib birgina Oʻzbekistonda kurash bilan muntazam shugʻullanuvchilarning soni ikki millionga yetgan. Ushbu sport ishqibozlari va havaskorlarning soni esa behisobdir. Mashhur oʻzbek kurashi ustasi, dyuzdochi va sambochi Komil Yusupov oʻzbek kurashining boy merosini tadqiq etish va yoshlarni bu sport turiga jalb qilish , rivojlantirish boyicha qator ishlar olib borgan. Komil Yusupov Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti qabulida boʻldi. Boʻlib oʻtgan suhbat chogʻida oʻzbek kurashini nafaqat ona diyorimizda, balki chet ellarda ham rivojlantirish masalalari muhokama etildi. Kurashni haqiqiy xalqaro sport turiga aylantirish, keyinchalik esa olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritish eng asosiy maqsad boʻlib qolmoqda. Oʻzbek xalqining anʼanaviy sport turlaridan biri boʻlmish kurash uch yarim ming yillik tarixga ega. Kurash oʻzbekcha soʻz boʻlib, u qator qadimiy sharq adabiy manbalarida yakkama-yakka olishuv va ijtimoiy koʻngilochar sport turi sifatida tilga olingan. Bundan ming yil muqaddam paydo boʻlgan afsonaviy Alpomish eposida kurash olis oʻtmishda Oʻzbekiston zaminida ommaviy tus olgan eng sevimli va nufuzli sport turi boʻlganligi qayd etiladi. Muhokama. Yangi Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sportni ommalash -tirish, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi 28 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si sogʻligʻini mustahkamlashga koʻmaklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari boʻyicha yuqori natijalarni taʼminlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok e
Доказательный фрагмент
«It was established with the aim of popularizing, developing and introducing to the world our national sport - wrestling, which embodies our ancient values, in particular, the ideals of courage, bravery, patriotism and…»
Образец извлечения
Демо-превьюIt was established with the aim of popularizing, developing and introducing to the world our national sport - wrestling, which embodies our ancient values, in particular, the ideals of courage, bravery, patriotism and… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- National wrestling, popularization, national sport, development, rivojlantirish., milliy sport, ommalashtirish, Milliy kurash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014