Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OMONIM VA POLISEMANTIK SO‘ZLAR
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Nurmatova Zubayda Dilshod qizi (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 102-123 · 2026
Аннотация
Polisemantik so'zlar va omonimlar o'zbek tilida ham muhim leksik hodisalar hisoblanadi. Polisemantik so'zlar bir so'zning turli, ammo o'zaro bog'liq ma'nolarini ifodalaydi. Masalan, "bosh" so'zi insonning bosh qismini, shuningdek rahbar yoki yetakchi ma'nolarini anglatishi mumkin. Bu ma'nolar o'rtasida mantiqiy bog'liqlik mavjud. Omonimlar esa bir xil talaffuz va yozilishga ega bo'lgan, ammo ma'nolari o'rtasida bog'liqlik bo'lmagan so'zlardir. Misol uchun, "ot" so'zi hayvonni ham, fe'l turkumidagi so'zni ham anglatishi mumkin. O'zbek tilshunosligida bu ikki hodisa o'rtasidagi farqlarni aniqlash va ularning til tizimidagi o'rnini belgilash muhim tadqiqot yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu hodisalar tilning lug'at boyligini oshirish va ifoda imkoniyatlarini kengaytirishda muhim rol o'ynaydi. Kalit so‘zlar: Polisemantik so'zlar, omonimlar, mantiqiy bog'liqlik, ifoda imkoniyatlari, lug'at boyligi. Omonimlar bilan polisemantik so‘zlar o‘rtasida bir qarashda bog‘liqlik borga o‘xshaydi. Ikkalasida ham shakl bir xil, ma’no turlichadir. Lekin so‘zlar orasida katta farq yotadi. Masala shundaki, polisemantik so‘zlarning ma’nolari bir-biriga qarindoshdir, chunki polisemantik so‘zlar bir so‘z bosh ma’nosining kengayishidan hosil bo‘lib, bosh ma’nodagi tushunchadan boshqa ma’noni ifodalasa ham, ular anglatgan narsa va hodisalar o‘rtasida doimo umumiylik bo‘ladi. Masalan, bet so‘zi polisemantik so‘zdir, chunki u odamning beti, ko‘chaning beti, kitobning beti kabi ma’nolarda qo‘llanadi. Ko‘rinib turibdiki, bu ma’nolar o‘rtasida umumiylik bor1. Ba'zi tadqiqotchilar polisemiya va omonimiyani bir-biridan mustaqil bo‘lgan ikkita leksik kategoriya deb hisoblashadi, boshqalar esa omonimlar ham ko‘p ma'noli so‘zlar ekanligini ta'kidlashadi. Tadqiqotchi A.Mo‘minov «Ushbu ikki leksik kategoriya o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik shundaki, ba'zi omonimlar ko‘p ma'noli so‘zlarning bir ma'nosi uzoqlashishi natijasida paydo bo‘lib, dastlabki ma'noning o‘rab turganligi tufayli yuzaga keladi. Tarixan bunday omonimiya va ko‘p ma'noli so‘zlarning ildizlari bir xil, ammo bugungi kunda ular ikki xil tushunchani ifodalaydi» deb ta'kidlaydi2. Y.A.Rubinchik ham omonimlarning paydo bo‘lishining asosiy sababi sifatida birliklarning dastlabki ma'nosining kengayishini ko‘rib, natijada u yangi, qo‘shimcha ma'no oladi deb hisoblaydi3. So‘zning ko‘p ma’noliligi tilning tarixiy rivojlanish jarayonida paydo bo‘ladi, bunda so‘z bir vaqtning o‘zida obyektiv haqiqatdagi bir predmet yoki hodisani ifodalash bilan bir qatorda, ba’zi belgilari yoki xususiyatlari bo‘yicha buni ifodalash uchun ishlatiladi. “So‘zning 1 M.T.Irisqulov. Tilshunoslikka kirish. T.,” Yangi asr avlodi”. 2009. B-112. 2 Муминов А. Полисемия и омонимия II Вопросы языка и литературы.Часть 2. -Душанбе: ТГУ. 1975. С. 268- 275 (на тадж.яз.) 3 Норматов М. Введение в языкознание. -Душанбе: Маориф, 1995. C.-176. 30 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si polisemiyasi, - deya ta’kidlagan edi semasiologiyaning asoschilaridan fransuz olimi M.Breal, - bu erishilgan sivilizatsiyaning belgisi4.” Taniqli rus tilshunosi A.A.Potebnya esa “…qayerda ikki ma’no bo‘lsa, shu yerda ikki so‘z bor”5, degan fikrni ilgari surgan edi. Demak, u polisemantik so‘z tarkibida nechta ma’no bo‘lsa, uni shuncha so‘z deb tushunadi. Boshqacha qilib aytganda, olim polisemiya bilan omonimiyani teng hodisa holatiga keltirib qo‘yadi. O.Espersen “Til polisemantik so‘zlardan holi qilinganda edi, “lingvistik do‘zax”ga aylangan bo‘lar edi”, deydi. Bunda so‘zlarni yod olish, uning ma’nolarini fahmlab chiqarish, munosabatda hayolga keltira olish kabilarni nazarda tutgan bo‘lishi mumkin. Quyidagi usullar orqali polisemantik so‘zlar vujudga keladi: 1. So‘zning ko‘chma ma’nosining yuzaga kelishi- ingliz tilshunosi N.Rayevskaya so‘zning ko‘chma ma’nosini hosil qiluvchi hodisalar: metafora, metonimiya, giperbola(majoz), evfemizmlar(nutqni yoqimli va ko‘ngilli qiluvchi leksik vosita) deb ta’kidlaydi6. Disfemizmlar (nutqni qo‘pollashtiruvchi, dag‘allashtiruvchi leksik vosita) ham ko‘chma ma’no yuzaga kelishiga xizmat qiladi. 2. Affiksatsiya yo‘li bilan ham polisemiya (ko‘p ma’nolilik) yuzaga keladi. Rus tilshunosi L.A.Bulaxovskiy prefikslar vositasida yasalgan so‘z polisemantik bo‘lishini tilga olgan, xolos7. Masalan: Перевести перевести" (qayta ko‘chirish yoki tarjima qilish); "перевести" (o‘tkazish, masalan, pul o‘tkazish) Подписать: "подписать" (imzolash); "подписать" (quyida yozish yoki kiritish). Rus tilshunosligida ham polisemiyaga bagʻishlangan ishlar mavjud. Masalan, O. S. Axmanovaning omonimiya va polisemiyaga bag‘ishlangan ishini koʻrsatish mumkin8. Bu ishda asosan omonimiya va polisemiyaga oid xarakterli tafovutlar haqida fikr yuritiladi. Bunda polisemiyaning va omonimiyadan farqlanishi uchun asosiy tamoyilni beradi: polisemiya - bir so‘zning ikkita yoki undan ortiq aniq farq qiluvchi ma’nolarga ega bo‘lishi, omonimiya-ikki yoki undan ortiq turlicha so‘zning tovush qobig‘ida tashqi mos kelishidir
Доказательный фрагмент
«Polisemantik so'zlar va omonimlar o'zbek tilida ham muhim leksik hodisalar hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюPolisemantik so'zlar va omonimlar o'zbek tilida ham muhim leksik hodisalar hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- omonimlar, ifoda imkoniyatlari, mantiqiy bog'liqlik, lug'at boyligi., Polisemantik so'zlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024