Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEKISTONDA SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASIGA OID DAVLAT SIYOSATINING YO‘NALISHLARI (Jizzax viloyati misolida)
ILM-FAN VA INNOVATSIYA · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Jurayev A. (in-academy.uz/index.php/si) · xizmat qilmoqda. Zero (in-academy.uz/index.php/si) · O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev (in-academy.uz/index.php/si)
Наука и инновация · 1 · 2026
Аннотация
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarda onalar va bolalar salomatligi masalasi markaziy o‘rinlardan birini egallab kelmoqda. O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida tug‘ilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan mamlakatlar sarasiga kirib, aholining katta qismini bolalar tashkil etdi. Bu esa ayollar salomatligini saqlash orqali sog’lom avlod tug’ilishini muhofaza qilish ishiga alohida e’tibor talab qiladi. Shu bilan bir qatorda bu sohadagi moddiy- texnik bazani mustahkamlash ham eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, Jizzax viloyati, Reproduktiv salomatlik, Xotin-qizlar, Sog‘lom avlod, onalik va bolalik, Xalqaro xayriya jamg‘armasi, Perinatal Markaz, «Sog‘lom ayol», rekonstruksiya. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida barcha sohalar qatori sog‘liqni saqlash tizimi uchun zarur bo‘lgan huquqiy asoslar va uni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqildi. Mazkur sohada bosqichma-bosqich amalga oshirilgan islohotlarning xuquqiy asoslari shakllantirildi va yaxlit tizimga ega bo‘lgan huquqiy maydonda olib borildi. Bunda birinchi navbatda tizim uchun zarur bo‘lgan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida” va shu asosda “Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida” va shunga o‘xshash qonun va farmonlarda sohani rivojlantirish strategiyasi va yo‘nalishlari o‘z aksini topdi. Yangi O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilgan keng qamrovli islohotlar tibbiyotning amaliyot bilan birligiga, sog‘liqni saqlash tarmog‘i faoliyatini muvofiqlashtirishga, fuqarolarning sohaga doir huquqlarining davlat tomonidan kafolatlanishini ta’minlashga xizmat qilmoqda. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “Barcha uchun sifatli va malakali tibbiyot tizimini yaratish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining muhim yo‘nalishi”dir. 2003 yil 26 fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora – tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonining ijrosini ta’minlash davrini islohotlarning uchinchi bosqichi ya’ni, «Tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish bosqichi» (2003- 2007 yillar) deb atash mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 apreldagi “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, unda belgilab berilgan vazifalar ijrosi doirasida Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash tizimida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishda xususiy sektor ulushi oshdi. Davlatimiz tomonidan yaratib berilgan qator imtiyozlar xususiy tibbiyot muassasalari sonining ortishiga, jadal rivojlanishiga imkon beribgina qolmay, davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari o‘rtasida raqobat muhiti vujudga kelishiga, tibbiy xizmat ko‘rsatish ko‘lamining ortishiga olib keldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasida sog‘liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora- 37 ILM-FAN VA INNOVATSIYA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/si tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5590-sonli Farmonida sohada amalga oshirilayotgan islohot va uning ijobiy natijalari bo‘yicha fikrlar bildiriladi. Xususan, 2019–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora- tadbirlari dasturini tasdiqlashga doir qimmatli mulohazalar bayon etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.10.2019 y. 838-sonli "Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida zamonaviy tibbiyot klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Qarori e’lon qilindi. Bu kabi qarorlar ham O‘zbekiston qishloqlari tibbiy xizmat sifatining yaxshilanishida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev raisligida 2020-yil 18-oktabrda sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, aholi salomatligini mustahkamlash, sifatli dori-darmon bilan ta’minlash borasidagi islohotlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning turli viloyatlarida 793 qishloq vrachlik punkti asosida qishloq oilaviy poliklinikalari, 441 tez tibbiy yordam shoxobchalari tuzildi. Tugatilgan 658 Qishloq Vrachlik Punkti binolari xizmat uyi sifatida shifokorlarga berildi. Qishloq oilaviy poliklinikalarida 5 turdagi tor soha mutaxassislari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Tibbiyot yo‘nalishidagi oliy o‘quv yurtlarining bakalavr bosqichini bitirgan 3 ming 197 nafar yosh mutaxassisning 79 foizi birlamchi tizimda ishga qo‘yildi. Respublika bo‘yicha 2013-yilda 2012-yilga nisbatan yuqumli kasalliklar bilan kasallanish ko‘rsatkichining (o‘tkir ichak infeksiyasi va virusli gepatitdan tashqari) kamayishi kuzatildi. Masalan, dizenteriya (ichburug‘) -0,4 ga, gepatit “V” - 0,3 ga, koklyush (ko‘k yo‘tal) -0,1 ga va skarlatina-0,3 ga kamaygan. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, A, V, S paratifi, difteriya (bo‘g‘ma), qizamiq, meningitov infeksiyasi va o‘tkir poliomiyelit kasalliklari umuman qayd etilm
Доказательный фрагмент
«O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarda onalar va bolalar salomatligi masalasi markaziy o‘rinlardan birini egallab kelmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюO‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarda onalar va bolalar salomatligi masalasi markaziy o‘rinlardan birini egallab kelmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Xalqaro xayriya jamg‘armasi, O‘zbekiston, onalik va bolalik, Jizzax viloyati, Sog‘lom avlod, «Sog‘lom ayol», rekonstruksiya., Reproduktiv salomatlik, Perinatal Markaz, Xotin-qizlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024