Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
UYQU CHAQIRUVCHI DORI PREPARATLARNING TASNIFI VA ULARNING FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI (in-academy.uz/index.php/yo) · Kocherova Umida Anvarovna (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada uyqu chaqiruvchi dori preparatlari haqida kengroq tasnif berilgan. Ularning sinflari haqida ma’lumotlar keltirilgan va zamonaviy tibbiyotda ulardan foydalanishning ilmiy asoslari keltrilgan. Uyqu chaqiruvchi dori preparatlaring farmakologik xususiyatlari haqida ma’lumot berilgan. Shu bilan bir qatorda uyqu chaqiruvchi dori preparatlarining doimiy qo’llanilishi natijasida inson organizmda sodir bo’ladigan mexanizmlari va salbiy oqibatlari haqida yoritilgan. Uyqu chaqiruvchi preparatlardan qanday foydalanish va bunday kuchli ta’sirga ega bo’lgan dori preparatlarining dorixona faoliaytidagi chakana savdosi qanday amalga oshirilishi bayon etilgan. O’zbekiston Respublikasi davlat reystridan o’tgan uyqu chaqiruvchi dorilar ro’yhati ko’rsatilgan. Shu qatorda bunday prepatlarni uy sharoitida qanday saqlanishi haqida ham maslahatlar ko’rsatib o’tilgan. Kalit so’zlar: gipnotiklar, benzodiazepinlar, melatonin, barbituralar, antigistaminlar, farmakoterapiya, uyqusizlik, uyqu buzulishi, uyqu apnoesi, kumulyatsiya,lipofil, trankvilizator Kirish: Uyqu bosh miya katta yarimsharlari po’stloq qismidagi nerv markazlarining tormozlanishi natijasida hosil bo’ladigan fiziologik holatdir. Uyqu vaqtida analizatorlarning faoliyati pasayadi yoki butunlay yo’qoladi. Shartli reflekslar hosil bo’lmaydi. Shuni ta’kidlash lozimki uyqu vaqtida markaziy nerv sistemasing quyi qismlari ish faoliyati butunlay yo’qolmaydi ya’ni odamning hayotini ta’minlaydigan organlar ishini boshqaradi (yurak-qon tomir, nafas olish tizimi, buyrak, endokrin sistema). Shuning uchun uyqu vaqtida bu organlarning ishi pasayadi xolos. Insoning kun davomida sutkalik fiziologik normal uyqu o’rtacha 8 soatni tashkil qiladi. Uyquning kam yoki ko’p bo’lishi patalogik omillarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. 7 soatdan kam uyqu uzoq muddat davom etsa yurak-qon tomir kasalliklari, semizlik, depressiya va xotira muammolariga olib kelishi mumkin. Doimiy 10 soatdan ko’p uyquning davom etishi esa ba’zi garmonlarning faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi bilan bir qatorda uyqu apnoesiga ham sabab bo’lishi mumkin ya’ni bu uyqu paytida nafas olishning qisqa muddatli to’xtab qolishiga sabab bo’ladi. Fiziologik uyquning buzilishi, kelib chiqish sabablari turli xil. Bunga tashqi va ichki omillar bog’liq holda yuzaga keladi. Asosiy sabablar stress, depressiya, tashvishli va xavotirli o’y xayollar ya’ni psixologik va emotsional o’zgarishlardir. Organizmning ichki muhit faoliaytining salbiy o’zgarishlari masalan surunkali og’riqlar (revmatizm,artroz). Endokrin tizimidagi patalogik holatlar ham uyqu rejimi yomonlashtiradi. Shu qatorda nevrologik kasalliklar ham uyqu tartibini salbiylashtiradi (Parkinson, Altsgeymer). Kofein, nikotin va alkagol kabi moddalar yoki bo’lmasa antidepresantlar, kortikosteroidlar ba’zi yurak dorilari uyqu normalligini buzadi. Yashash turmush tarzi ham o’z ta’sirini ko’rsatadi masalan uyali aloqalardan, gadjetdan foydalanish, shovqin yoki yorug’ xona, tungi smenada ishlash kabi hayotiy tarzlar ham uyqu tartibini buzadi. 151 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Asosiy qism: Uyqu chiqaruvchi dori preparatlari ma’lum sharoitda tabiiy uyquga yaqin uyqu holatini keltirib chiqaradigan farmakologik moddalarga aytiladi. Uyqusizlikni bartaraf etish uchun foydalaniladigan dori preparatlarini qo’llashdan oldin uyqusizlikning sabablarini aniqlash darkor. Birinchi galda ushbu sabablarni yo’qotish tadbirlari ko’riladi. Uxlatadigan dori vositalariga quyidagi talablar qo’yiladi: -uyquning kechishi, tuzilishi va muddati tabiiy uyquga yaqin bo’lishi; - tanada yig’ilib qolmasligi; - uyqudan keyin noxush holatlar bo’lmasligi; -qaramlik chaqirmasligi; -allergik va shunga o’xshash salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak. Afsuski, mavjud dori vositalari bularga to’liq javob bermaydi. Uyqu chaqiruvchi dori preparatlariga geterosiklik birikmalar-barbituralar (fenobarbital, benzonal, benzobamil, geksamidin). Alifatik birikmalar (xloralgidrat, bromizoval). Trankvilizatorlar guruhiga kiruvchi preparatlar – benzodiazepinlar (klonazepam,nitrozepam,sibazon) Barbituralar asosiy uyqu preparatlari hisoblangan. Lekin keying vaqtlarda ular o’z mavqeyini yo’qotgan. Chunki barbituralar keltirib chiqaradigan uyqu kechishi bo’yicha tabiiy uyqudan farqlanadi. Ya’ni uyqu chuqur bo’lmasdan uyg’onib turish, uyqudan keying uyg’onish davrida noxush xolatlarni keltirib chiqaradi. (lanjlik, mudrash). Barbituralar qayta- qayta berilganda kumulatsiya (tanada yig’ilish), qaramlik holatlarini yuzaga keltiradi. Barbituralar O’zbekiston davlat reystriga kiritilmagan. Ulardan fenobarbital va etaminal- natriy preparatlari O’zbekiston davlat reystriga kiritilgan va tibbiyot amaliyotida ishalatiladi. Barbituralar kuchsiz kislotallik xususiyatga ega bo’lagani uchun oshqozon va ingichka ichakda yaxshi so’riladi lipofil (yog’da oson eriydi) xususiyatiga ega bo’lganligi uchun gematoensefalik to’siqdan o’tadi va markaziy nerv sistemasiga ta’sir ko’rsatadi. Etaminal natriy prepara
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada uyqu chaqiruvchi dori preparatlari haqida kengroq tasnif berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada uyqu chaqiruvchi dori preparatlari haqida kengroq tasnif berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kumulyatsiya, uyqu apnoesi, gipnotiklar, uyqu buzulishi, trankvilizator, benzodiazepinlar, uyqusizlik, antigistaminlar, melatonin, barbituralar, lipofil, farmakoterapiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014