К содержанию
РецензированоUZ2026

OTA-ONASI XORIJIY DAVLATLARGA KETGAN BOLALARNING PSIXOLOGIK HOLATI

YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Sodiqova Zumradxon Abdunabiyevna (in-academy.uz/index.php/yo)

Молодые ученые · 2026

Аннотация

ushbu maqolada ota-onasi xorijiy davlatlarga ishlash uchun ketgan bolalarning psixologik holati tahlil qilinadi. Bolaning shaxsiy rivojlanishida ota-onaning o‘rni, ularning uzoqda bo‘lishi natijasida yuzaga keladigan ruhiy muammolar, bu muammolarning sabablari va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, maktab va jamiyat tomonidan ko‘rsatiladigan psixologik yordamning ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Maqola yosh avlodning sog‘lom psixikaga ega bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur bo‘lgan yondashuv va choralarni o‘z ichiga oladi. Kalit so’zlar: psixologik holat, migratsiya, ota-onasiz tarbiya, bola psixologiyasi, ruhiy salomatlik, ota-ona va bola munosabatlari, ijtimoiy yordam, maktab psixologi, depressiya, mehr-muhabbat ehtiyoji. Bugungi globallashuv jarayonida xalqaro migratsiya tobora keng ko‘lamga chiqmoqda. Ko‘plab oilalar, ayniqsa rivojlanayotgan davlatlarda, iqtisodiy farovonlikni ta’minlash, uy-joy sharoitini yaxshilash, farzandlariga yaxshi ta’lim va kelajak yaratish maqsadida xorijiy davlatlarga ishlash uchun chiqib ketmoqda. Bu holat o‘z-o‘zidan ijtimoiy-iqtisodiy hayotga o‘zgarishlar kiritadi. Ammo bunday o‘zgarishlarning eng muhim va ko‘pincha e’tibordan chetda qoladigan jihati — bu bolalarning psixologik holatiga ta’siri hisoblanadi. Ota-onaning oila ichidagi o‘rni, ayniqsa farzandlar tarbiyasidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Ota-ona – bu bola uchun nafaqat moddiy ta’minotchilar, balki birinchi navbatda mehr, e’tibor, hissiy barqarorlik va tarbiyaning bevosita manbai hisoblanadi. Aynan ular orqali bola o‘zini qadrlangan, sevib ardoqlangan inson sifatida his qiladi. Ota-onaning uzoqda bo‘lishi esa bolaning psixologik ehtiyojlarining to‘liq qondirilmasligiga, ruhiy muvozanatning buzilishiga olib kelishi mumkin. So‘nggi yillarda O‘zbekiston va boshqa ko‘plab mamlakatlarda xorijda mehnat qilayotganlar sonining ko‘payishi natijasida, ortida qolayotgan bolalar soni ham ortmoqda. Bu esa ta’lim muassasalari, psixologlar, ijtimoiy xodimlar va jamiyat oldiga yangi vazifalarni qo‘ymoqda. Xususan, bunday bolalarning ruhiy-psixologik holatini chuqur o‘rganish, yuzaga kelayotgan muammolarni aniqlash va ularni hal qilish bo‘yicha tizimli yondashuvlar zaruratini tug‘diradi. Globalizatsiya, iqtisodiy migratsiya va ishchi kuchining chet elga chiqishi hozirgi zamon jamiyatining ajralmas qismiga aylanmoqda. Ko‘plab oila a’zolari, ayniqsa ota-onalar, iqtisodiy sharoitni yaxshilash maqsadida xorijiy davlatlarga ishlash uchun chiqib ketmoqda. Bu holat jamiyatimizda turli ijtimoiy va psixologik muammolarni yuzaga keltiradi. Ayniqsa, ota- onasidan uzoqda qolgan bolalar psixologik jihatdan qator sinovlarga duch kelishadi. Bu 155 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo maqolada ana shunday bolalarning psixologik holati, duch keladigan muammolari va ularni yengib o‘tish yo‘llari tahlil qilinadi. Asosiy qism 1. Ota-onaning muhim roli va ularning yo‘qligi oqibatlari Ota-onalar bolaning rivojida asosiy tayanch hisoblanadi. Ular nafaqat moddiy ta’minot balki ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, mehr-muhabbat manbai hamdir. Bola uchun ota-ona bilan bevosita muloqot, e’tibor, qabul qilish va doimiy aloqada bo‘lish ruhiy barqarorlikni ta’minlaydi. Ota-onaning uzoqqa ketishi bolada beqarorlik, yolg‘izlik, tashvish, xavotir va depressiv holatlarni yuzaga keltiradi. Ayniqsa, maktab yoshidagi bolalar o‘z his-tuyg‘ularini to‘liq ifodalay olmaganlari bois ichki ziddiyatlarga duch keladilar. 2. Ruxiy muammolar va ularning shakllanish sabablari Ota-onasidan uzoqlashgan bolalarda bir necha asosiy psixologik muammolar kuzatiladi:  Tashvish va xavotir: Bola har kuni ota-onasi haqida xavotirda bo‘ladi, ularning sog‘ligi, xavfsizligi, kelib-kelmasligi haqida ortiqcha o‘ylaydi.  O‘ziga bo‘lgan ishonchning pasayishi: Bola o‘zini yetarlicha qadrlanmayotgandek his qiladi, bu esa uning ijtimoiy faolligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.  Davranishdagi buzilishlar: Ayrim hollarda bolalar tajovuzkor, itoatsiz yoki o‘ziga tortilgan bo‘lib qoladi. Ular muloqotda injiqlik, jizzakilik yoki sovuqqonlik bilan ajralib turadi.  Depressiya va yolg‘izlik hissi: Bola doimiy ravishda o‘zini yolg‘iz his qilishi, hayotdan zavqlanmasligi, o‘qishga yoki do‘stlar bilan muloqotga qiziqishni yo‘qotishi mumkin. 3. Ijtimoiy muhit va tarbiya muammolari Ota-onaning o‘rnini ko‘pincha bobo-buvilar, qarindoshlar yoki hatto qo‘shnilar egallaydi. Biroq ular bolaning ruhiy holatini to‘g‘ri anglab, unga kerakli darajada mehr bera olmasligi mumkin. O‘z navbatida, nazoratsiz qolgan bolalar yomon muhitga tushib qolishi, salbiy guruhlar ta’siriga tushishi ehtimoldan xoli emas. Ta’lim muassasalarida bunday bolalar bilan individual ishlash, ularning ruhiy holatini kuzatib borish muhimdir. Psixologlar, sinf rahbarlari va ijtimoiy pedagoglar bu borada faol ishtirok etishi lozim. 4. Psixologik yordam va reabilitatsiya choralarining ahamiyati Ota-onasi xorijda bo‘lgan bolalarga nisbatan ijobiy ruhiy-psixologik muhit yaratish zarur. Quyidagi yondashuvlar sam

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada ota-onasi xorijiy davlatlarga ishlash uchun ketgan bolalarning psixologik holati tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada ota-onasi xorijiy davlatlarga ishlash uchun ketgan bolalarning psixologik holati tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ota-ona va bola munosabatlari, maktab psixologi, bola psixologiyasi, depressiya, mehr-muhabbat ehtiyoji., psixologik holat, migratsiya, ruhiy salomatlik, ijtimoiy yordam, ota-onasiz tarbiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники