Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JIZZAX VILOYATIDA AHOLIGA TIBBIY YORDAM KO‘RSATUVCHI MUASSASALAR FAOLIYATI
YOSH OLIMLAR · ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · MUASSASALAR FAOLIYATI (in-academy.uz/index.php/yo) · Jurayev A. (in-academy.uz/index.php/yo)
Молодые ученые · 1 · 1991
Аннотация
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng aholi salomatligini muhofaza qilish sohasini qaytadan isloh qilish boshlandi. Jumladan, Jizzax viloyatida ham Sog‘liqni saqlash tizimining asosiy tamoyili – profilaktik yo‘nalishi tiklandi; uning zamonaviy va samarali usullarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etildi; onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish tadbirlarini kuchaytirildi; tibbiy ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlash sohasini takomillashtirildi Kalit so‘zlar: O‘zbekiston, Jizzax viloyati, Reproduktiv salomatlik, Xotin-qizlar, Sog‘lom avlod, onalik va bolalik, Xalqaro xayriya jamg‘armasi, Perinatal Markaz, «Sog‘lom ayol», rekonstruksiya. “Sihat salomatlik xar bir inson uchun butun aholimiz uchun xech narsa bilan o‘lchab baholab bo‘lmaydigan buyuk ne’matdir. Faqat sog‘lom inson va sog‘lom xalq mislsiz ishlarga qodirligini hammamiz yaxshi anglaymiz” darxaqiqat aholi salomatligini asrash va mustahkamlash borasida mustaqillikning dastlabki yillaridan tub islohotlar o‘tkazildi. Mamlakatimizdagi kabi Jizzax viloyatida xam sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar bosqichma bosqich olib borildi. Birinchi bosqichda (1991—1994 yillar) butun e’tibor onalar va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish xizmatini takomillashtirish, demografik ko‘rsatkichlarni barqarorlashtirish, yuqumli kasalliklarni kamaytirishga qaratildi. Ikkinchi bosqichda (1994—1998 yillar) dorixonalar va bir qancha davolash profilaktika muassasalari xususiylashtirildi, ambulatoriya poliklinika xizmati rivojlantirilib qaytadan tuzildi. Viloyatda 2020-yil 1-yanvar holatiga shifoxona muassasalar soni 63 ta bo‘lib, ularda o‘rindiqlar soni 5257 tani tashkil etdi. Shifoxonalarda jami 232268 ta bemorlar davolangan. Shundan Jizzax shahrida 90939 tasi (jami davolangan bemorlarga nisbatan 39,2 %) ni, Sharof Rashidov tumanida 21950 tasi (9,5 %), Zomin tumanida 21529 tasi (9,3 %), 18957 tasi (8,2 %) G‘allaorol tumanida, 13122 tasi (5,6 %) Forish tumanida, 12879 tasi (5,5 %) Baxmal tumanida, 12600 tasi (5,4 %) Paxtakor tumanida, 9411 tasi (4,1 %) Zarbdor tumanida, 9404 tasi (4,0 %) Do‘stlik tumanida, 6806 tasi (2,9 %) Mirzacho‘l tumanida, 5057 tasi (2,2 %) Zafarobod tumanida, 4949 tasi (2,1 %) Yangiobod tumanida, 4665 tasi (2,0 %) Arnasoy tumanlarida davolangan. Jizzax viloyati bo‘yicha 2020-yil 1-yanvar holatiga 194 ta ambulatoriya- poliklinika muassasalari mavjud bo‘lib, eng ko‘pi Jizzax shahrida 68 ta (jami ambulatoriya- poliklinikalarga nisbatan 35,1 % ni tashkil etadi), Sharof Rashidov tumanida 21 ta (10,8 %) ni, G‘allaorol va Zomin tumanlarida 18 tadan (9,3 %) ni, Baxmal tumanida 16 ta (8,2 %) ni tashkil qiladi. Jizzax viloyatida sog‘liqni saqlash 2 Tibbiyot xodimlar soni, kishida Viloyat bo‘yicha 2020-yil 1-yanvar holatiga jami 2271 ta shifokorlar mavjud bo‘lib, shundan 805 tasi (35,4 %) ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shifokorlarning 85 % ni Jizzax shahar, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Zomin, Paxtakor va Forish tumanlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. 158 YOSH OLIMLAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI in-academy.uz/index.php/yo Sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, samaradorlikni oshirish maqsadida olib borilayotgan islohotlar natijasida mustaqillik yillarida statsionar shifoxona muassasalarida ham tarkibiy o‘zgartirishlar amalga oshirildi, natijada 2019-yildagi shifoxona, statsionar muassasalar soni 2018-yilga nisbatan 1,9 % oshdi. Shifoxonalardagi shifo o‘rinlar soni 2018-yil 5,1 mingni tashkil qilgan bo‘lsa, 2019- yilda 5,2 ming o‘rinni tashkil qildi. Viloyatda 2019-yilda ambulatoriya-poliklinika muassasalarida qayd qilingan kasalliklar soni 454 307 tani tashkil etgan, shundan 14 yoshgacha bolganlari 112 967 tasini (jami kasalliklar soniga nisbatan 24,9 %) bolib,15-17 yoshgacha bolganlari 37 932 tashkil etadi va (8,3 %)ni 18-yosh va kattalari 303 708 tasi va (66,8 %) ni tashkil etadi. Qayd qilingan kasalliklar soni bo‘yicha eng ko‘p Jizzax shahrida (jami kasalliklar soniga nisbatan 33,4 %), Zomin tumani (11,0 %), Forish tumani (10,9 %), Paxtakor tumani (7,8 %), Sharof Rashidov tumani (6,4 %), Baxmal tumani (6,1 %), G‘allaorol tumani (6,0 %), Mirzacho‘l tumani (5,3 %), Zarbdor tumani (5,0 %), Yangiobod tumani (2,5 %), Zafarobod tumani (2,1 %), Arnasoy tumani (1,8 %), Do‘stlik tumani (1,7 %) hissasiga to‘g‘ri keladi. Viloyatda 2019-yilda shifoxona va ambulatoriya-poliklinika muassasalarida jami 2,3 ming shifokor va shu bilan bir qatorda 12,7 ming nafar o‘rta tibbiyot xodimlari aholiga xizmat ko‘rsatdi. 2019- yilda har 10 ming aholiga to‘g‘ri keladigan shifokorlar soni 16 tani tashkil qilgan bo‘lsa, har 10 ming aholiga to‘g‘ri keladigan o‘rta tibbiyot xodimlari soni esa 91 tani tashkil qildi. Xullas, Sihat salomatlik xar bir inson uchun butun aholimiz uchun hech narsa bilan o‘lchab baholab bo‘lmaydigan buyuk ne’matdir. Faqat sog‘lom inson va sog‘lom xalq mislsiz ishlarga qodir. Mustaqillik yillarida sog‘liqni saqlash sohasida mamlakatimizda xususan, Jizzax viloyatida erishilgan yutuqlarga xalqaro xamjamiyat tomonidan ijobiy baxo berilmoqda.
Доказательный фрагмент
«O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng aholi salomatligini muhofaza qilish sohasini qaytadan isloh qilish boshlandi.»
Образец извлечения
Демо-превьюO‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng aholi salomatligini muhofaza qilish sohasini qaytadan isloh qilish boshlandi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Xalqaro xayriya jamg‘armasi, O‘zbekiston, onalik va bolalik, Jizzax viloyati, Sog‘lom avlod, «Sog‘lom ayol», rekonstruksiya., Reproduktiv salomatlik, Perinatal Markaz, Xotin-qizlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026