Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING TIBBIY TA’LIMDA QO‘LLANILISHI
Jamolov Anvar Kuchkorovich
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 38–48 · 2022
Аннотация
The article analyzes the impact of interactive digital tools, such as simulators and e-assessment systems, on the quality of medical education. It also highlights the need for digital infrastructure and skills development. Keywords: digital technologies, interactivity, medical education, assessment, simulator. Zamonaviy ta’lim tizimi raqamli texnologiyalarsiz tasavvur etilmaydi. Xususan, tibbiy ta’limda raqamli o‘quv vositalari, simulyasion muhitlar, avtomatlashtirilgan baholash tizimlari talabaning bilimini chuqur egallashi, kasbiy tayyorgarligini mustahkamlashi hamda mustaqil tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasida 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”da tibbiy ta’lim tizimini raqamlashtirish, interfaol platformalarni joriy etish, tibbiy simulyator markazlarini tashkil etish kabi ustuvor vazifalar belgilanmoqda. O‘zbekiston Respublikasi SSVning 2023-yilgi statistikaga ko‘ra, tibbiy texnikumlarning 65 foizi elektron test tizimlari va masofaviy ta’lim platformalaridan foydalanishni boshlagan. Shuningdek, “Medlink.uz”, “ZiyoNET”, “Google Classroom” kabi raqamli platformalar orqali talabalar bilimi uzatilmoqda. Shu sababli raqamli texnologiyalarning interfaollik imkoniyatlari ta’lim sifati, baholash tizimi va ta’limiy samaradorlikka qanday ta’sir qilayotganini chuqur tahlil qilish zaruratga aylandi. Aksenovaning fikricha, raqamli transformatsiya davrida tibbiyot sohasida faoliyat yurituvchi mutaxassislar zamonaviy IT-ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur. Tibbiy ta’lim muassasalarida IT-kompetensiyalarni rivojlantirish orqali sog‘liqni saqlash tizimining umumiy samaradorligi oshadi. Biroq mavjud o‘quv rejalari bu ehtiyojni to‘liq qamrab olmayapti. Shuning uchun yangi o‘quv modullariga raqamli savodxonlik, tibbiy axborot texnologiyalari, simulyator dasturlari kabi yo‘nalishlar kiritilishi lozim. Korolning ta’kidlashicha: elektron darsliklar, testlar va multimedia resurslaridan foydalangan holda bilimlarni o‘zlashtirish 37% ga samaraliroq natija bergan. Vizual vositalar, 3D simulyatorlar, amaliyotga yaqin videodarsliklar bilimni mustahkamlashga yordam beradi. 152 Masalan, simulyator yordamida yurak urishiga quloq solish, EKG tahlili yoki in'eksiya qilish texnikasini xavfsiz muhitda o‘rganish imkonini beradi. Mohanraj va boshqalar 2024-yil o‘tkazgan tadqiqotda ko‘rsatilishicha, MCQ formatidagi testlar yordamida baholash an’anaviy og‘zaki yoki yozma imtihonlarga nisbatan 50% tezroq va xolisroq bajariladi. Shu bilan birga: - ATA yondashuvi — test savollarini mazmunan muvozanatli tuzish va real bilimni o‘lchash imkonini beradi. - Excel asosidagi avtomatik tekshiruv tizimi — bir nechta guruh test natijalarini bir necha daqiqa ichida tahlil qilish imkonini beradi. - Deep Learning asosidagi baholash — qisqa javobli savollarda inson omilini kamaytirib, baholashning ob’ektivligini oshiradi. Majernik va Tikhonova baholash boshqaruvi tizimlarini taklif qilishgan bo‘lib, ular orqali ta’lim natijalari real vaqt rejimida monitoring qilinadi, shaffoflik va ishonchlilik ta’minlanadi. Bu tizimlar talabalar portfeli, yakuniy reytinglar va diagnostik ko‘rsatkichlarni yagona platformada jamlash imkonini beradi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, raqamli texnologiyalar, ayniqsa ularning interfaol va avtomatlashtirilgan vositalari tibbiy ta’limda yuqori samaradorlikni ta’minlashda muhim rol o‘ynamoqda. Elektron resurslar, avtomatlashtirilgan test tizimlari, simulyatorlar va baholash boshqaruv platformalari: - Talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda; - Baholashda ob’ektivlik va shaffoflikni oshirmoqda; - O‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun interaktiv hamkorlik muhitini yaratmoqda; - Ta’limni moslashtirilgan va individual yondashuv asosida tashkil etishga imkon bermoqda. Shu bilan birga, texnik infratuzilmani rivojlantirish, raqamli kompetensiyani shakllantirish va moliyaviy ta’minotni mustahkamlash ushbu imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanish uchun zarur. Tavsiyalar: 1. Tibbiy texnikumlarda interfaol platformalarni kengaytirish va simulyator markazlari sonini oshirish; 2. O‘qituvchilar uchun maxsus raqamli kompetensiya kurslarini joriy etish; 3. Baholash jarayonida avtomatlashtirilgan tizimlardan keng foydalanish; 4. Sun’iy intellekt va ilg‘or analitika asosida moslashtirilgan ta’lim yo‘llarini ishlab chiqish.
Доказательный фрагмент
«The article analyzes the impact of interactive digital tools, such as simulators and e-assessment systems, on the quality of medical education.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes the impact of interactive digital tools, such as simulators and e-assessment systems, on the quality of medical education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- digital technologies, interactivity, medical education, assessment, simulator, tibbiy ta’lim, raqamli texnologiyalar, simulyator, interfaollik, baholash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026