Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
HURMATSIZLIK (IMPOLITENESS)NING SOTSIOPRAGMATIK TADQIQI
M. Z. Yuldosheva · СОЦИОПРАГМАТИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ НЕВЕЖЛИВОСТИ
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 349-367 · 2026
Аннотация
This article discusses the theoretical foundations of sociopragmatics and its role in linguistics, and in particular, analyzes how disrespect is expressed through speech acts. How disrespect is realized through language, its role in the social context, and its emergence through communicative strategies are examined from a sociopragmatic perspective. The article also explains the formation of disrespect acts based on intercultural differences, social roles, and power balance, and how these situations are reflected in literary texts through examples. Keywords: sociopragmatics, disrespect, speech act, communicative strategy, social role, intercultural pragmatics, language and power, negative behavior. Sotsiopragmatika – bu tilshunoslikning pragmatika va sotsiologiya bilan kesishgan sohasi bo‘lib, til birliklarining ijtimoiy kontekstda qanday qo‘llanilishini o‘rganadi. Bu yondashuv, ayniqsa, hurmat (politeness) hamda hurmatsizlik (impoliteness) kabi kommunikativ strategiyalarni tahlil qilishda muhim ahamiyatga ega. Hurmat, odatda, ijtimoiy uyg‘unlikni saqlash vositasi bo‘lsa, hurmatsizlik esa bu uyg‘unlikni buzuvchi, ijtimoiy keskinlikni yuzaga keltiruvchi strategiyadir. Sotsiopragmatika til birliklarining ijtimoiy 11 kontekstda qanday qo‘llanilishini, ya’ni nutq aktining ijtimoiy jihatlarini o‘rganadi. Brown va Levinson (1987) tomonidan ishlab chiqilgan nazariyada ijtimoiy qiyofa (face), ijtimoiy kuch (power), ijtimoiy masofa (distance) tushunchalari asosiy o‘rinni egallaydi. Ularning fikricha, nutq ishtirokchilari o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar tilning qanday qo‘llanilishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Sotsiopragmatikada hurmatsizlik (impoliteness) muhim ahamiyatga ega ega bo’lgan lingvistik jarayondir. Hurmatsizlik – bu ijtimoiy kontekstda yuzaga keladigan, odatdagi xushmuomalalik me’yorlariga zid bo‘lgan nutqiy hodisadir. U kommunikatsiyada ijtimoiy kuch, ierarxiya va ijtimoiy masofani ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi. Impoliteness vositalari orqali shaxslar o‘z noroziligini, dushmanlikni yoki ustunlikni bildiradilar, bu esa tilning sotsiomadaniy kontekstdagi rolini chuqurroq anglashga yordam beradi. Shu sababli impoliteness hodisasi sotsiopragmatik tadqiqotlarda ijtimoiy munosabatlar, kuch dinamikasi va madaniyatlararo tafovutlarni tahlil qilishda ahamiyatlidir. Hurmatsizlik (Impoliteness) – bu ataylab yoki bilvosita tarzda biror kishining ijtimoiy qiyofasiga (ijtimoiy yuzi tahdid soluvchi strategiyadir. Jonatan Kulpeper “hurmatsizlik – bu norma bo‘yicha kutilgan muloyimlikdan og‘ishdir va bu og‘ish kishi yoki guruhga salbiy ta’sir ko‘rsatadi” deya ta’riflagan edi1. Turli madaniy kontekstlarda hurmatsizlik (ya’ni, salbiy ijtimoiy baho berish yoki yuzaga tajovuz qilish)ning ifodalanishi va qabul qilinishi keskin farq qiladi. Bu holat madaniyatlararo pragmatika va sotsiopragmatika doirasida tahlil qilinadi. Har bir madaniyat o‘zining yuz (face) tushunchasiga, ya’ni ijtimoiy obro’sini saqlash yoki himoya qilishga nisbatan turlicha yondashadi. Brovn va Levinson nazariyasiga ko‘ra, salbiy yuzga tajovuz ba’zi madaniyatlarda ochiq tanqid orqali amalga oshirilsa, boshqalarida bilvosita nutq aktlari orqali yashirin tarzda ifodalanadi2. Pragmatik kompetensiya darajasi va madaniy presuppozitsiyalar bu farqlarni anglashda muhim omillardir. Shunday qilib, hurmatsizlik aktlari nafaqat semantik jihatdan, balki kommunikativ strategiyalar, intonatsion urg‘ular va leksik birliklar orqali ham madaniyatlararo tafovutni ko‘rsatadi. Hurmatsizlik faqat og‘zaki ifodalar bilan emas, balki tana tili, ovoz ohangi va hatto jimlik orqali ham yuzaga chiqishi mumkin. Tadqiqotlarda bu vositalarning har biri alohida kontekstda tahlil qilinib, ularning ijtimoiy munosabatga qanday ta’sir ko‘rsatishi o‘rganiladi. Ba’zi madaniyatlarda ochiq hurmatsizlik ochiqlik sifatida qabul qilinsa, boshqalarida bu jiddiy ijtimoiy jinoyat hisoblanadi. Masalan, O‘zbekiston jamiyatida ijtimoiy yoshi yoki maqomi yuqori bo‘lgan shaxsga nisbatan baland ovozda gapirish hurmatsizlik deb baholanadi. G‘arbiy jamiyatlarda esa bu holat ba’zida o‘z fikrini erkin ifoda etish sifatida qabul qilinadi. Quyida bir nechta hurmatsizlik vositalarining madaniy jihatdan farqlanishi keltirdik: № Hurmatsizlikni ifodalovchi ayrim vositalarning madaniyatlararo farqlanishi 1. Ko‘zga tik G‘arb madaniyatlarida hurmat, ishonchlilik va ochiqlik qarash (masalan, AQSh yoki belgisi Germaniya) 1 Culpeper, J. (1996). Towards an anatomy of impoliteness. Journal of Pragmatics, 25(3). – Pp. 349-367. 2 Brown, P., & Levinson, S. C. (1987). Politeness: Some Universals in Language Usage. Cambridge University Press. – Pp. 245. 12 Sharq madaniyatlarida keksalarga yoki yuqori lavozimdagi (masalan, Yaponiya, kishilarga tik qarash qo‘pollik, Janubiy Koreya, hurmatsizlikdir3. O’zbekistonda ham) 2. To‘g‘ridan Germaniyada halollik belgisi sifatida qabul qilinadi. to‘g‘ri tanqid Tailand yoki Xitoyda yuzni yo‘qotish (face loss)ga olib qilish kelishi mumkin, bu esa hurmatsizlik hisoblanadi4. 3. Sukut saqlas
Доказательный фрагмент
«This article discusses the theoretical foundations of sociopragmatics and its role in linguistics, and in particular, analyzes how disrespect is expressed through speech acts.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the theoretical foundations of sociopragmatics and its role in linguistics, and in particular, analyzes how disrespect is expressed through speech acts. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sociopragmatics, disrespect, speech act, communicative strategy, social role, madaniyatlararo pragmatika, negativ xulq-atvor., nutq akti, sotsiopragmatika, til va kuch, hurmatsizlik, kommunikativ strategiya, ijtimoiy rol
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026