К содержанию
РецензированоUZ2026

SHARTLI HUKM QILISH QILINGAN SHAXSLARGA NISBATAN BELGILANADIGAN MAJBURIYATLAR VA CHEKLOVLAR

Kamolov Xayrulloxon Juraxon o‘g’li

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

The reforms carried out in our country in recent years are aimed at ensuring the security of citizens, preventing crime, and conducting an uncompromising fight against crime. In particular, it is worth noting the work carried out to improve criminal and criminal procedural legislation, create its effective system, ensure the rule of law and law and order in the state, reliably protect human rights and freedoms, the interests of society and the state, peace and security. This thesis contains information on the obligations and restrictions established in criminal legislation for persons sentenced to conditional sentences, as well as changes introduced in the legislation in this area. 17 Keywords: Supreme Court of the Republic of Uzbekistan, punishment, compensation for damages, probation, conditional sentencing. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud tomonidan e’lon qilingan axborotga ko‘ra, 2024-yilda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 77 995 nafar shaxsga nisbatan 61 481 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Sudlangan shaxslar soni 61 502 nafarni tashkil etib, shundan 20 659 nafar shaxsga ozodlikdan mahrum qilish va 39 763 nafariga boshqa turdagi jazolar tayinlandi, 1 080 nafar shaxs shartli hukm qilingan. Shartli hukm qilishning mohiyati shuki, sud ayblov hukmini chiqarish mobaynida mahkumga muayyan jazo turini belgilaydi va uning miqdorini belgilaydi, ammo mahkum sodir etgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, aybdorning shaxsi va ishdagi boshqa holatlarni e’tiborga olib, aybdor tayinlangan jazoni o‘tamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish, unga muayyan talablarni bajarish sharti bilan jazoni o‘tamasdan qoldirish to‘g’risida qaror qabul qiladi. Shartli hukm qilingan aybdorga sinov muddati berilib, mazkur muddat davomida shaxs o‘z xulqi bilan o‘zgarganligini isbotlashi lozim bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 72-moddasi 2-qismiga muvofiq, “Sinov muddati bir yildan uch yilgacha belgilanib, hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Basharti, shartli hukm qilish to‘g‘risidagi qaror yuqori sud tomonidan chiqarilgan taqdirda ham, sinov muddatini hisoblash shu kundan boshlanadi”. Shuni hisobga olish kerakki, shartli hukm qilish aybdorga ishonch bildirish bo‘lib, sinov muddati hukm chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi. Ya’ni hukm o‘qib eshittirilgan paytdan boshlab shaxs qandaydir jazoga hukm qilingan va belgilangan muddat davomida aybdor shaxs muayyan talablarni bajarishga va ayrim cheklovlarga rioya qilishga majbur. Sinov muddati davomida sud tomonidan aybdorga ayrim majburiyatlar va cheklovlar belgilashi mumkin. Sud shartli jazo belgilashi bilan birga aybdorga bir qator majburiyatlar yuklaydi. Bular: “Shartli hukm qilinganda, basharti, bunga asoslar mavjud bo‘lsa, sud mahkumga muayyan vaqt mobaynida yetkazilgan zararni bartaraf qilish, ishga yoki o‘qishga kirish, yashash joyi, ish yoki o‘qish joyi o‘zgarib qolsa, bu haqda shartli hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organga xabar berib turish, vaqti-vaqti bilan kelib bu organlarda ro‘yxatdan o‘tib turish, muayyan joylarda bo‘lmaslik, muayyan vaqtda yashash joyida bo‘lishi, alkogolizm, giyovandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish kursini o‘tashi kabi majburiyatlarni yuklashi mumkin”. (JK 72-moddasi 3-qismi). Yuqorida keltirilgan majburiyatlardan biri zararni qoplash haqida so‘z yuritganda bu aybdor shaxsning o‘g‘irlangan, yo‘q qilingan narsaning o‘rnini qoplashda, davolanishga sarf qilinadigan moddiy xarajatlarni qoplashda, ma’naviy zararni qoplashda kechirim so‘rashda namoyon bo‘lishi mumkinligini qayd etish joiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOMning 3-bobida xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish asoslari keltirilgan. Mazkur Nizomga O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 10-apreldagi PF-65-son farmoni bilan o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra endi, Nizomning 405-bandiga asosan agar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo va shartli hukm qo‘llanilgan bo‘lsa — jazoni o‘tab bo‘lgunigacha yoki jazodan va shartli hukmdan ozod qilingunga qadar (jazoni ijro etuvchi organning yozma 18 xati asosida) xorijga chiqish biometrik pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘ladi. Shuningdek, Nizomning 57-bandida qamoqqa olingan yoki ozodlikdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari yoxud ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan, shartli hukm qo‘llanilgan va jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinib, sud tomonidan O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqmaslik majburiyati yuklatilgan shaxslardan xorijga chiqish biometrik pasporti surishtiruv, tergov organlari, ichki ishlar organlarining probatsiya bo‘linmalari yoki sud tomonidan olib qo‘yiladi. Shaxs qamoqda qoldirilgan yoki sud hukmi

Доказательный фрагмент

«The reforms carried out in our country in recent years are aimed at ensuring the security of citizens, preventing crime, and conducting an uncompromising fight against crime.»

Образец извлечения

Демо-превью

The reforms carried out in our country in recent years are aimed at ensuring the security of citizens, preventing crime, and conducting an uncompromising fight against crime. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Supreme Court of the Republic of Uzbekistan, punishment, compensation for, sinov muddati, jazo, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, zararni qoplash, shartli hukm qilish.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники