Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ISLOMDA NISHONLANADIGAN BAYRAMLAR
NEW RENAISSANCE · ISLOMDA NISHONLANADIGAN BAYRAMLAR · To’ychimatova Dilrabo
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada islom madaniyatida keng nishonlanadigan ikki asosiy bayram — Ramazon va Qurbon hayitlarining tarixiy kelib chiqishi, diniy mazmuni, jamiyatdagi ijtimoiy-ma’naviy roli va ularning islom sivilizatsiyasidagi o‘rni keng yoritilgan. Hayitlarning paydo bo‘lish sabablari, ularni nishonlash an’analari, zamonaviy davrda tutgan o‘rni haqida tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: Islom madaniyati, Ramazon hayiti, Qurbon hayiti, diniy bayram, madaniy meros, ijtimoiy birlik, tarix, Qur’on, Farz, Sunnat, Iyd, Ikrom. Kirish. Islom madaniyati insoniyat tarixida chuqur ildiz otgan, o‘ziga xos axloqiy, diniy va ijtimoiy qadriyatlari bilan ajralib turadigan boy sivilizatsiyalardan biridir. Bu madaniyat asrlar davomida nafaqat dini e’tiqod va ibodatlar tizimini, balki kundalik hayot tarzini, insonlar o‘rtasidagi munosabatlarni ham shakllantirib kelgan. Ayniqsa, islomda bayramlar muhim o‘rin egallab, ular jamiyat hayotining ajralmas bir qismi sifatida qaraladi. Mazkur maqolada islom madaniyatida keng nishonlanadigan ikki asosiy diniy bayram Ramazon hayiti va Qurbon hayitining kelib chiqishi, diniy mazmuni, jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy- ma’naviy ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, bu bayramlarning musulmonlar hayotidagi tarbiyaviy va axloqiy funksiyalari, ularni nishonlash an’analari hamda zamonaviy davrdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Islom madaniyati o‘zining boy tarixiy ildizlari, ruhiy poklikka asoslangan qadriyatlari, yuksak axloqiy me’yorlari bilan ajralib turadi. Bu madaniyat nafaqat diniy e’tiqodlarni, balki kundalik turmush tarzini, jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni ham belgilab beradi. Xususan, Ramazon va Qurbon hayitlari musulmon dunyosida eng ulug‘ va umumxalq darajasida keng nishonlanadigan diniy bayramlaridir. Ular nafaqat ibodat, balki jamiyatda mehr- oqibat, birlik, saxovat, insoniylik balki jamiyatda mehr-oqibat va birdamlikni o‘stirishga xizmat qiluvchi muqaddas kunlardan biri sanaladi. “Hayit” so‘zi arab tilidan kirib kelgan so‘z bo‘lib, “iyd” – bayram, ma’nosini bildiradi. Ramazon hayiti (Iyd as-sig‘ar, Iyd al-fitr) va Qurbon hayiti (Iyd al-kabir, Iyd al-adho). 416 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 4 Musulmon olamida hayit kunlari oy taqvimi asosida belgilanadi. Qurbon hayiti zulhijja oyining o‘ninchi kuniga to‘g‘ri keladi.1 Qurbonlik hijriy ikkinchi yilda vojib bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin uning tarixi ancha uzoqlarga – Ibrohim alayhissalom zamonlariga borib taqaladi va u zotdan bizga qolgan amallardan biridir. Ibrohim alayhissalomga tushlarida: “Siz o‘z farzandingizni jonini bizga fido qiling” degan amr bo‘ldi. Ibrohim alayhissalom bu hukmni Ismoil alayhissalomga bayon qildilar. Ismoil alayhissalom esa “Ey otajon, sizga (tushingizda Parvardigor tomonidan) buyurilgan ishni qilging. In shaa Alloh meni sabr qilguvchilardan topursiz” dedilar. “Ey Ibrohim! Siz o‘z ishingizni qiling, men o‘z ishimni qilaman. Chunki sizga boshqa hukm, menga boshqa hukm buyurilgan”, dedi.2 Darhaqiqat pichoqqa “O‘tmas bo‘l” deb hukm bo‘lgan edi, u o‘tmas bo‘lgandi. Ibrohim alayhissalomga esa “So‘ying” deb hukm bo‘lgan edi, ular so‘yishga kirishdilar. Shu paytda g‘aybdan ovoz keldi: “Ey Ibrohim, darhaqiqat sen (ko‘rgan) tushingni rost-bajo qilding”. Ibrohim alayhissalomning bu amallariga qurbonlik qilish masalasi tortib topdi. Alloh taolo uning bu amaliga nihoyatda “ulkan amal” deb baho berdi. Chunki u zot o‘z taraflaridan qilinishi kerak bo‘lgan ishni mukammal ado etgan edilar. Ular o‘g‘illarini so‘yishga yotqizib, uning bo‘yniga pichoq tortayotgan vaqtlarida pichoqqa “so‘yma” deb amr bo‘lganini bilmagan va pichoq ham o‘z ishini qilmasligidan bexabar edilar. Balki, “pichoqni tortaman va shu bilan qurbonlik ishi tamom bo‘ladi” deb o‘ylagan edilar. Bu qissa haqida Alloh shunday bayon qiladi: “Albatta Biz chiroyli amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz. Albatta bu (ya’ni Ibrohimning o‘z o‘g‘lini qurbon qilishga buyurilishi) ochiq-ravshan imtihondir xolos. Biz (Ismoilning) o‘rniga (Ibrohimga) katta bir (qo‘chqor) so‘yishni – qurbonlikni evaz qilib berdik (ya’ni katta bir qo‘chqorni jannatdan tushirdik)”.3 Payg‘ambar alayhissalom sahobai kiromlarga Islom ta’limotlaridan tushuntirish olib boruvchi suhbatlaridan birida Qurbon bayrami haqida, uning musulmon ummati hayotida tutgan o‘rni haqida so‘z yuritib quyidagilarni aytdilar: “Qurbonlik kunini iyd qilishga amr qilindim. Uni Alloh bu ummat uchun qilgandir”, dedilar. Qurbon hayitining asosiy maqsadi — Allohga bo‘lgan sadoqat va ishonganlarning o‘zaro mehr-oqibatini ko‘rsatishdir. Bu bayramda musulmonlar maxsus taomlar tayyorlab, ularni oilalariga va ehtiyojmandlarga tarqatadilar. 1. Imom G‘azzoliy. “Ihyo ulumiddin” – Diniy-ma’rifiy asar. – Qohira, XII asr. (ro‘za va axloqiy poklanish haqida mulohazalar uchun) 2 Imom Muslim. “Sahih Muslim” – Hadislar to‘plami. (Hayit va ibodatlar bilan bog‘liq hadislar uchun) 3 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Islom aqidasi”, “Hadis va hayot” kitoblari. – Toshkent: Hilol nashriyot
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada islom madaniyatida keng nishonlanadigan ikki asosiy bayram — Ramazon va Qurbon hayitlarining tarixiy kelib chiqishi, diniy mazmuni, jamiyatdagi ijtimoiy-ma’naviy roli va ularning islom sivilizatsiyasid…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada islom madaniyatida keng nishonlanadigan ikki asosiy bayram — Ramazon va Qurbon hayitlarining tarixiy kelib chiqishi, diniy mazmuni, jamiyatdagi ijtimoiy-ma’naviy roli va ularning islom sivilizatsiyasid… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Qurbon hayiti, Farz, ijtimoiy birlik, diniy bayram, tarix, Iyd, Qur’on, Ramazon hayiti, Sunnat, Islom madaniyati, Ikrom., madaniy meros
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024