К содержанию
РецензированоUZ2025

JADIDCHILIK FAOLIYATINING IJTIMOIY-FALSAFIY AHAMIYATI

NEW RENAISSANCE · Rahmonova Sanoat Shuhrat qizi · Turopova Shaxlo Shokir qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Buyuk maʼrifatparvar bobolarimiz tomonidan olgʻa surilgan gʻoyaviy- siyosiy, ijtimoiy-maʼrifiy va huquqiy-axloqiy qarashlar, turli millat va elatlar oʻrtasida bagʻrikenglik va hamjihatlik tamoyillarini qaror toptirish bilan birga, milliy manfaatlarni himoya qilishga qaratilgan intilishlar hozirgi murakkab va tahlikali zamonda barchamiz, avvalo, yoshlarimiz uchun chinakam ibrat namunasidir. Ularning hayoti va jasorati bugungi tinch va osoyishta kunlarga osonlik bilan erishilmaganini eslatib, milliy istiqlolimizni, jonajon Vatanimizni koʻz qorachigʻiday asrashga doimo daʼvat etib turadi. Kalit so‘zlar: Ma’rifatparvarlik, Jadidchilik, Qrim, Ismoilbek Gasprinskiy, Turkiston, Buxoro, Xiva, Samarqand, Toshkent, Turon truppasi, gazeta, jadid darsliklari, Munavvar qori Abdurashidxonov, Rossiya. Jadidchilik yoki jadidizm (arabcha: د يدج jadīd — yangi) – XIX asr oxiri XX asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim va Tatariston ziyolilari hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy harakat.Jadidchilar zamonaviy dunyoning rivojlanish talablariga moslashish zarurligini tushungan ziyolilar edi. Ular jamiyatni uyg‘otish, ilm-fan va ma’rifat orqali orqada qolgan holatdan olib chiqishni maqsad qilgan. Uning ijtimoiy-falsafiy ahamiyatini quyidagi asosiy jihatlar orqali ko‘rishimiz mumkin ✓ Ijtimoiy ongni uyg‘otish; ✓ Tarixiy zaruriyatni anglash; ✓ Yangilanish g‘oyasini ilgari surish demakdir. Taraqqiyot va dunyoviy bilimlarni qadrlash Jadidchilar diniy ta’limot bilan bir qatorda dunyoviy fanlarni ham o‘rganishni targ‘ib qilgan. Bu esa ijtimoiy tafakkurda ilmga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirdi: ✓ Inson erkin fikrlashga haqli; ✓ Bilim – taraqqiyotning asosiy kuchidir; 397 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 4 ✓ Ma’rifat – jaholatga qarshi kurash vositasidir. Jadidchilik dastlab XIX asrning 80-yillarida Qrimda Ismoil Gaspirali rahbarligida qrim tatarlar oʻrtasida vujudga kelgan.Jadidchilik harakati namoyandalari koʻpincha oʻzlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan. Oʻsha davrning ilgʻor taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Jadidchilik mohiyat eʼtibori bilan avvalo siyosiy harakat edi. Uning shakllanish va magʻlubiyatga uchrash davrlari boʻlib, ularni shartli ravishda toʻrtga boʻlish mumkin.Turkiston, Buxoro va Xiva hududida bu davrlar 1895–1905; 1906–1916; 1917–1920; 1921–1929-yillarni oʻz ichiga oladi.Bu g‘oyalar o‘z davrida ijtimoiy uyg‘onishni boshlab berdi. Milliy o‘zlik va madaniyatni saqlash Jadidlar O‘zbek tili, adabiyoti, tarixini o‘rganishga chaqirdilar. Mustamlaka siyosatining milliy qadriyatlarni yemiruvchi ta’siriga qarshi chiqdilar. Falsafiy jihatdan bu – madaniy identiklik va milliy o‘zlikni anglash masalasidir. Bu, bugungi kunda ham dolzarb bo‘lgan mavzudir. Jamiyatdagi ijtimoiy adolatsizlikka qarshi turish Jadidlar ayollar huquqlari, bolalar tarbiyasi, kambag‘allar ta’limi kabi masalalarda ilg‘or fikrlarni ilgari surgan. Ular ijtimoiy tenglik g‘oyasini ko‘tarib chiqqanlar.Bu ijtimoiy tengsizlikka qarshi falsafiy pozitsiyani bildiradi,Insonning qadriyat sifatida ko‘rilishini targ‘ib etadi. Yangi tafakkur maktabining asoschilari Yangi usul maktablarini tashkil etib, an’anaviy diniy ta’limdan farqli, erkin fikrlashga asoslangan bilim berishni yo‘lga qo‘ydilar.Bu maktablar orqali yosh avlodni zamonaviy tafakkurda tarbiyalashni maqsad qilishdi.Bu falsafiy nuqtai nazardan insonni ongli, tanqidiy fikrlovchi mavjudot sifatida tarbiyalashga yo‘naltirilgan yondashuvdir. Turkistonni o’rta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa ma’rifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini o’rnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qo’shin tuzish kabi hurfikr g’oyalarni ilgari surdilar.Jadidchilik harakati ijtimoiy-falsafiy jihatdan.Jamiyat ongini uyg‘otishga,Ma’rifat va ilmni asosiy qadriyatga aylantirishga, milliy o‘zlikni anglashni mustahkamlashga, ijtimoiy adolat, tenglik va erkinlik g‘oyalarini ilgari surilgan Yangi, zamonaviy tafakkur asoslarini yaratgan harakatdir. Xulosa Bugungi mustaqil O‘zbekistonda Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish borasida ilgari surilgan besh tashabbusning uchinchisi ham kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan. 398 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 4 Demak 110 yil muqaddam jadidlar tomonidan ilgari surilgan mavzu eskirgani yo‘q, o‘zgargani yo‘q. Milliy matbuot nashrlarini sahifama-sahifa, satrma-satr tahlil etmay, XX asr avvalidagi turkiy dunyo gazeta-jurnallarida Turkiston mavzusining yoritilish tendensiyalar

Доказательный фрагмент

«Buyuk maʼrifatparvar bobolarimiz tomonidan olgʻa surilgan gʻoyaviy- siyosiy, ijtimoiy-maʼrifiy va huquqiy-axloqiy qarashlar, turli millat va elatlar oʻrtasida bagʻrikenglik va hamjihatlik tamoyillarini qaror toptirish…»

Образец извлечения

Демо-превью

Buyuk maʼrifatparvar bobolarimiz tomonidan olgʻa surilgan gʻoyaviy- siyosiy, ijtimoiy-maʼrifiy va huquqiy-axloqiy qarashlar, turli millat va elatlar oʻrtasida bagʻrikenglik va hamjihatlik tamoyillarini qaror toptirish… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Buxoro, Xiva, Turkiston, Samarqand, Turon truppasi, jadid darsliklari, gazeta, Munavvar qori Abdurashidxonov, Rossiya., Toshkent, Jadidchilik, Ma’rifatparvarlik, Ismoilbek Gasprinskiy, Qrim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники