Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ISLOM DININING VUJUDGA KELISHI VA UNING TARQALISHI
NEW RENAISSANCE · Mamarasulova Nilufarxon Nabijon qizi
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
This article extensively covers the emergence of Islam, its essence, and its role in social and cultural life. The historical formation of religion, the life of Muhammad (pbuh), the stages of development during the reign of the Rightly Guided Caliphs, the Umayyads, and the Abbasids are analyzed. Additionally, information is provided about Islamic beliefs, practical 370 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 4 practices, the role of the Quran and Sunnah, representatives of Sufism, the Hanafi movement, and the religious significance of Mecca and Medina. The role of sacred months and religious holidays in social upbringing is also highlighted. The article reveals that Islam is a doctrine based on high spiritual values, tolerance, and goodness. Keywords: Islam, Muhammad (peace be upon him), Quran, Sunnah, rightly guided caliphs, Umayyads, Abbasids, Sufism, Hanifs, faith, pillar, Mecca, Medina, Ramadan, Eid al-Adha, religious holidays, monotheism, Islamic civilization. Islom dini o‘zining vujudga kelishidan boshlab, qisqa vaqt ichida keng hududlarga tarqalib, jahon sivilizatsiyasining shakllanishida muhim rol o‘ynadi. Din insoniyat tarixida chuqur ildiz otgan, jamiyat taraqqiyotining ajralmas qismi hisoblanadi. U insonning ma’naviy ehtiyojlarini qondiruvchi, uning borliq va mavjudlik mohiyatiga bo‘lgan savollariga javob beruvchi ijtimoiy ong shaklidir. Har bir din o‘ziga xos e’tiqodiy tizim, axloqiy qoidalar, marosimlar, urf-odatlar va diniy tashkilotlar orqali jamiyatda o‘z ifodasini topadi. Islom dini esa – Alloh tomonidan butun insoniyat uchun yuborilgan ilohiy hidoyatdir. Bu din faqat diniy qarashlar majmui emas, balki ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va axloqiy hayotning barcha sohalarini qamrab oluvchi komil hayot nizomidir. Islom tabiat va inson yaratilishiga asoslangan holda, to‘g‘ri yashash yo‘lini belgilovchi mukammal ta’limot sifatida e’tirof etiladi. Islom jahon dinlari orasida eng yosh bo‘lishiga qaramay, hozirda e’tiqod qiluvchilari soni jihatidan xristianlikdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi [343-345.] Muhammad (s.a.v.)ga milodiy 610-yilda ilk vahiy kelganidan so‘ng, Makka shahrida islomning ilk asoslari shakllandi. Biroq dastlabki musulmonlar kuchli qarshilik va tazyiqlarga duch kelganlari sababli, 622-yilda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Madinaga hijrat qildilar. Bu voqea islom tarixida Hijra deb yuritiladi va hijriy taqvimning boshlanish nuqtasidir. Madinada musulmonlar birinchi bor mustaqil ijtimoiy va siyosiy tuzumga ega bo‘ldilar. Rasululloh (s.a.v.) boshchiligida islom jamiyati shakllana boshladi. U yerda musulmonlar, yahudiylar va boshqa din vakillari o‘rtasida sulh asosida yashash tajribasi — Madinai munavvaradagi Konstitutsiya orqali amaliyotga tadbiq etildi. Bu hujjat ilk diniy bag‘rikenglik va fuqarolik jamiyatining namunasidir. Muhammad (s.a.v.)ning hayotlari davomida islom dini butun Hijoz (Arabiston yarim oroli) bo‘ylab yoyildi. U zot vafot etganlaridan keyin esa xalifalik tuzumi orqali islom geografik va madaniy jihatdan keng miqyosda tarqaldi. “Islom” so‘zining lug‘aviy ma’nolari quyidagilardan iborat: • Itoat va bo‘ysunish; 371 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 4 • Ixlos va salomatlik; • Sulh va omonlik. Bu atama mohiyatan Allohga chin dildan bo‘ysunishni, tinchlikni, poklikni va iymonli hayotni anglatadi. Islom diniga ergashuvchilar — musulmonlar deb ataladi. Ular Allohga va Uning yuborgan so‘zlariga iymon keltirib, amalda Unga itoat etadilar. Islomning dastlabki tarqalish bosqichlari: 1. Roshid xalifalar davri (632–661-yillar): Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali (r.a.)lar islom dinining siyosiy va harbiy asoslarini mustahkamlab, uni Arabiston tashqarisiga — Eron, Shom (Suriya), Misr, Iroq kabi hududlarga yoydilar. 2. Umaviylar xalifaligi (661–750-yillar): Bu davrda islom imperiyasi shimolda Kavkaz, g‘arbda Ispaniyaga (Andalusiya), sharqda Hind daryosi havzasiga qadar kengaydi. Islomiy boshqaruv tuzumi, soliqlar, mudofaa tizimi va ilm-fan rivoj topa boshladi. 3. Abbosiylar davri (750–1258-yillar): Bag‘dod xalifalik markaziga aylanishi bilan islom faqat diniy emas, balki ilmiy va madaniy taraqqiyotning ham markaziga aylandi. Bu davrda falsafa, tibbiyot, matematika, astronomiya, adabiyot va fiqh kabi sohalarda ulkan olimlar yetishib chiqdi. Islom sivilizatsiyasi Sharqdan G‘arbga ilm-fan uzatishda vositachi bo‘ldi. 4. Islomning Markaziy Osiyo, Hindiston va Afrika hududlariga kirib borishi: Islom dini faqat qurol kuchi bilan emas, balki savdogarlar, sufiylar, olimlar va muhojirlar orqali ham keng tarqaldi. Masalan, Markaziy Osiyo hududida Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband kabi tasavvuf ta’limotining buyuk vakillari orqali xalq orasida islomiy qadriyatlar chuqur ildiz otgan [276]. Hanifiylar harakati va yakka xudolik tushunchasi islom dinining shakllanishida haniflar deb atalgan diniy harakat muhim rol o‘ynadi. Haniflar — Allohga chin ixlos bilan ibodat qilgan, butparastlikdan voz kechg
Доказательный фрагмент
«This article extensively covers the emergence of Islam, its essence, and its role in social and cultural life.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article extensively covers the emergence of Islam, its essence, and its role in social and cultural life. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Islam, Muhammad (peace be upon him), Quran, Sunnah, rightly guided caliphs, Qurbon hayiti, Ramazon, Madina, tasavvuf, haniflar, yakka xudolik, islom sivilizatsiyasi., sunnat, roshid xalifalar, Makka, Qur’on, Abbosiylar, Muhammad (s.a.v.), diniy bayramlar, iymon, Islom dini, arkon, Umaviylar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025