К содержанию
РецензированоUZ2025

MA’MUNIYLAR DAVRIDA ILM-FAN TARAQQIYOTI VA UNING JAHON TAMADDUNIDA TUTGAN O’RNI

NEW RENAISSANCE · TAMADDUNIDA TUTGAN O’RNI · Muyiddinov Bekali Bahodir o’g’li · Teshayeva Shahnoza Rahimovna

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

Jahon tamadduniga munosib xissa qo’shgan mamlakatimiz qadimdan jahon sivilizatsiyasi markazi, ilm-ma’rifat o’chog’i bo’lib, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga munosib hissa qo’shib kelgan. Zaminimiz ikki buyuk Uyg’onish, ya’ni renessansga beshik bo’lgani shunday deyishimizga asos bo’la oladi. Davlatchligimiz tarixida Ma`muniy Xorazmshohlar davlati juda qisqa muddat xukmronlik qilgan bo’lishiga qaramasdan o’zidan keyin katta iz qoldirdi desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Kalit so’zlar: Ma’muniy, Gurganj, Beruniy, Xammor, Afrig’iy, Kognitiv, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, ilm-fan, adabiyot, san’at, hunarmandchilik, me’morchilik, akademiya. Tarixdan ma’lumki, Xorazmning Janubiy qismini Afrig’iylar sulolasi hukmdori Abu Abdulloh Muhammad, shimoliy qismini esa Ma’mun ibn Muhammad (995-997) boshqargan. Ma’mun ibn Muhammad g’alaba Ma’muniy Xorazmshohlar davrida ilm-fan, adabiyot, san’at, hunarmandchilik, me’morchilik va boshqalar, umuman olganda madaniyat va ma’rifat kabi sohalar gullab-yashnaganligi haqida tarixiy ma’lumotlar mavjud. Tarixchilar bu davrda «Ma’mun akademiyasi» ni vujudga kelishini asosan ikkita omil bilan bog’lashadi deyishimiz mumkin. Birinchi omil bu davlatning umumiy rivojlanishi bo’lsa, ikkinchisi hukmdorlarning ilm- fan rivojiga alohida e’tibor qaratishidir. «XII-XIII asrlarda qo’shni davlatlarni o’ziga birlashtirgan Xorazm o’ta kuchli imperiyaga aylandi. Natijada, «Ma’mun Akademiyasi»dan 100 yil keyin Qutbiddin Muhammad I ibn Anushtagin va uning o’g’li al-Malik Abu Muzaffar Alouddin Jaloliddin Otsiz tomonidan «Ma’mun Akademiyasi» ga o’xshagan Akademiya tashkil etildi. Qutbiddin Muhammad va Otsiz hukmdorlik qilgan davrlarda Xorazmga Arabiston, Hindiston, Eron va boshqa yurtlardan yirik olimlar taklif qilindi…»Ma’mun Akademiyasi» 17 yil faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, bu Akademiyada kamolga etgan olimlar 60 yil fan va madaniyat ravnaqiga xizmat qilishdi. 362 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 4 Ushbu hukmdorlar o’rtasidagi ixtilofda va Xorazmni birlashtirib Xorazmshoh unvonini oladi va Gurganj shahrini (Urganch) poytaxt deb e’lon qilindi. Uning vorislari Ali ibn Ma’mun (997-1009), Ma’mun II ibn Ma’mun (1009-1017) hukumdorligi davrida Xorazmda qadimiy davlat tizimi, madaniy an’analar tiklandi, shahar hayoti, savdo va hunarmandchilik rivojlana boshladi. Arab tarixchisi Istaxrining asarlarida X asr boshida Xorazmda 9 dan 13 tagacha shahar bo’lganligi, yarim asrdan keyin esa shaharlar soni uch baravar ko’payib, 40 taga yetganligi ko’rsatilgan. Gurganj, Xiva, Qiyot, Xazorasp, Ardaxushsimon (Vayangan), Kardaranxos (Kalajik) kabi shaharlar Sharqning madaniy va iqtisodiy markazlariga aylandi. Xorazmliklar hatto Ispaniya bilan ham savdo va madaniy aloqalar o’rnatgan. Ayniqsa, poytaxt Gurgajda arxitektura rivojlandi, ko’plab go’zal saroylar, karvonsaroylar, masjidlar va madrasalar, jamoat binolari, bozorlar qurildi. Tarifi shahri Xorazm qo’lyozmasi muallifi o’sha paytda Gurganjda 170 ta katta va kichik savdo markazlari, 500 ga yaqin masjid, 700 ta madrasa va 1000 ta hammom bo’lganligini ta’kidlaydi. Ibn Batuta (XIII asr) yuqoridagi fikrlarni rivojlantirib xorazmliklarning iste’dodi va qobiliyatini yuqori baholaydi. Xorazmliklar: dunyoning boshqa hech bir joyida chet elliklarni, mehmonlarni ulardek mehmondo’stlik, saxovatli qabul qiladigan odamlar bilan uchrashishga muyassar bo’lmaganman. Yuqoridagi ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy muhit Xorazmdagi Ma’mun akademiyasi faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi. Ma’rifatli shoh Ali ibn Ma’mun Gurganjda madaniy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib saroyda kutubxona qurgan va uni sharqning turli shaharlaridan olib kelingan asarlar bilan boyitgan. Saroy yaqinidagi madrasada yoshlarga Islom va dunyoviy fanlar o’rgatilgan. Bu davr ilm-fanning gullab-yashnagan davriga aylandi. Ali ibn Ma’mun Jurjoniyadan Abu Rayhon Beruniyni chaqirib uni o’zining bosh maslahatchisi etib tayinladi va unga boshqa mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar o’rnatishni buyurdi. 1004-yilda Ali ibn Ma’munning buyrug’i bilan sharqning yirik o’quv-ma’rifiy muassasasi bo’lgan akademiya tashkil etildi. Beruniy ushbu muassasaning raisi bo’ldi. Shuningdek, u sharqning taniqli olimlarini akademiyaga taklif qildi. Xorazmshoh Ma’mun II hukmronligi davrida dor-ul hikma yanada mashhur bo’ldi. Ushbu muassasada xorazmliklardan tashqari Buxoro, Samarqand, Jand, Мarv, Nishopur, Balx, Eron, Hindiston, Misr, Suriyadan kelgan yuzdan ortiq olimlar, huquqshunoslar, yozuvchilar, dinshunoslar faoliyat yuritib ilm- fanning turli sohalarida tadqiqot ishlarini olib borgan. Olimlar astronomiya, matematika, fizika, kimyo, mineralogiya, kartografiya, geografiya, geometriya, tabiatshunoslik, tibbiyot, falsafa, tarix, tilshunoslik, mantiq, adabiyot, Islom huquqshunosligi kabi tabiiy va jahon fanlari bilan shug’ullanishgan. Ular Arab, fors, hind, lotin va turk tillarini mukammal bilishgan. 363 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIO

Доказательный фрагмент

«Jahon tamadduniga munosib xissa qo’shgan mamlakatimiz qadimdan jahon sivilizatsiyasi markazi, ilm-ma’rifat o’chog’i bo’lib, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga munosib hissa qo’shib kelgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Jahon tamadduniga munosib xissa qo’shgan mamlakatimiz qadimdan jahon sivilizatsiyasi markazi, ilm-ma’rifat o’chog’i bo’lib, dunyo ilm-fani va madaniyati rivojiga munosib hissa qo’shib kelgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kognitiv, Abu Ali ibn Sino, Gurganj, adabiyot, Xammor, Beruniy, Ma’muniy, Afrig’iy, ilm-fan, san’at, hunarmandchilik, Abu Rayhon Beruniy, me’morchilik, akademiya.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники