Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
NOGIRONLIGI BOR SHAXSLAR BILAN IJTIMOIY ISHNING ZAMONAVIY YONDASHUVLARI
NEW RENAISSANCE · Ahmadjonova Hidoyat
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
Mazkur maqolada nogironlar bilan ijtimoiy ish olib borishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. Unda nogironlarning ijtimoiy muhitga moslashuvi, reabilitatsiya jarayonlari, ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ijtimoiy xizmatlar faoliyati o‘rganiladi. Shu bilan birga, ijtimoiy ishda qo‘llanilayotgan innovatsion metodlar, xalqaro tajribalar va O‘zbekiston sharoitida ularning amaliy tatbiqi yoritilgan. Muallif nogironlarga nisbatan inklyuziv yondashuvni kuchaytirish, ularni jamiyatga to‘liq qo‘shish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ilgari suradi. Maqola ijtimoiy ish mutaxassislari, tadqiqotchilar va ijtimoiy siyosat yurituvchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin. Kirish: Zamonaviy jamiyatda nogironligi bo‘lgan shaxslar ijtimoiy tenglik va inklyuzivlik tamoyillariga asoslangan holda qo‘llab-quvvatlanishi lozim bo‘lgan muhim ijtimoiy guruhlardan biridir. Ularning to‘laqonli hayot kechirishi, o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi va jamiyatda faol ishtirok etishi ko‘p jihatdan ijtimoiy ish tizimining samaradorligiga bog‘liq. Shu sababli nogironlar bilan olib boriladigan ijtimoiy ish faoliyatida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, innovatsion metodlardan foydalanish va individual ehtiyojlarga mos xizmatlar ko‘rsatish dolzarb masalaga aylanmoqda. Asosiy qism: Nogironlik, invalidlik — kasallik, shikastlanish, mayib-majruhlik, baxtsiz hodisalar tufayli butunlay yoki maʼlum muddat mehnat qobiliyatini yoʻqotish. Jismoniy yoki aqliy nuqsonlari borligi sababli ijtimoiy yordam va himoyaga muhtoj shaxs nogiron hisoblanadi. Nogironligi bor shaxslar bilan ishlash bugungi kunda ijtimoiy ish sohasining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Jamiyatda bunday insonlarga nisbatan hurmat, e’tibor va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish – nafaqat ijtimoiy siyosatning, balki diniy-axloqiy qadriyatlarning ham ajralmas bir qismidir. Ayniqsa, islom dini nogironlikni Allohning sinovi deb baholab, bunday insonlarga mehr-muhabbat ko‘rsatishni ulug‘ fazilat sifatida ko‘rsatadi. Islom dini va nogironlik tushunchasi Islomda har bir inson Allohning yaratgan mukarram mavjudoti sifatida qadrli hisoblanadi. Qur’oni karimda insonning tashqi ko‘rinishi yoki jismoniy imkoniyatlari emas, balki uning taqvosi va solih amallari asosiy mezon qilib olingan: 348 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 4 "Albatta, sizlarning Alloh huzuridagi eng yaxshilaringiz – eng taqvodorlaringizdir" (Hujurot surasi, 13-oyat). Bu oyat nogironligi bor insonlarni jamiyatda kamsitmasdan, aksincha, ularni qadrlash, ularga yordam qo‘lini cho‘zish lozimligini anglatadi. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ning hayotiy misollarida ham nogironlarga nisbatan rahm-shafqat, g‘amxo‘rlik va hurmatning eng yuksak namunalarini ko‘ramiz. Ibn Umm Maktum – ko‘zi ojiz sahobaning muazzinlik va hatto muvaqqat (imom o‘rnini bosuvchi) vazifasini bajargani buning yaqqol isbotidir.1 Zamonaviy ijtimoiy yondashuvlar Hozirgi ijtimoiy ish amaliyotida nogironligi bor shaxslar bilan ishlashda bir qator zamonaviy yondashuvlar shakllangan: 1. Inson huquqlariga asoslangan yondashuv – har bir nogiron insonning teng huquqli fuqarolik maqomini tan olish va jamiyatga to‘liq integratsiya qilish. 2. Inklyuziv yondashuv – ta’lim, mehnat va ijtimoiy hayotda nogironlar uchun mos muhit yaratish, ularni jamiyatga jalb etish. 3. Individga yo‘naltirilgan yondashuv – nogiron shaxsning ehtiyojlari, salohiyati va imkoniyatlariga qarab individual rejalashtirilgan xizmat ko‘rsatish.2 Bu yondashuvlar diniy tamoyillar bilan uyg‘unlashganda, nafaqat professionallik, balki ma’naviy yuksaklik ham namoyon bo‘ladi. Nogironlarga bo‘lgan hurmat, sabr-toqat va xizmat ko‘rsatish – musulmon insonning qalbidan joy olgan eng ulug‘ fazilatlardan biridir. Nogironlik pensiyalari qonunchilikda belgilangan tartibda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga, shuningdek Chernobil AESdagi avariya tufayli mayib bo‘lish yoki kasallik oqibatida III guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan shaxslarga tayinlanadi. Nogironlik sabablari va guruhlari, shuningdek nogironlik boshlangan vaqt va nogironlikning qancha muddatga belgilanishi Tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari (TIEK) tomonidan aniqlanadi. Nogironlik pensiyasi TIEK tomonidan I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar deb topilgan, sug‘urta qilingan xodimlarga: mehnatda mayib bo‘lganligi yoki kasb kasalligiga chalinganligi tufayli — mehnat faoliyatining muddatidan qat’i nazar;boshqa sabablar tufayli — muddati sug‘urta qilingan xodimning nogironlik ro‘y bergan vaqtdagi yoshiga bog‘liq tegishli umumiy mehnat stajiga ega bo‘lgan taqdirda tayinlanadi. Pensiya tayinlash haqida murojaat qilish; 1 Hadislar majmuasi. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari asosida. – Toshkent: Movarounnahr, 2017. 2 Xamidova N. “Nogironlar bilan ijtimoiy ish asoslari”. – Toshkent: Ijtimoiy fanlar nashriyoti, 2019. 349 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 4
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada nogironlar bilan ijtimoiy ish olib borishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada nogironlar bilan ijtimoiy ish olib borishning zamonaviy yondashuvlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Zamonaviy jamiyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026