К содержанию
РецензированоUZ2025

XORIJIY TILLARNI O’RGANISHDA ZAMONAVIY VA SAMARALI METODIKA VA STRATEGIYALAR TAHLILI

NEW RENAISSANCE · STRATEGIYALAR TAHLILI · Sharipova Bahora Odiljonovna · Adilova Sarvinoz Habibullo qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

This article analyzes the strategies and important methods applied in the process of learning a foreign language. It explores the difficulties and problems encountered during learning language. As well as, it includes methods such as vocabluary acquisition, grammar, listening, the use of interactive and electron programs and practical exercises. This article is useful for learners of all ages and students,helping them overcome weaknesses in the foriegn language learning process. Key words: Practise, multimedia tools, interactive learning, strategy, methods, language learning. Zamonaviy dunyoda chet tillarini o‘rganish nafaqat aloqa vositasi, balki dunyoqarashni kengaytirish, turli madaniyatlar bilan tanishish,shaxsiy va kasbiy muvaffaqiyat va yangi imkoniyatlarga yo‘l ochadi. Ingliz, rus, nemis, fransuz kabi tillarni bilish o‘quvchilarga ilmiy manbalardan foydalanish, xorijiy oliygohlarda o‘qish, xalqaro loyihalarda qatnashish imkonini beradi. Ammo ko’pchilik uchun xorijiy tillarni o’rganish uzoq muddatli va murakkab jarayon bo’lib tuyuladi. Shu sababli samarali usul va strategiyalarni qo’llash muhim ahamiyat kasb etadi.Ushbu maqolada ham aynan til o’rganish jarayonidagi asosiy metodlar,interaktiv vositalar va amaliy yondashuvlar tahlil qilinadi. Til o‘rganishning samarali bo‘lishi uchun eng avvalo aniq va realistik maqsad qo‘yish kerakligi juda muhim. Til o‘rganish nazariyotchisi D. Brown fikricha, til o‘rganish shaxsiy ehtiyoj 341 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 4 va motivatsiyaga asoslanganida natijasi yuqori bo‘ladi (Brown, 2000). Masalan, ish uchun ingliz tilini o‘rganayotgan kishi professional so‘z boyligi va yozishmalarga e’tibor qaratishi lozim. Sayohat uchun esa sayohatga oid so’z boyligining uzi kifoya. Ba’zan, ingliz tilini o’rganuvchilar uchun darajani aniqlovchi turli xil sertifikatlar va ularga berilgan imkoniyatlar katta motivatsiya bo’lib xizmat qiladi. Til o‘rganish sohasida taniqli olim Stephen Krashen tomonidan ilgari surilgan “Input Hypothesis” nazariyasiga ko‘ra, til o‘rganuvchi o‘z bilim darajasidan biroz yuqori darajadagi (i+1) materialni eshitib va tushunib borsa, u samarali o‘rganadi (Krashen, 1982). Shu sababli biz uchun qiziqarli bo’lgan filmlarimizni va podkastlarini hech ikkilanmay original tilda ko‘rish va eshitish o’rganish uchun foydalidir. Albatta siz tushunmagan, bilmagan yangi so’zlaringizni yozib borishingiz va albatta ulaning ma’nolari bilan tanishishingiz lozim. Bu til o’rganuvchilar uchun juda yoqimli va qiziqarli strategiyalardan biri. So‘zlarni alohida yodlash emas, balki matn ichida qo‘llash orqali ularning ma’nosi yaxshiroq o‘zlashtiriladi. I.S.P. Nation o‘zining “Learning Vocabulary in Another Language” (Nation, I. S. P. 2001) asarida so‘z yodlashda kontekst asosidagi yondashuvni taklif etadi. Bu usul yordamida o‘rganuvchi so‘zning grammatik shakli, talaffuzi va foydalanish uslubini bir vaqtning o‘zida o‘zlashtiradi. Zamonaviy texnologiyalar va gadjetlar til o‘rganish jarayonini ancha soddalashtirdi. Memrise, Duolingo, Quizlet kabi ilovalar foydalanuvchiga o‘yinga asoslangan, qiziqarli va takroriy mashqlar orqali so‘z boyligini oshirish imkonini beradi. Cambridge English portali esa bepul testlar, topshiriqlar va dars rejalarini taqdim etadi. Shu bilan birga, YouTube kanallari orqali tilning eshitish va talaffuz qismlarini mustahkamlashni o’rganish mumkin. Bunda eng eshtishni yaxshilovchi eng kuchli metodlardan biri “shadowing” uslubidir. Bu usulning natijasini birinchi martadanoq sezish qiyin emas. Yozma va og‘zaki nutqni rivojlantirish uchun muntazam ravishda insho yozish,turli forumlar va suhbatlarda ishtirok etish, so‘zlashuv klublarida qatnashish ham muhim rol o’ynaydi. Tilshunos A. Harmerning fikricha, til o‘rganish jarayonida faol ishtirok va interaktiv mashg‘ulotlar orqali til “yashab ketadi” (Harmer, 2007). Xulosa qilib aytganda, chet tilini o‘rganish samaradorligi to‘g‘ri tanlangan metod va strategiyalarga bevosita bir biri bilan bog‘liq. Maqsadga yo‘naltirilgan yondashuv, Krashen nazariyasiga asoslangan kirish materiallari, kontekstual so‘z o‘rganish, multimedia vositalaridan foydalanish va muntazam amaliyot orqali til o‘rganish- jarayonni osonlashtiradi. Ushbu maqolada bayon etilgan usullar turli xil yoshdagi o‘rganuvchilar uchun amaliy qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. 342 NEW RENAISSANCE 2025 APRIL INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 4 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1. Brown, H. D. (2000). Principles of Language Learning and Teaching. Longman. 2. Duolingo Blog. (2023). Language learning tips. https://blog.duolingo.com 3. Harmer, J. (2007). The Practice of English Language Teaching. Pearson Education. 4. Krashen, S. D. (1982). Principles and Practice in Second Language Acquisition. Pergamon Press. 5. Nation, I. S. P. (2001). Learning Vocabulary in Another Language. Cambridge University Press. Internet resources: 1. BBC Learning English. Learning strategies.

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the strategies and important methods applied in the process of learning a foreign language.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the strategies and important methods applied in the process of learning a foreign language. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Practise, multimedia tools, interactive learning, strategy, methods, language, strategiya, Amaliyot, multimedia vositalari, interaktiv o’rganish, metodlar, til o’rganish.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники