К содержанию
РецензированоUZ2025

MILLIY MUSIQA MADANIYATINING YOSHLAR MA’NAVIYATIGA TA’SIRI: ESTETIK TARBIYA VA MILLIY O‘ZLIKNI SHAKLLANTIRISH OMILI SIFATIDA

Narzullayeva Durdona Panji qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Maqolada o‘zbek milliy musiqa madaniyatining yoshlar ma’naviyati shakllanishidagi o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil etiladi. O‘zbekiston boy musiqiy merosga ega bo‘lib, asrlar davomida xalqning ruhiy dunyosi, qadriyatlari va estetik qarashlarini aks ettirib kelgan. Bugungi kunda yosh avlodning ma’naviy tarbiyasida musiqa vositasi sifatida milliy ohanglarning tutgan o‘rni nihoyatda muhim. Maqolada estetik tarbiya jarayonida milliy musiqaning ijtimoiy-psixologik ta’siri, yoshlarning milliy o‘zlikni anglashidagi roli va bu orqali jamiyatda ma’naviy uyg‘onishni kuchaytirish masalalari ilmiy yondashuv asosida yoritiladi. Shuningdek, mustaqillik yillarida O‘zbekistonda musiqa san’atining rivojlanishi, milliy qadriyatlarga asoslangan madaniy siyosat va yoshlar bilan ishlashdagi amaliy tajribalar tahlil qilinadi. Milliy musiqa nafaqat san’at turi, balki yoshlar qalbida milliy g‘urur, vatanparvarlik va estetik didni shakllantiruvchi vosita sifatida talqin etiladi. Maqola zamonaviy global madaniyat ta’sirida o‘zlikni yo‘qotmaslikda milliy musiqaning mustahkam tayanch ekanini ko‘rsatishga qaratilgan. Kalit so‘zlar: milliy musiqa, yoshlar ma’naviyati, estetik tarbiya, milliy o‘zlik, madaniy meros, O‘zbekiston, musiqa madaniyati, yoshlar tarbiyasi. Musiqa – insoniyat tarixidagi eng qadimgi va kuchli ifoda vositalaridan biri. O‘zbek milliy musiqasi esa ming yillik tarix, falsafa va ma’naviyatimizning ohangdor ovozi hisoblanadi. Bugungi global dunyoda milliy musiqamiz nafaqat an’anaviy merosimiz, balki yoshlarimizning ma’naviy dunyosini shakllantirishdagi asosiy omillardan biridir. Milliy musiqa madaniyati har bir xalqning o‘ziga xos madaniy merosi, tarixiy xotirasi va ma’naviy olamining ifodasi hisoblanadi. U orqali millatning ruhiy qiyofasi, estetik didi, urf-odatlari va hayotga bo‘lgan qarashlari namoyon bo‘ladi. Musiqiy meros – nafaqat san’atning bir ko‘rinishi, balki ma’naviy qadriyatlarning avlodlar davomida uzluksiz saqlanishini ta’minlovchi muhim vositadir. Xususan, o‘zbek xalqining milliy musiqasi asrlar davomida shakllanib, xalqning qalbi, dardi va quvonchini o‘z ichiga olgan san’at turi sifatida yuksak qadrlangan. Uning ildizlari qadimgi Sharq sivilizatsiyasi, sufiylik madaniyati, baxshichilik va maqom an’analariga borib taqaladi. 462 Aprel, 2025-Yil O‘zbekistonda milliy musiqa madaniyati qadimdan muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u xalq og‘zaki ijodiyoti, obidalar bezagi, bayramlar va marosimlar bilan uzviy bog‘langan. Sharq musiqasi tarixida alohida o‘rin tutuvchi Shashmaqom, Xorazm maqomlari va Farg‘ona-Toshkent musiqiy an’analari nafaqat mintaqaviy, balki jahon madaniyati kontekstida ham yuksak baholanadi. Abu Nasr Forobiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi allomalar o‘z asarlarida musiqaning ma’naviy va axloqiy tarbiyada tutgan o‘rni haqida teran fikrlar bildira borishgan. Forobiyning “Musiqiy kitob”i va Navoiyning “Mehri vafo” asarlarida musiqa inson qalbiga bevosita ta’sir etuvchi, ruhiy poklanishga xizmat qiluvchi ma’naviy vosita sifatida talqin etiladi.Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda milliy o‘zlikni tiklash, tarixiy xotirani qayta jonlantirish va ma’naviy yuksalishni ta’minlashda musiqa madaniyati muhim o‘rin tuta boshladi. Ayniqsa, milliy an’analarga tayangan musiqa maktablari, festivallar, xalqaro forumlar tashkil etilishi musiqaning ijtimoiy va ma’naviy hayotdagi ta’sirini yanada kuchaytirdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilayotgan “Yangi O‘zbekiston – yangi uyg‘onish” g‘oyasi doirasida ham madaniyat va san’at, jumladan milliy musiqa orqali yoshlarning ma’naviy barkamolligini ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Ayni paytda, o‘zbek milliy musiqasining estetik xususiyatlarini o‘rganish, uning inson qalbi va ma’naviy dunyosiga ko‘rsatayotgan ta’sirini chuqur tahlil qilish, juda muhim ilmiy vazifalardan biriga aylangan. Estetika nuqtai nazaridan qaralganda, o‘zbek musiqasi nafaqat musiqiy jarayon, balki hissiyotlar, holatlar, ruhiy kechinmalarni musiqa orqali ifoda etish madaniyatidir. Bu xususiyat, ayniqsa, “Tanovar” kabi asarlarda juda yaqqol namoyon bo‘ladi. “Tanovar” asari o‘zining tarixiy ildizlari, hech qanaqa mantiq qoidasiga sig‘maydigan, ammo qalbga bevosita ta’sir etuvchi musiqiy kuchi bilan xalq ruhiyatining yorqin ifodasidir. Undan surunkali qayg‘u ham, umid ham, hayotga muhabbat ham ufurib turadi. Shu jihatdan, bunday asarlarni nazariy va tarixiy jihatdan o‘rganish orqali milliy musiqaning inson ma’naviyatiga ta’sirini teran anglash mumkin. Milliy musiqa madaniyati yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, yosh avlod milliy merosni chuqur anglab, uni qalban his etsa, ularda vatanga muhabbat, tarixga hurmat, mustaqillikka sadoqat, global tahdidlarga qarshi ma’naviy immunitet shakllanadi. Musiqiy tarbiya – bu faqat musiqa tinglash emas, balki qalb orqali yaxshi bilan yomonni farqlash, ko‘ngil bilan baholash, estetik didni shakllantirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan, maktab va oliy ta’lim muassasalarida musiqa ta’limi, milliy

Доказательный фрагмент

«Maqolada o‘zbek milliy musiqa madaniyatining yoshlar ma’naviyati shakllanishidagi o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada o‘zbek milliy musiqa madaniyatining yoshlar ma’naviyati shakllanishidagi o‘rni va ahamiyati chuqur tahlil etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
musiqa madaniyati, yoshlar tarbiyasi., milliy musiqa, O‘zbekiston, estetik tarbiya, milliy o‘zlik, madaniy meros, yoshlar ma’naviyati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники