К содержанию
РецензированоUZ2025

MALAKALI YURIDIK YORDAM OLISH HUQUQINING QONUNLARDA VA KONSTITUTSIYADA AKS ETTIRILGANLIGI

KONSTITUTSIYADA AKS ETTIRILGANLIGI · Boboqulova Mushtariybonu Akbarjonovna

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

This article discusses the guarantees of the right to qualified legal assistance in a rule of law state, the procedure and legal basis for providing qualified legal assistance in criminal proceedings. It also analyzes the role of lawyers in the court and investigation processes, the rights of the suspect, accused, or defendant, and the potential issues that may arise in the process of utilizing legal assistance. Keywords: Qualified legal assistance, criminal process, suspect, accused, lawyer, court, investigation, defendant, right to remain silent. 439 Aprel, 2025-Yil KIRISH: Bugungi kunda fuqarolarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish yo‘lida harakat qilayotgan davlatlar uchun asosiy qadamlardan biri hisoblanadi. Insonlarning sha’ni, qadr-qimmati, huquq va erkinliklarini himoya qilinishi va ularga yuridik jihatdan ko‘mak berish huquqiy davlatning ajralmas tarkibiy qismini tashkil etadi. Bunday davlatda insonlarning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati faqatgina so‘zda, qog‘ozda emas, balki amalda, real hayotda himoya qilinadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29- moddasida ham har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanashi keltirilgan va bu esa har bir shaxsga o‘z huquq, manfaatlarini qonun yo‘li bilan, adolatli sud muhokamasi orqali himoya qilish imkonini beradi. Shuningdek, har bir inson o‘z huquqlarini himoya qilishda himoyachi ya’ni advokat xizmatidan foydalanishi ham mumkin. Malakali yuridik yordam nafaqat shaxslarning huquqlarini himoya qiladi, balki jamiyatda huquqiy himoya, ijtimoiy adolat, barqarorlik tamoyillarining rivojlanishiga ham yordam beradi. Shuningdek, bugungi kunda inson huquqlarini himoya qilish, adolatli boshqaruv tizimini ta’minlash hamda barcha fuqarolarga malakali yuridik yordam olish tizimini mustahkamlash xalqaro huquq me’yorlari va tamoyillarida mustahkamlangan bo‘lib, bundan shuni ko‘rishimiz mumkinki, malakali yuridik yordam olish va yuridik yordam ko‘rsatish tizimi ham xalqaro darajada e’tirof etilgan. ASOSIY QISM: Malakali yuridik yordam - bu shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida tajribali, tegishli bilim va malakaga ega bo‘lgan yuridik mutaxassislar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik xizmatlar majmuasidir. Bunga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: huquqiy maslahat berish, hujjatlarni rasmiylashtirish, sudda himoya qilish, vakil sifatida ishtirok etish, shuningdek, huquqiy ma’lumot bilan ta’minlash. Bu xizmatlarning professional darajada, qonunlarga muvofiq holda ko‘rsatilishi malakali yuridik yordamning asosiy belgisi hisoblanadi. Fuqarolar uchun malakali yuridik yordam olish huquqini ta’minlash uchun ushbu huquq O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida, Jinoyat - protsessual kodeksida va boshqa bir qancha qonunlar, normativ - huquqiy hujjatlarda mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyamizning 29- moddasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, unda har kimga malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanishi keltirib o‘tilgan. Qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan ko‘rsatiladi. [1] Ya’ni har bir inson malakali yuridik yordam xizmatidan foydalanishi mumkin, bunda ular tenglik tamoyiliga asoslanadilar, mavqeidan, nasl - nasabidan qat’ nazar, barchaga bir xil darajadagi yuridik yordam ko‘rsatiladi. 440 Aprel, 2025-Yil Shuningdek, agar ayblanuvchi yoki gumondor shaxs ijtimoiy yordamga muhtoj, ya’ni shaxsiy advokat yollashga moddiy jihatdan qiynaladigan bo‘lsa, unga davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartiblari ham mavjud. Bu tartiblarni amalda qo‘llash maqsadida esa 2023 - yil 16 - iyunda “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi” qonun qabul qilindi. Qonun bilan davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatishning asosiy tamoyillari, ushbu sohadagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, fuqarolarning yuridik yordam olishga bo‘lgan huquqlari kafolatlari belgilandi. Qonunning 3-moddasiga ko‘ra, davlat hisobidan yuridik yordam - bu ushbu qonunda belgilangan tartib - taomillar va shartlarga muvofiq to‘liq yoki qisman davlat hisobidan ko‘rsatiladigan, jismoniy shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan malakali yuridik yordamdir. [2] Ba’zi bir insonlarda savol tug‘ilishi mumkin, “Davlat hisobidan malakali yuridik yordam kim tomonidan ko‘rsatiladi?”. “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi” qonunning 8-moddasida bu savolga aniq javob keltirilgan. Davlat hisobidan yuridik yordam faqat davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestriga kiritilgan advokatlar tomonidan ko‘rsatiladi. [2] Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish jarayonida qonuniylik, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, shaffoflik, xolislik, kasbiy mahorat va bilimga egalik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, advokatning kasb etikasi qoidalariga va advokat qasamyodiga qat’iy rioya etish, advokatlik siriga rioya etish, manfaatlar to‘qnashuviga y

Доказательный фрагмент

«This article discusses the guarantees of the right to qualified legal assistance in a rule of law state, the procedure and legal basis for providing qualified legal assistance in criminal proceedings.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the guarantees of the right to qualified legal assistance in a rule of law state, the procedure and legal basis for providing qualified legal assistance in criminal proceedings. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Qualified legal assistance, criminal process, suspect, accused, lawyer, court, gumon qilinuvchi, advokat, sukut saqlash huquqi., tergov, sud, ayblanuvchi, sudlanuvchi, Malakali yuridik yordam, jinoyat protsessi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники