К содержанию
РецензированоUZ2025

MAMLAKATIMIZDA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISHDA XORIJ TAJRIBASIDAN FOYDALANISHNING INNOVATSION YO‘LLARI

Z.B. Jumayeva · A.R. Toshova

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida aholi daromadlarini oshirish masalasiga zamonaviy va innovatsion yondashuvlar asosida yondashiladi. Xususan, Germaniya, Janubiy Koreya, Hindiston, Turkiya va boshqa davlatlarning muvaffaqiyatli iqtisodiy siyosat tajribalari tahlil qilinib, ularning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanish imkoniyatlari ochib beriladi. Maqolada xorijiy tajribalar asosida kichik biznes, raqamli iqtisodiyot, kasb-hunar ta’limi, agrobiznes va startaplar orqali aholi bandligini oshirish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tahliliy yondashuv asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar aholining real daromadlarini barqaror oshirishga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Aholi daromadlari, xorij tajribasi, innovatsion yondashuv, raqamli iqtisodiyot, kasb-hunar ta’limi, agrobiznes, bandlik, startaplar, iqtisodiy islohotlar, kooperatsiya. Bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiy islohotlar yo‘lida izchil harakat qilmoqda. Islohotlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri – aholi turmush darajasini yaxshilash va real daromadlarini oshirishdir. Ushbu maqsadga erishishda xorijiy tajribani o‘rganish, uni milliy sharoitga moslashtirish va innovatsion yondashuvlar asosida qo‘llash muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada bir qator mamlakatlarning muvaffaqiyatli tajribalari tahlil qilinadi hamda ularning O‘zbekiston sharoitida qo‘llanilishi bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar aholining daromadini oshirish uchun bir necha asosiy yo‘llarni tanlagan. Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotga o‘tish, mehnat bozorini diversifikatsiya qilish, zamonaviy kasb-hunar ta’limini kengaytirish, soliq yengilliklari va subsidiyalar orqali qo‘llab-quvvatlash shular jumlasidandir. Germaniya tajribasi. Germaniyada kasb-hunar ta’limi kuchli tizimga ega bo‘lib, yoshlar o‘rta maktabni bitirgach, ishlab chiqarish korxonalarida amaliyot o‘taydi va bu ularga tezda daromad topishni boshlash imkonini beradi. 429 Aprel, 2025-Yil Janubiy Koreya tajribasi. 1960-yillardan boshlab Koreya Respublikasi texnologik innovatsiyalarga tayangan holda ish o‘rinlari yaratdi. Raqamli xizmatlar va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish orqali aholi daromadi keskin oshirildi. Turkiya tajribasi. Aholining o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini yaratish, xususan, ayollar va yoshlar uchun startaplar va mahalliy bizneslarni rivojlantirishga doir grant dasturlari orqali daromadlar ko‘paytirilgan. O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanish strategiyasi xorijiy mamlakatlarning muvaffaqiyatli tajribalarini milliy sharoitga mos holda tatbiq etishni talab etadi. 1-jadval Ilg‘or tajribalar va ularni O‘zbekiston sharoitida qo‘llash yo‘llari Yo‘nalish Davlat tajribasi O‘zbekiston uchun qo‘llash imkoniyati Agrobiznes va Italiya, Fermer xo‘jaliklari va dehqonlar o‘zaro kooperatsiyalar Niderlandiya kooperatsiyalarga birlashib, mahsulotni birgalikda yetishtirish va sotish orqali daromadni oshirishi mumkin. Raqamli platformalar Hindiston Mahalliy ish qidirish platformalarini rivojlantirish orqali bandlik (“Digital (masalan, Workly.uz, Ishbor.uz), yoshlar uchun IT India”) kurslar va masofaviy ish imkoniyatlarini kengaytirish. Kasb-hunar Germaniya, Kasb-hunar maktablarini sanoat zonalari bilan markazlarini isloh Xitoy integratsiya qilish, korxonalar bilan dual ta’lim qilish tizimini yo‘lga qo‘yish. Startaplar va Isroil Har bir viloyatda startap markazlarini tashkil etish, innovatsiyalarni yosh tadbirkorlar uchun akseleratsiya va grant rivojlantirish dasturlarini kengaytirish. Ayollar va yoshlar Turkiya Ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish, uy sharoitida bandligini oshirish ishlashga mo‘ljallangan mikrokreditlar va onlayn savdo platformalari orqali ayollar daromadini oshirish. 430 Aprel, 2025-Yil O‘zbekiston aholisi yosh va mehnatga layoqatli qatlam bilan ajralib turadi. Shu sababli xorij tajribasi asosida quyidagi yo‘nalishlarni innovatsion tarzda tatbiq etish mumkin: Agrobiznes va kooperatsiyalarni rivojlantirish. Italiya va Niderlandiyada kichik fermerlar kooperatsiyalar orqali kuchli iqtisodiy subyektlarga aylangan. O‘zbekistonda ham dehqon xo‘jaliklari va fermerlar kooperatsiyalarga birlashsa, bu ularning daromadlarini barqaror oshirishga xizmat qiladi. Raqamli platformalar orqali bandlikni kengaytirish. Hindistonda “Digital India” loyihasi orqali yoshlar raqamli xizmatlar (freelance, online ta’lim, onlayn savdo) orqali daromad topishmoqda. O‘zbekistonda ham mahalliy “Ish izla”, “Ish bor”, “Workly” platformalarini qo‘llab- quvvatlash lozim. Kasb-hunar markazlarini zamonaviylashtirish. Xitoyda “kasbga yo‘naltirish maktablari” yuqori texnologiyali kasblarga tayyorlaydi. O‘zbekistonda bu yo‘nalishda Prezident maktablari va IT Parklar faoliyati rivojlanmoqda, lekin ular ommaviy daromadga ta’sir qilish darajasiga hali yetmagan. Xalqaro amaliyot shuni ko‘rsatadiki, innovatsion iqtisodiyotga o‘tish jarayonida quyidagi choralar asosiy omil bo‘ladi: Startap ekotizimini shakllantirish. Isroilda aholi har 1000 kishisiga 1 ta startap to‘g‘ri keladi. O‘

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida aholi daromadlarini oshirish masalasiga zamonaviy va innovatsion yondashuvlar asosida yondashiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida aholi daromadlarini oshirish masalasiga zamonaviy va innovatsion yondashuvlar asosida yondashiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsion yondashuv, xorij tajribasi, raqamli iqtisodiyot, startaplar, kooperatsiya., bandlik, Aholi daromadlari, kasb-hunar ta’limi, agrobiznes, iqtisodiy islohotlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники