Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Tabrik va tilaklar: madaniy, ijtimoiy va nutq etiketi asosida
ErnazarovaNargiza Xidirovna
Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada nutq etiket birliklari, ya’ni tabrik va tilak tushunchalari, ularning turli xil lug‘atlardagi ta’riflari, ijtimoiy-jamiyatdagi va milliy madaniyatdagi o‘rni haqidafikr yuritiladi. Kalitso‘zlar: tabrik, tilak, konsept, nutq, ijtimoiy-madaniy, jamiyat Muayyan birliklarning mikrotizimi sifatida nutq etiket holatlari, ya'ni "tabriklar" va "tilaklar", ijtimoiy o‘zaro munosabatlarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bunday etiketlar, odamlar orasidagi aloqalarni mustahkamlash va jamiyatdagi turli rollarni va maqomlarni ko‘rsatish maqsadida mavjud. Ular bir vaqtning o‘zida odamlar o‘rtasidagi hurmat, ijtimoiy tenglik yoki farqlarni aks ettiradi. "Tabrik" va "tilak"lar xalq madaniyatining o‘ziga xos turi bo‘lib, uning milliy xususiyatlarini aks ettiradi - bu xalq ijodiyoti, insonning o‘zini namoyon qilish usuli, hamda an’ana bo‘lib, avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan ijtimoiy va madaniy meros elementlari tushuniladi. “Tabrik” va “tilak” konseptlari milliy mentalitet va milliy o‘ziga xoslikni o‘zida mujassam etgan madaniy qadriyatlarning timsolidir. Ular kundalik hayotning, xalq hayotining, ularning milliy, shu jumladan diniy va shaxsiy bayramlarning ajralmas qismidir. Bayramlar jamiyat hayotining muhim qismidir. Yangi bayramlarning paydo bo‘lishi jamiyatda chuqur o‘zgarishlar yuz berayotganidan dalolat beradi. Ushbu fakt bayramning jamiyatning ijtimoiy- madaniy paradigmasining shakllanishiga faol ta’sir ko‘rsatadigan muhim madaniy hodisa ekanligini ko‘rsatadi. Bayram jamiyatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash va o‘zini o‘zi amalga oshirishga qaratilgan tarixiyharakat modelidir.12 Vdovinaning fikricha, "tabrik" konsepti quyidagi tushunchalarni o‘z ichiga oladi: tabriklash, tilak bildirish, muvaffaqiyat, omad, bayram, tantanali tushlik/kechki ovqat, yoqimli/quvonchli tadbir, tabriklovchi, tabriknoma, sovg‘a, sovg‘a taqdim etish, minnatdorchilik, tabrik so‘zi,quvonch yoki hamdardlik ifodasi vaboshqalar.13 O‘zbek tilining etimologik lug‘atida “Tabrik” so‘zi arabcha so‘zining kelib chiqishi arabcha so‘z bo‘lib Tabrik-Tabrik. Bu so‘z asli ko‘p ma’noli “Baraka” fe’lining “so‘zladi” ma’nosi bilan hosil qilingan II bob masdari bo‘lib, yaxshi niyat bildirib aytiladigan so‘zlar ma’nosinibildiradi. Bu so‘zdan o‘zbek tilidatabrikla-fe’li yasalgan.14 Z.M. Ma’rupov tahriri ostidagi o‘zbek tilining izohli lug‘atida “Tabrik” [a] 1 Yaxshi tilak, xayrixohlik hislarini ifodalovchi murojaat; qutlov. 2 Hayotda yuz bergan biror muhim voqea munosabati bilan izhor etilgan qutlov, muborakbod. Tabrik etmoq(qilmoq).- Anvar samimiy va riyo aralash tabriklardan ancha o‘ng‘aysizlangan edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. deb talqin etiladi. “Tabriklamoq” fe’li 1 Yaxshi tilak, xayrixohlik bilan murojaat qilmoq,qutlamoq. 2 Hayotda yuz bergan muhim voqea munosabati bilan qutlamoq, muborakbod etmoq, tabrik etmoq. Ziyo shohichi ... qutidorni Otabekdek bir yigitni kuyov qilish bilan tabrikladi. A. Qodiriy, O‘tgan kunlar. 3 ko‘chma Ma’qullamoq, Ma’qullab qarshi olmoq. kabi ma’nolarga ega.15 12ВдовинаЕ.В.Поздравлениеипожеланиевречевомэтикете:концептуальныйикоммуникативный анализ. Диссер....канд.филол.наук.Москва,2007.С.22. 13ВдовинаЕ.В.Поздравлениеипожеланиевречевомэтикете:концептуальныйикоммуникативный анализ. Диссер....канд.филол.наук.Москва,2007.С.22. 14Ш.Рaхматуллаев.ЎзбектилинингэтимологиклуғатиТошкент”Университет”,2003. 15Ўзбектилининг изоҳлилуғати икки томли 60000сўзвабирикма З.М.Маъруповтаҳририостида IIС-Ҳ Москва“рустили”нашриёти,1981.-Б.103. Samarkand State Institute of Foreign Languages 108 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI O‘zbek tilining izohli lug‘atida “tabriklamoq” tabrik aytmoq; muborakbod qilmoq, qutlov so‘zlarini aytmoq, tabrik esa [a, baxt, omad, ezgulik tilash; qutlash] Biror yaxshi (qutlug‘) kun, sana yoki erishilgan yutuq, yaxshilik munosabati bilan bildiriladigan qutlov so‘zlari; muborakbod tarzidaizohlangan. O‘zbek tilining izohli lug‘atida “tilak” bu “a) biror istak, niyat bilan, nimanidir aytilgan gap, duo va sh.k. b) biror narsani amalga oshirish, unga erishish uchun bo‘lgan ichki intilish, hissiyot; istak, niyat”, Tilamoq esa “biror istak, tilak, niyat bildiruvchi so‘z, gap aytmoq” deb izohlanadi.16 Shunday ekan, tabrik bu yaxshi niyat, qutlov, baxt, omad, ezgulik tilash demakdir, tilak esaistak, niyat bildirish,biror narsani ro‘yobga chiqarishga bo‘lgan ichki harakat, his tuyg‘udir. Tabrik nutqining tabiatini o‘rganish tabrik nutqlarini tasniflash uchun quyidagi parametrlarni taklifqilishimkonini beradi: I. Vaziyatlar yoki nutq holatlari, bayram yoki tabriklar (tug‘ilgan kun, yubiley, to‘y, davlat va kasb bayramlari vaboshqalar)ga sababyaratuvchi; II. Nutqning rasmiyligi/norasmiyligi, bu yerda rasmiyatchilik bayram vazminlik, jiddiylik, ixchamliktalab qiladi;norasmiylik (do‘stona guruhlarda) jonlilik, hissiylik, zukkolikni anglatadi; III. Nutqning qanday tuzilganligi, bunda nutqning muayyan nutq materialiga ishora qiladi. Bu tabrik nutqlariniog‘zaki,yozma vaelektron bo‘lishi uch
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada nutq etiket birliklari, ya’ni tabrik va tilak tushunchalari, ularning turli xil lug‘atlardagi ta’riflari, ijtimoiy-jamiyatdagi va milliy madaniyatdagi o‘rni haqidafikr yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada nutq etiket birliklari, ya’ni tabrik va tilak tushunchalari, ularning turli xil lug‘atlardagi ta’riflari, ijtimoiy-jamiyatdagi va milliy madaniyatdagi o‘rni haqidafikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy-madaniy, society, greeting, пожелание, речь, speech, tabrik, приветствие, общество, konsept, jamiyat, tilak, социокультурный, nutq, концепция, wish, socio-cultural, concept
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025