К содержанию
РецензированоUZ2026

Ingliz tilidagi aforizmlarda milliy-madaniy ma’noning ifodalanishi

MA’NONING IFODALANISHI · Ahmedova Gulizebo Yakubovna

Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 2026

Аннотация

Aforizmlar qisqa, lekin chuqur maʼnoga ega bo‘lgan bayonotlar bo‘lib, ular turli xalqlarning dunyoqarashi, ijtimoiy qadriyatlari va madaniy nuqtai nazarini ifodalaydi. Ingliz tiliham o‘zining tarixiy rivojlanishida va madaniy anʼanalarida aforizmlar orqali o‘zining milliy- madaniy maʼnolarini aks ettirgan. Ushbu maqolada ingliz tilidagi aforizmlar, ularning milliy va madaniy maʼnolarini qanday ifodalashini tahlil qilingan. Ingliz tilidagi aforizmlar ko‘pincha shaxsiy erkinlik, mehnat axloqi, ijtimoiy aloqalar va tabiatning roli kabi madaniy qadriyatlardan iborat. Aforizmlar o‘zining qisqaligi va qulayligi bilan kuchli maʼnolarni ifodalash imkonini beradi, shuning uchun ular milliy va ijtimoiy qadriyatlarni tezda va samarali tarzda anglash uchunxizmat qiladi. Kalit so‘zlar: aforizmlar, til, madaniyat, milliy qadriyat, semantik ma’no, stilistik vositalar. Ingliz tilining global til sifatida rivojlanishi, uning boshqa milliy madaniyatlar va tillar bilan aloqalarini kuchaytiradi va turli milliy an’analarning birlashishi va uyg‘unlashishi jarayonini ta’minlaydi. Sapir va Vorflarning ta‘kidlashlaricha, til fikrlash va qabul qilishni shakllantiradi, ya’ni til jamiyatning olamni qanday anglashini vaunga ta’sirini belgilaydi. Til va madaniyat o‘rtasidagi aloqalarni aks ettiruvchi o‘ziga xos vositalar biri bu aforizmlardir. Aforizmlar, qisqa til shakllari sifatida, jamiyatdagi kognitiv jarayonlar va madaniy g‘oyalarni namoyon etadi. Aforizmlarni tushunish uchun ularning mazmun mohiyatini aniqlash kerak. Aforizmlar – qisqa, ta’sirchan bayonotlar bo‘lib, ular umumiy haqiqat yoki fikrlardir. Aforizmlar, odatda, maqollar, maksimalar va iboralar bilan chambarchas bog‘liq bo‘lsa-da, ularning qo‘llanish maqsadlari farqlanadi. Maqollar ko‘proq xalq donoligi bo‘lib, asrlar davomida avlodlarga o‘tgan bo‘lsa, aforizmlar ko‘pincha yozuvchilar yoki ma’lum shaxs tomonidan bayon qilinadi. Aforizmlarodatda falsafiy, tafakkurli yoki tanqidiy mazmun kasb etsa, maqollarko‘proq tarbiyaviy ma’noni ifodalaydi. Aforizmlar bir jamiyatning qadriyatlari va e’tiqodlarini aks ettirish uchun o‘ziga xos madaniy xazina sifatidaxizmat qiladi. Ular jamiyatning umumiy ongini aks ettirib, uning axloqiy va ijtimoiy tamoyillarini uzoq vaqt davomida saqlanadigan shaklda namoyon qiladi. Ingliz tilidagi aforizmlar ingliz xalqining kundalik hayoti, qarashlari va madaniyati bilan bevosita bog‘liqdir. Ingliz aforizmlari asrlar davomida rivojlanib kelgan va ularning taraqqiyoti ingliz tarixidagi muhim voqealar bilan chambarchas bog‘liqdir. Ingliz madaniyatida, aforizmlar jamiyatning dunyoqarashini aks ettirgan bo‘lib, uning rivojlanishi yuksalish va o‘zgarishlariga ta’sirqilgan. Ingliz adabiyotidagi taniqli yozuvchilar va faylasuflar, jumladan Samuel Jonson, o‘z aforizmlarida jamiyatni shakllantirish va tushunish uchun muhim qadriyatlarni bayon qilgan. Jonsonning ishlari, ingliz madaniyati va tilini shakllantirishda katta rol o‘ynagan. F. Bekon kabi faylasuflar, bilimni qadrlash va insoniyatning yuksalishiga oid ko‘plab aforizmlar yaratgan. Viktoriya davrida, ingliz aforizmlari ijtimoiy me’yorlar, odob-axloq va muhitga e’tibor qaratdi. Oskar Uayld va Jorj Bernard Shou kabi yozuvchilar aforizmlardan ijtimoiy masalalar va zamonaning ikkiyuzlamachiligini tanqid qilish uchun foydalangan. Uayld, ayniqsa, hazil va ironiya yordamida, Viktoriya jamiyatining ikkiyuzlamachiliklarini tanqid qilgan. Shu sababli, ingliz aforizmi mamlakatning ijtimoiy, siyosiy va falsafiy rivojlanishini aks ettirgan bir aks-sado sifatida ko‘ringan. Ijtimoiy qadriyatlar, mehnat va pragmatik yondashuvlarni ifodalovchi sanoat inqilobi davrining aforizmlaridan tortib, Viktoriya davrining hazil-mutoyibaviy iboralargacha bo‘lgan davrlar ingliz aforizmlarining milliy ruhiyatini o‘zidamujassam etgan. Samarkand State Institute of Foreign Languages 105 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI Ingliz aforizmlari, ingliz madaniyatining milliy qadriyatlari va ijtimoiy me’yorlarini, masalan, shaxsiy erkinlik, ehtiyotkorlik va mas’uliyatni qadrlash kabi muhim fazilatlarni ifodalab, buqadriyatlar ingliz madaniyatiga xosdir. Oskar Uayldning mashhur "I can resist everything except temptation." — "Men istakdan boshqa hamma narsaga qarshi tura olaman." aforizmi insonning o‘zini boshqarish qobiliyatini ko‘rsatadi, lekin istaklarga qarshi turishning juda qiyinligini ta’kidlaydi. Aslida, bu aforizmda aytilmoqchi bo‘lgan ma’no shundaki: inson har qanday vaziyatda o‘zini qo‘lga olishi mumkin, biroq kuchli istaklar uni biror narsa qilishga majbur qiladi. Bu hazil tarzida berilgan fikrbo‘lib, insontabiatining zaiftomonlariniko‘rsatadi. Oskar Uayldning yana bir betakror "Be yourself, everyone else is already taken." — "O‘zligingni angla, o‘zgalarga boqma." aforizmi boshqa aforizmlar singari chuqur ma’noga ega. Muallif ushbu aforizm orqali shuni anglatmoqchi bo‘ladi-ki, har bir inson o‘zligini qadrlashi, boshqalarni takrorlashga vaqt sarflamasligini, har birimizning o‘z iqtidorimiz va

Доказательный фрагмент

«Aforizmlar qisqa, lekin chuqur maʼnoga ega bo‘lgan bayonotlar bo‘lib, ular turli xalqlarning dunyoqarashi, ijtimoiy qadriyatlari va madaniy nuqtai nazarini ifodalaydi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Aforizmlar qisqa, lekin chuqur maʼnoga ega bo‘lgan bayonotlar bo‘lib, ular turli xalqlarning dunyoqarashi, ijtimoiy qadriyatlari va madaniy nuqtai nazarini ifodalaydi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
culture, афоризмы, стилистические средства, til, language, national values, национальные ценности, semantik ma’no, культура, stylistic means, stilistikvositalar, milliy qadriyat, aforizmlar, madaniyat, язык, semantic meaning, смысловое значение, aphorisms
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники