Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
Samandar vohidov g‘azallarining mavzular ko‘lami va badiiy jilolari
Narziyeva Saodat Dilmurod qizi
Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 2026
Аннотация
The article analyzes modern interpretations of aruz in Uzbek classical literature, theformation ofaruz poetry bySamandar Vohidov and it’s development. Kalit so‘zlar: aruz ilmi, qofiya ilmi, ramali musammani maqsur, bag‘ishlov, g‘azal, qasida, muxammas, masnaviy, mumtozpoetika. Ключевые слова: Наука аруз, наука ритмы, рамал мусаммани максур, посвящение, газель,касыда,мухаммас,маснави,классическая поэтика. Key words: The science of aruz, the science of rhyme, ramali musammani maksur, dedication, ghazal, qasida, mukhammas, masnavi, classical poetics. She’riyat inson ruhiyatining kaliti. Ularda yoritilgan mavzular ko‘lami, mafkuraning ta’siri, badiiy saviyasi masalasida ham turfa xillik ko‘zga tashlandi. Shaklan barmoq vazniga asoslangan she’rlarda yangi zamonni, yangi zamon kishisining o‘y-xayollarini, ichki kechinmalari (ba’zan ijtimoiylik kasb etgan kechinmalari) kuylangan bo‘lsa, mumtozshe’riyatning uzoqyillik tajribasi bo‘lgan aruzda diniy falsafiy qarashlar asosida she’riyatning go‘zal namunalari dunyoga keldi. Zamonaviy she’riyatda mumtoz adabiyotining ma’lum janrlari, asosan: g‘azal, qasida, qit’a, tuyuq, ruboiy, muxammas, musaddas, masnaviy, ta’rix; ta’rixiy qit’a, mufradot, sakkizlik va boshqa adabiy tur va janrlar rivojlandi. Bu davrda ijod qilgan shoirlardan Samandar Vohidov av u yaratgana aruziy she’rlarning o‘rni beqiyos. Samandar Vohidovning aruzda she’rlar bitishda mustaqillikning ilk yilida salohiyatli shoir sifatida namoyon boʻlgani shoirning onasi xotirasiga bagʻishlangan “Yoʻqotdim ayni Navroʻzda” gʻazali misolida ham kuzatiladi. 8 baytdan tarkib topgan ushbu gʻazalning matlasiyoq fikrimiznidalillaydi: Yoʻqotdimayni Navroʻzda Bu Navroʻzkuzga aylandi, Ruhafzo navbahor sensiz Ayomajuzga aylandi6. Samandar Vohidovda aruziy she’rlar ijod etish maylini shakllanishi va uning taraqqiyotini belgilashda shoir toʻplamlaridan oʻrin olgan she’rlarida uning yaratilish sanasining koʻrsatib borilgani muhim ahamiyat kasb etadi. Shoirning “Xayoling men bilan” toʻplamidan bir qator gʻazal va muxammaslari oʻrin olgan. Ularning barchasida bu janrda yozilgan she’rlarning yozilish tarixi koʻrsatib oʻtilgani kuzatilmaydi. Yozilish tarixi koʻrsatilgan gʻazallarga e’tibor qaratsak, ular orasida “Ranjimay yutgay zamin boshiga ne otsa samo, qor yogʻarmi, oʻt yogʻarmi – qilmagʻay hech iddao”7 satrlari bilan boshaluvchi 8 baytli gʻazal 1970-yilda ijod etilgani bilan e’tiborni tortadi. Gʻazalningmaqtasida shoirismitaxallus sifatidakeltirilgan: Nekutar bilmam Samandar, Bordan ayru aylagan – Tangriga aylab tavallo 6Oʻshakitob.B.135. 7Воҳидов.С.Хаёлингменбилан(Шеърлар,ғазаллар,мухаммаслар,достон).“Бухоро”,1997.Б.149-150. Samarkand State Institute of Foreign Languages 95 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI Tolekutganday gado8. Ushbu she’r gʻazal janri talablariga toʻla muvofiq holda ijod etilgan boʻlib, unda samoning yerga oʻt yoki qor yogʻdirishi uning qahri sifatida talqin qilinadi. Yerning bu kabi jabrlarga koʻksini ochib turishi manzaralariga e’tibor qaratilib, falak bir kunmas bir kun insofga kelib, yerga mehrigiyoning koʻkdan yogʻilishiga sababchi boʻlishi badiiy tasvirlanadi. Shu tariqa falakning qahrligi ma’shuqaga qiyoslanib, lirik qahramon ishqiga sadoqatli oshiq sifatida namoyon boʻladi. Gʻazal soʻngida shoir ismining taxallus sifatida qoʻllanilib, gado timsoli vositasida tamsilning keltirilishi shoirning ancha mahoratli ekanligidan dalolat beradi. Ushbu toʻplamdagi Samandar Vohidovning 1973-yilda yozilgan “Hayot goh dovdirab qolgay mening turfa savolimdan” satri bilan boshlanuvchi 7 baytli, 1977-yilda yozilgan “Kim birov dermish: jahonning bebaqo mehmoniman, Men degum: mehmon emasman, bu jahon mezboniman” matlali 7 baytli, 1978-yilda yozilgan “Otma ta’na toshini yor, pok dilim mehrobiga” satri bilan boshlanuvchi 6 baytli gʻazallari xususida ham shunday fikr bildirish mumkin. Shoirning boshqa gʻazallarida oʻtgan asrning 80-90-yillarida yozilgani qayd etilgan oʻrinlar uchraydi. Shu bilan bir qatorda yozilish tarixi koʻrsatilmagan gʻazallardagi ayrim ishoralar ham shoirda aruziy janrlarda ijod qilish mayli qachondan boshlanib, tizimi holga tushganini aniqlash imkonini ma’lum ma’noda taqdim etishi bilan ahamiyatli sanaladi. Aytilganlar nuqtayi nazaridan ijodkorning “Azmigʻazal” nomli7baytli she’ri e’tiborga loyiq: Kel, gʻazal, qalbimga koʻklam Seliday toʻlqinbilan, Ruhqushi, parvozga shaylan Shu’lavoryolqin bilan. Jon qalam, sen yuzni endi Bu bihishtma’voga bur, Qay tuvakgul yuz oʻpishgay Xonada epkin bilan? Shunchayil qayrildi tigʻing Ozmi-koʻpshe’r mashqida, Yetdi, sirdosh boʻlgali payt, Sirlibuochun bilan. Qaqragay ummonsari, Talpinmasairmoq agar, Ey koʻngil irmogʻi, payvast Boʻl bugun toshqinbilan. Titragay dil,balki, ilk bor Bu soʻlimboʻstonaro, Titraganday duchkelib Farhod goʻzal Shirin bilan. Etmaparvo, notavonbin Jur’ating etsamazax, Aybmi kaptar kuchsinashsa, Orzudalochin bilan. Bayt bitikbeshikda oʻsdim, Tinglagan allam –gʻazal, Neajab, topsajilo Qabrim gʻazal koshinb
Доказательный фрагмент
«The article analyzes modern interpretations of aruz in Uzbek classical literature, theformation ofaruz poetry bySamandar Vohidov and it’s development.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzes modern interpretations of aruz in Uzbek classical literature, theformation ofaruz poetry bySamandar Vohidov and it’s development. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- The science of aruz, the science of rhyme, ramali musammani maksur, classical poetics, классическая поэтика, рамал мусаммани максур, мухаммас, Наука аруз, aruz ilmi, dedication, masnavi, ramali musammani maqsur, bag‘ishlov, наука ритмы, маснави, masnaviy, посвящение, газель, muxammas, g‘azal, qofiya ilmi, mukhammas, ghazal, mumtoz poetika, касыда, qasida
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025