К содержанию
РецензированоUZ2026

Gap tahlilida noana’naviy yondashuvning ahamiyati

Сохибжон Туйчиев (Самаркандский государственный институт иностранных языков)

Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 6 · 183-216 · 2026

Аннотация

Ushbu maqola gap tahlilida noana’naviy yondashuvlarning ahamiyati deb nomlanib, gap tarkibida ishtirok etayotgan lingvistik birliklarni tahlil qilishda noana’naviy yondashuvlarning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib berishga qaratilgan. Jumladan, gap tarkibidagi birliklarning kategorial va nokategorial differensial sintaktik-semantik belgilari haqidafikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: lingvistik birlik, noana’naviy yondashuv, tahlil metodi, kategorial va nokategorial belgilar, differensial sintaktik-semantik belgilar,tashqi va ichki qurilma,sintaksema, protsessuallik,kvalifikativlik, va substansiallik. Zamonaviy jahon tilshunosligida gap tarkibini tahlil qilishda turli lingvistik tahlil usullaridan keng qo‘llanilib kelinmoqda. Shubilan birga, tilshunos olim N. Chomskiy tomonidan yaratilgan “Transformatsion grammatika” nazariyasi asosida gapning tashqi va ichki qurilmasi tushunchalari paydo bo‘lganligi bois, bu sohada ham o‘ziga xos yangi yo‘nalishlar ochildi. N.Chomskiyning fikriga ko‘ra, muayyan gapning boshlang‘ich shakli tashqi (surface structure), transformatsiya qilish natijasida paydo bo‘lgan hosila gapning ichki (deep structure) qurilmasi hisoblanadi, har qanday til sintaksisini bilish gap ichki qurilmasini tashkil qiluvchi birikmalar to‘plami qoidalarini bilishni o‘z ichiga oladi, degan fikr olg‘a surilgan [8,178]. Biroq A.M.Muxin tomonidan ishlab chiqilgan lingvistik metodlar yordamida gapning ichki qurilmasi deganda, O‘.U.Usmonovning e’tirof etishicha, sintaksemalarga ajratib tahlil qilish, aniqlangan komponentlarning differensial sintaktik-semantik belgilarini, ularning variantlarini hamda sintaktik aloqalar asosida boshqa sintaksemalar bilan birika olish imkoniyatlarini aniqlash nazarda tutiladi[5, 105-108; 6,35-37]. Yuqorida keltirilgan fikrga asoslanib, mazkur kichik ilmiy tadqiqotimizda tillaridagi gap qurilmasida ishtirok etayotgan birliklarni tahlil qilishda noana’naviy yondashuvlar haqida ayrim mulohazalarga e’tibor qaratamiz. Tahlil jarayonida gap tarkibidagi komponentlar sintaksemalarga bo‘linadi. Bunda, avvalo, kategorial differensial sintaktik-semantik belgilar sifatida “protsessuallik,” “kvalifikativlik,” va “substansiallik” semalar aniqlanadi. Shuningdek, mazkur semalar qamrab oladigan nokategorial differensial sintaktik-semantik belgilar ham aniqlab, ularning paradigmatik qatori ham ochib beriladi. Sintaksemalarni aniqlash jarayonida tahlil qilinayotgan gapning o‘ziga xos xususiyatlaridan tashqari, uning tarkibidagi kategorial va nokategorial differensial sintaktik- semantik belgilarni boshqa gaplardagi sintaksemalar bilan taqqoslab o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda e’tiborga molik jihatlardan biri shundaki, gap tarkibidagi sintaktik birliklarni komponentlarga bo‘lish va ularni sintaksemalarga ajratish jarayonida umumiy sintaktik aloqalar asos qilib olinadi. Shuningdek, ushbu usul sintaktik tahlilning yaxlitligini ta’minlaydi va sintaktiktuzilmalarni chuqurroq tushunishga imkonyaratadi. Ma’lumki, “protsessuallik” atamasi protsess so‘zidan olingan bo‘lib, jarayon ma’nosini ifodalab, u substansial va kvalifikativ belgilarga qarama-qarshi qo‘yiladi. Protsessuallik kategorial belgilardan biri hisoblanib, sintaktik sathda aksionallik (harakat), passivlik (yo‘naltirilganlik) va stativlik (holat) kabi bir qancha nokategorial belgilarni ham o‘zida aks ettiradi [1,78; 303-b., 3,24]. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, protsessuallik sintaksemalarini ifodalovchi unsurlarning leksik manbai, asosan, turli xil semantikaga ega bo‘lgan fe’llar, infinitiv, hozirgi va o‘tgan zamon sifatdoshlar kabilarni o‘z ichiga qamrab oladi. Ayrim tilshunos olimlar holatni Samarkand State Institute of Foreign Languages 90 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI ifodalovchi fe’llarni harakatni ifodalovchi fe’llardan farqlash kerakligini taklif qilib, bu xususiyatni, asosan, leksik birliklarning o‘timliyoki o‘timsizbo‘lishi bilan bog‘laydilar[2, 123]. A.Xojiyevning ta’kidlashiga ko‘ra, o‘zbek tilida “...fe’l harakatni, holatni, ruhiy holatni, biologik jarayonni ifodalaydi”[7,4]. Demak, protsessuallik negizidafe’lning harakat yoki holatni ifodalashi tan olingan, biroq harakat yoki holatni bir-biridan farqlash masalasi ilmiy adabiyotlarda yetarlicha yoritilmaganligiga guvoh bo‘lishimizmumkin. J.Millerning ta’kidlashicha, ingliz tilidagi stativlikni ifodalovchi sintaktik unsurlarni farqlashda uchta mezonga amal qilish lozim: a) holatni ifodalovchi fe’llar ko‘pgina sifatlar kabi buyruq gaplarda qo‘llanilmaydi; b)holatni ifodalovchi fe’llar progressiv shakllarda ishlatilmaydi; c) holatni ifodalovchi fe’llar tarzni ifodalaydigan ravishlar bilan birikmaydi [9, 433]. Ammo bizning fikrimizcha, aksionallik va stativlikni ifodalovchi fe’llarni gap qurilmasidagi distributsiyasi va boshqa sintaksemalar bilan birikish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda farqlash mumkin. Kvalifikativlik kategorial belgilardan biri sifatida sintaktik sathda muhim differensial sintaktik-semantik xususiyatga

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola gap tahlilida noana’naviy yondashuvlarning ahamiyati deb nomlanib, gap tarkibida ishtirok etayotgan lingvistik birliklarni tahlil qilishda noana’naviy yondashuvlarning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib b…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola gap tahlilida noana’naviy yondashuvlarning ahamiyati deb nomlanib, gap tarkibida ishtirok etayotgan lingvistik birliklarni tahlil qilishda noana’naviy yondashuvlarning o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib b… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
procedurality, differential syntactic-semantic signs, метод анализа, linguistic unity, процессуальность, tahlil metodi, qualification, субстанциальность, внешняя и внутренняя структура, differensial sintaktik-semantik belgilar, языковое единство, non-traditional approach, синтаксема, categorical and non-categorical signs, kategorial va nokategorial belgilar, дифференциальные синтаксико-семантические признаки, нетрадиционный подход, and substantiality, категориальные и некатегориальные признаки, protsessuallik, va substansiallik, lingvistik birlik, noana’naviy yondashuv, sintaksema, method of analysis, syntaxema, external and internal structure, kvalifikativlik, квалификация, tashqi va ichki qurilma
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники