К содержанию
РецензированоUZ2026

“Shohnomayi andalib” qo‘lyozmasining tavsifi

“SHOHNOMAYI ANDALIB”QO‘LYOZMASINING TAVSIFI · MuxlisaAxrorjanovna Maxamatxonova

Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Qo‘qon adabiy muhiti vakillaridan biri Andalibning “Shohnomayi Andalib” qo ‘lyozma nusxasining tavsifi bayon qilinadi. Qo‘lyozmaning tashqi va ichki xususiyatlari o ‘rganilib, uning umumiy tuzilishi yoritiladi. Hamda, qo ‘lyozmada kelgan ayrim baytlarning qisqacha mazmunibayon qilinadi. Tayanchso‘zlar: muqaddima, basmala, hamd, na’t, xoshiya, qo‘lyozma, kolofon. Annotation:This article describes the manuscript version of Shohnomayi Andalib by Andalib, one of the representatives of the Kokand literary environment. The external and internal characteristics of the manuscript are examined, and its overall structure is highlighted. Additionally, themeaning of someverses from themanuscript isbriefly explained. Keywords:introduction, basmala, hamd, na‘t, marginal notes, manuscript, colophon. Hozirda Andalibning lirik asarlari jamlangan qo‘lyozma manbalar asosan O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda. Andalibning ijod namunalarini uning shohnomasida, forsiyda bitilgan devonida va bir qancha bayozlarning ichida tarqoq holatda saqlanib qolgani bizga ma’lum. Bu esa bizga Andalibning o‘z davrining taniqli shoiri bo‘lib, xalq og‘zida uning sherlari mashhur bo‘lganini anglatadi. Uning asarlarini tadqiq qilib, iste’molga kiritish bizga o‘sha davr adabiy muhiti, uning siyosiy holati, xalqning orzu-kechinmalari kabi bir qancha qimmatli ma’lumotlarni bizga xabarini berishi mumkin. Shu kabi maqsadlarni ro‘yobga chiqarish uchun biz tadqiqot obyekti qilib, Andalibning ijod namunalaridan biri bo‘lgan, O‘zRFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanayotgan “Shohnomayi Andalib” asarining №696 nusxasini tanlab oldik. “Shohnomayi Andalib” asarini tahlil qilishga kirishar ekanmiz, avvalo matnshunos oldida turgan vazifa - matn tarixini o‘rganishdan boshlaymiz. Matnshunos oldida, u o ‘zi tadqiq qilayotgan mavzusiga oid qo‘lyozma va toshbosma manbalarni izlab topmog’i, tadqiq doirasiga jalb etilgan manbalarni tavsiflash, tahlil qilish, manbalarni o‘zaro qiyoslash, ular orasidagi matniy tafovutlarni aniqlash, ular asosida matnning asosiy variantini yaratish kabi bir qancha kabi bir qancha vazifalar turadi. “Matn tarixini o‘rganishda matnshunos avvalo - matn tarixini tiklash, tadqiq doirasiga kirgan manbaning turli nusxalarini qiyosiy o‘rganish, tadqiq etish, ular asosida matnnning asosiy variantini yaratish va ilmiy muomaaga kiritishdir”1. Tadqiqot mavzusiga oid barcha manbalarni qo‘lga kiritgandan so‘ng, matnshunos avvalo, asar nomi, uning muallifi, qo‘lyozmaning muqovasi, qo‘lyozma nusxaning o‘lchami, varaqlar soni, qog‘ozi, yozuvi turi, siyohi, muhr yoki bezaklari, satrlar soni, poygirlarning qo‘yilishi, saqlanish holati kabi belgilarini bayon qilishi, hamda, asarning boshlanishi va tugashi, uning tarkibiy tuzilishi, basmala, hamd, na’t qismlari, kolofon qismi, poygirlarning qo‘yilishi, hoshiyalar, asarni ko‘chirgan kotib, asar ko‘chirilgan yil kabi bir qancha ma’lumotlarni aniqlab, qayd etib borishi lozim. Shohnomayi Andalibasarining №696raqamli qo‘lyozma nusxasitavsifi Ushbu qo‘lyozma manba qalin to‘q yashil qog‘oz bilan o‘ralgan bo‘lib. Jildi naqshinkor, eskirib ketgan. Atrofida qizil va qora xoshiyasi bor. Kitobning o‘lchami 27Х16 sm. To‘plam umumiy 54 sahifadan iborat bo‘lib, avvalgi betdan 21-betgacha “Shohnomayi Andalib”, 22- betdan to kitob so‘ngiga qadar “Shohnomayi Mutrib” joylashtirilgan. To‘plam yaxshi holatda saqlangan, kitobning butunligiga shikast yetmagan. Qog‘ozlari silliq, sariq rangdagi Qo‘qon 1СирожиддиновШ.,УмароваС.Ўзбекматншунослигиқирралари.–Т.:Akademnashr,2015.–Б.8. Samarkand State Institute of Foreign Languages 86 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI qog‘ozi bo ‘lib, matn qora va qizil siyohda nasta’liq xatida, chiroyli yozuvda ko‘chirilgan. Qo‘lyozmaning 1b va 9b-sahifasida kiril yozuvida “Узбекский Государственный Иссладоват Институт Библиотекаотд سمش Инв. №696 ГорСамарканд” deb to‘rtburchak shaklidagi muhr ichiga yozilgan. Yuqoriga kichikroq to‘rtburchak muhr ichiga Г.И.А.Уз.Отд.В.рук № 696 O‘z.D.K.X deb yozilgan. Qo‘lyozmadagi baytlar soni 512 ta bo‘lib, har bir sahifaga 2 qatordan joylashtirilgan. Asar matni 638 qatordan iborat, 21b bet 9 qator, qolgan hamma betlar 15 qatordan iborat. Yangi betning birinchi so‘zi poygir sifatida kitob so‘ngiga qadar izchil qo ‘llanilgan. Qo‘lyozmaning avvalgi sahifasiga qora qalamda betartib holatda arab yozuvida turli so‘zlar yozilgan. Har bir varaqda qora qalam bilan qo‘lyozma betlarining raqamlari qo‘yib chiqilgan. Ayrim raqamlar o‘chirilib, ustiga boshqa sonlar yozib qo‘yilgan. Asar qora siyohda basmala bilan boshlanadi. Basmalaning tagiga qizil siyoh bilan “Shohnomayi Devonayi Andalib” deb yozilgan. Matnlar qora siyohda yozilgan, ammo ayrim so‘z boshlari qizil siyoh bilan yozilgan. Asarda hamd qismi yo‘q. Basmalaning o‘zi bilan cheklangan. So‘ngra, noana’naviy ravishda mo‘yning madhi orqali Rosulloh sallollohu alayhi va

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Qo‘qon adabiy muhiti vakillaridan biri Andalibning “Shohnomayi Andalib” qo ‘lyozma nusxasining tavsifi bayon qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Qo‘qon adabiy muhiti vakillaridan biri Andalibning “Shohnomayi Andalib” qo ‘lyozma nusxasining tavsifi bayon qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
introduction, basmala, hamd, na‘t, marginal notes, manuscript, colophon, басмала, muqaddima, qo‘lyozma, kolofon, на‘т, рукопись, колофон, заметки на полях, na’t, xoshiya, хамд, введение
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники