К содержанию
РецензированоUZ1964

Mirativlik kategoriyasining lingvistik voqelanishi

Aliyeva Zebo Akramqizi

Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 33-52 · 1964

Аннотация

Mazkur maqolada mirativlik kategoriyasining lingvistik tarixi, tilshunoslikda o’rganilishi, evidensiallikkategoriyasi bilan o’xshash vafarqli jihatlari yoritilgan. Kalit so’zlar: kutilmagan xabar, “tayyor bo’lmagan ong”, admirativ, Scott Delancey, evidensiallik. Mirativlik atamasi ilk bor Jakobsen tomonidan 1964-yilda inferensial evidensiallik kategoriyasi tarkibida ishlatilgan. Keyinchalik, Alban va Bolqon tillari lingvistikasida “admirativ” atamasini mirativlik hodisasidan ko’ra kengroq hamda evidensial va modal ma’nolarda uchratishimiz mumkin (Friedman 2003). Biroq Scott DeLancey 1997-yilda “mirativlik” deb nomlangan alohida kategoriyani grammatik kategoriya sifatida tilshunoslikka olibkirdi. Mirativlik so’zlovchining “tayyor bo’lmagan ong” iga kutilmagan yangi ma’lumot yetkazilishi natijasida paydo bo’ladigan nutqdagi ajablanish, hayratlanish holatlariga nisbatan qo’llaniladi. DeLancey birinchilardan bo’lib mirativlik hodisasi, evidensiallik bilan bo’g’liq bo’lishiga qaramasdan, uning semantik va grammatik tomondan o’ziga xos farqlari borligini aniqlagan (DeLancey 1997). Keyinchalik, Lazard mirativlikni ko’p hollarda birinchi darajali bo’lmagan voqeilikni qamrab oluvchi “mediativlik” kategoriyasining kengaytmasi sifatida ko’rib chiqishmumkinligini taklifqiladi. Til nuqtai nazaridan, mirativ ma’nolar har doim ham evidensiallik orqali ifodalanishi shart emas ya’ni, mirativlik boshqa turkumning oddiy ifodasi emas, balki o’ziga xos alohida grammatik kategoriya bo’lishi mumkin. Mirativ kategoriyalar ko’pincha birinchi shaxs ishtirokida sodir bo’ladi. Mirativlikning kichik evidensial tizimlarga semantik jihatdan o’xshashliklari mavjudligi sababli, evidensiallik strategiyalari mirativlikka aloqador bo’lishi mumkin. Evidensiallik tizimlaridagi turli atamalarni qo’llanilishi mirativ ma’nolarni alohida hodisa sifatida qaralishiga to’sqinlik qilib kelgan. Ko’pincha bunday ma’nolarni evidensiallikningbirturi sifatida baholaydigan tilshunoslar ham uchraydi. DeLanceyning fikricha mirativlik ma’lumot manbasi bilvosita yoki bevosita bo’lishidan qat’iy nazar so’zlovchi uchun hayratlanarli yoki yangi ma’lumot bo’lishi kerak [1,33]. Ayhenvald mirativlikni insonning kognitiv ongi bilan bog’laydi hamda har qanday kutilmagan xabarga so’zlovchining tayyor bo’lmagan ongi va hayratini ifodalaydi degan tasvirni beradi. Mazkur ta’rif va tasvirlarga asoslangan holda mirativlikni ifodalovchi turli lisoniy vositalar mavjudligigaguvohi bo’lishimiz mumkin. Evidensiallik inferensial, mish-mish, reportativ kabi bir qancha ma’no va tushunchalarni qamrab oladi. Ammo, mirativ ma’nolarda evidensiallikdan farqli o’laroq hayratlanish, ajablanish asosiy o’zakni tashkilqiladi ( cf. Aksu-Kov 2000,Johanson2003). Reportativ, kuotativ, mish-mish kabi hodisalarda hikoya qilingan ma’lumot boshqa shaxs nomidan amalga oshiriladi. Bu ingliz tilida reportedly, allegedly, as they say va boshqa kirish so’zlarbilan ifodalanadi. Masalan:'Ayla is/wasreportedly staying with her friend.' Inferensial: shaxsiy tajribalar yoki bilvosita dalillarga asoslanib so’zlovchining xulosasini ifodalaydi. Bu ingliz tilida as far as the speaker understands/understood kirish so’zlari yordamidaifodalanadi. Perseptional/Mirativlik: birorbirvoqea vahodisani kutilmaganlik darajasi yuqori bo’lishiva unga nisbatan hayratlanish, ajablanishni ko’rsatadi (Aksu-Kov and Slobin 1986). So’zlovchi o’zi so’zlayotgan voqea-hodisaning bevosita guvohi bo’ladi. Masalan:'Oh,thebaby hasdrunk allthe milk!' Samarkand State Institute of Foreign Languages 84 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI Qayd etish joizki, har bir tilda “hayrat”, “yangi va tinglovchi uchun kutilmagan ma’lumot” ma’nolari alohida kategoriyalarni hosil qilishiham mumkin, o’zbek tilidamirativlikkaxos gaplar his-hayajon gaplar tarzida alohida kategoriya sifatida ham o’rganiladi. His-hayajon gaplardan farqli o’laroq mirativlik ma’lum tuzilmalarni, modal munosabatlarni ham qamrab oladigan kategoriya sifatida talqin etilmoqda. Ammo, DeLancey (1997, 2001) taklif qilgan “mirativlik” atamasi ilk borlingvistik kategoriya sifatida ko’rsatib o’tilgan. DeLanceyning aytishicha, mirativ qurilmalarni bu davrgacha evidensiallikning bir qismi sifatida baholangan. Hozir esa mirativlik va evidensiallik turlicha kategoriyalar sifatida lisoniy jihatdan tadqiq etilmoqda. Ko’pgina tillarda mirativlik ifodasi evidensiallik tizimlari bilan grammatik bog’liqlikka ega emas. Boshqa tillarda esa, ba’zan evidensiallik hodisasi kontekst ichida mirativlik ma’nosini ko’rsatishi mumkin va shu sababdan “mirativ strategiyalar” deb hisoblanishimumkin(Ayhenvald 2004: 195-216). Foydalanilganadabiyotlar: 1. Delancey S. The semantics and pragmatics of mirativity: a constructional account. – Moutonde Gruyter: 1997.–P 33-52. 2. Lazard G. Mirativity, Evidentiality, Mediativity and other. Linguistic typology. – Moutonde Gruyter: 1999 3.Peterson T. Mirativityin Morphology. –Actrefore.com. 2020.–113p. 4. Maisak, Timur & Sergei Tatevosov.

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada mirativlik kategoriyasining lingvistik tarixi, tilshunoslikda o’rganilishi, evidensiallikkategoriyasi bilan o’xshash vafarqli jihatlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada mirativlik kategoriyasining lingvistik tarixi, tilshunoslikda o’rganilishi, evidensiallikkategoriyasi bilan o’xshash vafarqli jihatlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
unexpected news, evidentialism, “tayyor bo’lmagan ong”, неожиданные новости, admirativ, Скотт Деланси, unprepared mind, Scott Delancey, эвиденциализм, evidensiallik, восхищенный, «неподготовленный ум», kutilmagan xabar, admirative
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники