К содержанию
РецензированоUZ2026

Chet tili muloqotida pragmatik qobilyatsizlik muammolari

Sattorova Feruza Elmurodovna

Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 8 · 203-231 · 2026

Аннотация

Ushbu maqola chet tilida muloqot samarasiga putur yetkazadigan pragmatik qobilyatsizlik natijasida kelib chiqadigan muammolarni ochib berishga mo‘ljallangan. Muloqotda uchraydigan bunday muammolar sirasiga pragmatik interferensiya, pragmatik muvaffaqiyatsizlik va pragmatik rivojlanishning orqaga qolishi kabilarni keltirib o‘tish mumkin. Pragmatik muammolardan xabardorlik chet tilida so‘zlovchilarni turli ijtimoiy noqulayliklar, madaniy tushunmovchiliklar va so‘zlovchi qoldirishi mumkin bo‘lgan yomon taasurotlar oldini olishigako‘maklashadi. Kalit so‘zlar: kommunikativ kompetensiya, pragmatik qobilyat, pragmatik bilim, ijtimoiyme’yorlar, pragmaticinterferensiya, pragmatik muvaffaqiyatsizlik Ma’lumki so‘nggi yillarda allaqachon integrallashib ulgurgan dunyo hamjamiyatida ingliz tilida muloqot qila olish kasbiy rivojlanishda asosiy vosita bo‘lib xizmat qilmoqda. Zero, turli ijtimoiy va iqtisodiy hamkorlikning rivojlanish kaliti samarali muloqotga kirisha olish qobilyatidir. Shuning uchun ham chet tili ta’limining asosiy maqsadi kommunikativ kompetent kadarlarni tayyorlashdir. Ammo chet tili didaktikasida erishilgan katta yutuqlar bilan bir qatorda, sohada mavjud bo‘lgan muammolar hali ham o‘z yechimini topganicha yo‘q, yanada aniqroq gapiradigan bo‘lsak, yoshlarimiz orasida ingliz tili bo‘yicha xalqaro sertifikatlardan IELTS, TESOL kabi, yoki ingliz tili darajasini baholovchi ko‘p pog‘onali CEFR sertifikatidan yuqori natija qayd etayotganlar ko‘p sonli bo‘lishiga qaramay, bu zukko yoshlar real hayotda ingliz tili egalari bilan muloqotga kirishganda ko‘plab tushunmovchiliklarga duch kelishmoqda. Buning sababini anqilash uchun kommunikativ kopmpetensiyani tarkibiy qismlarini qayta ko‘rib chiqishni lozim topdik. Kommunikativ qobilyat lingvistik qobilyat (tilning turli lisoniy sathlari yuzasidan bilimga egalik), sotsiolingvistik qobilyat (tilning ijtimoiy-me’yoriy qo‘llanilishi borasidagi bilimlar), pragmatik qobilyat (tildan kontekst va ijtimoiy-me’yoriy qoidalarga tayangan holda o‘rinli foydalanish) va strategik qobilyat (tildan foydalanishda duch kelinadigan qiyinchiliklarni turli lisoniy va nolisoniy usullar bilan bartaraf etish qobilyati) uzvlardan tashkil topgan. O‘zbekiston muhitida ingliz tili chet tili sifatida o‘qitilar ekan, bizda chet tili ta’limi rasmiy muloqot muhitida (o‘qituvchi va o‘rganuvchi o‘rtasida) amalga oshiriladi, ammo real hayotda muloqot turli kontekstlarda amalga oshadi. Ikkinchidan ingliz tili o‘qitishda asosiy nutq ko‘nikmalari (o‘qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish ko‘nikmlari) hamda qo‘shimcha ko‘nikmalar (grammatika, so‘z boyligi va to‘g‘ri talaffuz)ni o‘rgatishga katta urg‘u beriladi. Ammo hech bir rasmiy (milliy yoki xalqaro) imtihonlarda tilni hayotiy vaziyatlarda qo‘llash borasida baholash talabi bo‘lmaganligi bois hamda ingliz tilini faqat sinfda muloqot vositasi bo‘lib xizmat qilishi, til foydalanuvchilarning pragmatik bilimlardan bebahra qolishga sabab bo‘lmoqda. Bunday nomaqbul vaziyatlar sababi muloqotda pragmatik bilimlarning ahamiyatidan bexabarlik oqibati deb hisoblaymiz. Umuman olganda pragmatik qobilyatning muloqotdagi ahamiyatini eslatib o‘tar ekanmiz, zamonamiz olimi Devid Kristalning pragmatikaga nisbatan bergan izohini keltirishga qaror qildik: “Pragmatika – tilni undan foydalanuvchilar nuqtayi nazari bilan o‘rganish, boshqacha aytganda, ijtimoiy o‘zaro munosabatlarda tilni qo‘llashda ular uchrashi mumkin bo‘lgan cheklovlar, ularning muloqot jarayonida tildan foydalanuvchi boshqa ishtirokchilarga ta’sirini o‘rganishdan iboratdir.” [1;287 ] Bu ta’rifdan tildan -kontekstda foydalanishga ko‘proq urg‘u bersa-da, lisoniy tanlovlarning suhbatdoshga yoki tinglovchiga ta’siri masalasida faqat ijtimoiy madaniy muhitga emas, balki tildan foydalananuvchining tanlovi muhimroq ekanligi alohida ta’kidlanadi. Shuningdek deyarli barcha pragmatika sohasi bo‘yicha bajarilgan ishlarda pragmatika o‘zaro aloqador ikki qismdan iborat deb qaraladi: pragmalingvistikava sotsiopragmatika. Samarkand State Institute of Foreign Languages 51 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI 1.3-rasm. Pragmatikaning tarkibiyqismlari Til foydalanuvchilari pragmatik jihatdan samaraga erishishi uchun ular o‘zlarining turli maqsadlariga muvofiq bu ikki sohadagi elementlarni ko‘rib chiqib tanlash va birlashtirish imkoniyatlariga egabo‘lishlari kerak.[2;41] Xo‘sh, yuqoridagi pragmatik bilimlar majmuyi yetishmaganda kommunikatorlar qanday muammolarga uchraydi? Birinchi muammo bu til o‘rganuvchi nutq vaziyatini baholashda o‘z ana tilisidagi me’yorlarga tayangan holda tog‘ridan to‘g‘ri tarjima orqali salbiy ko‘chim, ya’ni pragmatik interferensiyaga yo‘l qo‘yadi. G.Kasper pragmatik interferensiya hodisasiga quyidagicha ta’rif beradi: “tillararo pragmatikada interferensiya til o‘zlashtiruvchining ikkinchi chet tilini tushunishi, muloqot olib borishi va o‘rganishi jarayonida shu tilning pragmatik me’yorlaridan ko‘ra o‘z ona tilidagi madaniyatning ta’siri, boshqacha aytgand

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola chet tilida muloqot samarasiga putur yetkazadigan pragmatik qobilyatsizlik natijasida kelib chiqadigan muammolarni ochib berishga mo‘ljallangan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola chet tilida muloqot samarasiga putur yetkazadigan pragmatik qobilyatsizlik natijasida kelib chiqadigan muammolarni ochib berishga mo‘ljallangan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
коммуникативная компетентность, pragmatik muvaffaqiyatsizlik, communicative competence, pragmatic knowledge, прагматические знания, social norms, pragmatic ability, pragmatik qobilyat, социальные нормы, ijtimoiy me’yorlar, pragmatic interferensiya, прагматический провал, pragmatic interference, pragmatic failure, pragmatik bilim, kommunikativ kompetensiya, прагматическое вмешательство, прагматическая способность
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники