К содержанию
РецензированоUZ2026

Xalq ogʻzaki ijodini rivojlantirishda til va madaniyatning ahamiyat

Т Мардиев (Самаркандский институт экономики и сервиса)

Диалог, интеграция наук и культур в процессе научного и профессионального образования · 2026

Аннотация

This article presents some thoughts on the interdependence of language and culture. For example, language is any physiological sign system that performs cognitive and communicative (communicative) functions in the process of human activity. Language can be both natural and artificial. Natural language is understood as a form of expression of thoughts and language in everyday life, serving as a means of communication between people. Artificial language isalanguage created byman for narrow needs. Key words: Language, national, thinking, communicative, natural language, artificial language, culture, consciousness, people, mentality. Ma'lumki, barcha xalqlarda til milliy his-tuygʻu vaong bilan uzviy bogʻlangan. Insonning oʻz ona tiliga yaqinlik tuygʻusi har bir tildaobrazli tafakkurning takrorlanmas assosiasiyalarining mavjudligi bilan tushuntiriladi. Ular har bir soʻzning oʻziga xos semantik toʻliqligicha madaniy mazmunga ega boʻlib, til tizimidamustahkamlanadi va uning milliy oʻziga xosligini tashkil etadi. Zero, tilsiz etnos (xalq) ham, madaniyat ham boʻlmaydi. Chunki insonning insoniyligi, madaniyligi til orqali aks etadi yoki yuzaga chiqadi. Falsafa lugʻatida til haqida shunday yaxshi ta'rif berilgan[5,483]. Chunonchi, til – har qanday fiziologik belgi sistemasi, bu sistema inson faoliyati jarayonida bilish va kommunikativ (aloqa) funksiyalarni bajaradi. Til tabiiy ham, sun'iy ham boʻlishi mumkin. Tabiiy til deganda fikrlarni ifodalash formasi va kishilar oʻrtasida aloqa vositasi boʻlib xizmat qiladigan kundalik hayotdagi til tushuniladi. Sun'iy til – kishilar tomonidan tor ehtiyojlar uchun yaratilgan tildir. Til ijtimoiy hodisa hamdir. U ijtimoiy rivojlanish jarayonida paydo boʻladi va alohida har bir odamning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi vositadan iboratdir. Til ayni vaqtda ongning shakllanishida muhim oʻrin tutadi. Til qobigʻidan tashqari ong mavjud boʻlmaydi. Oʻz fizik tabiatiga koʻra oʻzi bildiradigan narsaga nisbatan shartli boʻlgan til belgisi, shunday boʻlishiga qaramay, pirovard natijada real voqelikni bilish jarayoni bilan bogʻliqdir. Til jamgʻarilgan bilimlarni qayd etish, qayta ishlash va saqlash hamda ularni avloddan-avlodga etkazish vositasidir. “Jamiyatning tilga, tilning esa oʻz navbatida jamiyatga ta'sir qilishi” [1,70] haqidagi tezisdan kelib chiqilsa, mentalitet tilga, til esa mentalitetga ta'sir qilishini nazarda tutish lozim. Samarkand State Institute of Foreign Languages 28 ILMIYVAPROFESSIONALTA’LIMJARAYONIDAMULOQOT,FANVAMADANIYATLAR INTEGRATSIYASI Bunday chigal holatni, mentalitetni ta'riflashga urinishlarda ham kuzatish mumkin. Mentalitet tadqiqotiga bagʻishlangan adabiyotlarda ushbu tushunchaga koʻplab ta'riflar berib oʻtilgan. Ulardan quyidagi ta'rifga toʻxtalish mumkin: “Mentalitet tarixan shakllangan, nisbatan barqaror va oʻziga xos jamoaviy dunyoqarashlar majmuasi boʻlib, u kishilarning til va har xil xarakterlarida beixtiyor namoyon boʻladi” [2,21]. Bunday ta'riflarda til xarakterning shakllaridan biri deb qaralsa, ikkinchidan tilni xarakter, xulq bilan bir qatorga qoʻyib alohida ta'kidlab, ajratib koʻrsatiladi. Ushbu ta'rifning oʻzidayoq mentalitet va til oʻrtasidagi munosabat mavjudligini koʻrsatuvchi bir qancha holatlarni kuzatish mumkin. Shunga koʻra mentalitetning asosiy tarkibida: bir tomondan dunyoqarash, ikkinchi tomondan dunyoqarashdan kelib chiqadigan til xarakteri aks etadi. Konseptning lisoniy moddiylashuv jarayoni yana bir muhim mental bosqichni bosiboʻtishidir. Voqelikning tafakkurdagi umumlashgan in'ikosi – obrazning mantiqiy “qayta ishlanish” natijasida hosil boʻlgan konsept lisoniy “libos”ga ega boʻlishidan oldin ushbu “libos”ning tasavvurdagi aksi – modeli yuzaga keladi. Lisoniy voqelanish rejasi paydo boʻlgan zahotiyoq uni amalga oshirish uslubi izlanadi. Reja hamda “soʻzsiz” model nolisoniy yoki “botiniy nutq” jarayonida yuzaga keladi. Botiniy nutqning yuzaga kelish muammosi bilan shugʻullangan psixolog va psixolingvistlar ushbu hodisani turlicha talqin qilib kelishmoqda, ulardan ayrimlari botiniy nutqni oddiygina qilib, oʻz-oʻziga gapirish bilan tenglashtirsalar, boshqalari uni alohida tashqi (zohiriy) nutqdan butunlay farq qiluvchi hodisa sifatida ta'riflaydilar [2,24]. Umuman mental tuzilma konseptining lisoniy belgiga oʻtish jarayoni qanday kechish masalasi bahsli mavzudir. Manbalarda xalqning mentaliteti va an'analarini, madaniyatini ifodalovchi tilning xizmat doirasi turlicha ta'riflanadi. Masalan, oʻzbek xalqi maqollari va hikmatlarida quyidagicha iboralarni uchratish mumkin. a). Til – milliy madaniyat oynasi, uni saqlovchi xazina. Bu iborada leksik boylik, grammatik birliklar, idiomatik soʻzlar, maqollar, umuman, folklor, badiiy va ilmiy adabiyotning boyliklari nazarda tutiladi. b). Til – qudratli ijtimoiy - siyosiy qurol, ya'ni til orqali ijtimoiy, siyosiy, madaniy qarashlar uzoq vaqt saqlanadi va u orqali inson, millat shakllanadi. Xalq tili hamisha milliy ruh bilanchambarchas bogʻlangan [5,184]. Jumladan, Sh.Abdurazzoqovaning “Tafakkur gulshan

Доказательный фрагмент

«This article presents some thoughts on the interdependence of language and culture.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article presents some thoughts on the interdependence of language and culture. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Language, national, thinking, communicative, natural language, artificial, ong, sun'iy til, Til, национальное, consciousness, xalq, artificial language, madaniyat, milliy, mentalitet, tabiiy til, менталитет, Язык, mentality, естественный язык, tafakkur, сознание, people, культура, народ, коммуникативное, искусственный язык, culture, kommunikativ, мышление
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники