К содержанию
РецензированоUZ2025

BUXORO QO’RBOSHILAR TARIXIDA O’CHMAS NOM QOLDIRGAN, BUXORO QAHRAMONI IBROHIMBEK

QAHRAMONI IBROHIMBEK · Yarashova Mohlaroyim Shuxrat qizi · MehriddinYunusovich Haqqulov · Muyiddinov Bekali Bahodir o’g’li

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Ushbu maqola orqali tariximizni qora kunlaridan biri bo’lmish Sovet tuzumiga qarshi kurashgan yurt fidoyi o’g’loni bo’lmish Ibrohimbek faoliyati haqida fikr yuritiladi. Kalit so’zlar: Amirlik, Hisor bekligi, Ibrohimbek, Buxoro, Said Olimxon, Anvar podsho, Afg’oniston, askar, siyosiy vaziyat, qo’rboshilar, arxiv hujjatlar. XX asrning 20-yillarida Amirlik diyorida Qizil armiyaga qarshi kurashgan ikki kurash mavjud edi biri yangilik tarafdorlari bo’lmish jadidlar, biri esa Amir va uning tarafdorlari qo’rboshilar edi. Qo’rboshilar harakatining boshchilaridan biri bu Ibrohimbek Laqay edi. Ibrohimbek Hisor begi huzurida qilgan xizmatlari evaziga 1919-yili “qorovulbegi” darajasiga, keyinchalik Buxoro amiri Said Olimxon tomonidan “devonbegi”, “to’pchiboshi” va “lashkarboshi” lavozimiga ko’tarildi. Buxorodagi qo’rboshilar guruhlariga umumiy rahbarlik qilib, bosqinchi qizil armiya va kommunistik rejimga qarshi ozodlik bayrog’ini ko’tardi. Ibrohimbek 31 yoshda kurash maydoniga kirar ekan, o’z oldiga asosiy maqsad qilib, Buxoro tuprog’ini qizil askarlardan tozalash bilan bir qatorda ag’darib tashlangan amirlik tuzumini qayta tiklash va amirlikni sobiq hukmdor Said Olimxon qo’lga olib berish vazifasini qo’yadi. Shuning uchun ham u kurashga kirgan dastlabki kunlardanoq Buxoro amiri Said Olimxon tomonidan moddiy va ma’naviy jihatdan har taraflama qo’llab-quvvatlanadi va rahbatlantirildi. 1921-yil boshlarida Said Olimxon Ibrohimbek devonbegini Buxorodagi butun qo’shinlariga Oliy bosh qo’mondon qilib tayinlanadi. Bu voqealardan so’ng Ibrohimbek Hisor viloyatiga yurish qildi. “Hisor viloyatining ustki qismiga otlanib borib, dushman bilan anchagina yuzma-yuz bo’ldi, u bilan jang qildi, harbiy qurol-yarog’larni qo’lga kiritdi. 388 Aprel, 2025-Yil Bu viloyatni o’ziga markaz qilib oladi.” Amir Olimxon o’z memuarida Ibrohimbek haqida quyidagi fikrlarni yozgan edi. “Ibrohimbek yetti yil davomida bolsheviklarga qarshi musulmon xalqi va bu bandai ojizmi deb urush qildi, jang asnosida qahramonliklar ko’rsatib, ularning yaqinlaridan hamisha meni xabardor etib turdi”. Said Olimxon Ibrohimbekka yozgan maktublaridan birida uni “sadoqatli va jasur dohiy, mulla, bek, biy, devonbegi, lashkarboshi, to’pchiboshi, g’oziy” -deb ulug’laydi. Said Olimxon Ibrohimbek qo’shimcha kuchlar yuborish uchun Afg’oniston hukumati bilan muzokaralar o’tkazadi. Afg’on hukumati bu paytga kelib, Amir Olimxon ixtiyorida hech qanday harbiy bo’linmalarni ajratmaydi. Chunki Afg’oniston bilan Sovet Rossiyasi o’rtasida o’zaro do’stlik to’g’risidagi shartnoma allaqachon imzolangan edi. Turkiyalik tadqiqotchi Ali Bodomchi “Turkiston milliy istiqlol harakati va Qo’shboshilar nomli kitobida yozishicha” Ibrohimbek Loqay so’nggi Turkiston milliy istiqlol kurashining yorqin siymolaridandir. Amir zamonidayoq o’ris harbiylariga qirg’in qilishdan ish boshlagan va qisqa fursatda katta shuhrat qozongan umumiy askarlarining sani sakkiz mingdan ortiq bo’lgan. Afsuski, Ibrohimbek qo’rboshi jadidlarni yomon ko’rar edi. Bu jihatdan uning fikrini Anvar podsho ham o’zgartira olmaydi. Ibrohimbek bilan Anvar podsho o’rtasidagi munosabatlar juda murakkab bo’lgan. Xatto Anvar podsho Ibrohimbek qo’lida tutqunlikda bir oycha vaqtni o’tkazdi. Keyinchalik Anvar Posho tomonidan Ibrohimbek ham o’z navbatida besh kun qamab qo’yildi. Biroq Anvar Poshoning halokati va Salim Poshoning Afg’onistondan chiqib ketishi oqibatida butun Buxorodagi qizil armiyaga qarshi kurash harakati Ibrohimbek timsolida yana avvalgidek o’zining yagona qo’mondoniga ega bo’ldi. Ibrohimbek G’arbiy Buxoroda (Buxoro, Karmana va Nurota viloyatlari) dagi qo’rboshilar guruhlariga umumiy rahbarlikni ham o’z qo’liga oladi. U sharqiy Buxorodagi istiqlolchilik harakatiga yetti yil rahbarlik qilar ekan, o’z ona tuprog’ini bosqinchi qizil askarlardan tozalash uchun, erk va istiqlol uchun kurash olib borgan edi. Faqat Ibrohimbekning siyosiy qarashlari cheklangan bo’lib, uning “Buxoro amiriga sodiq fuqaro” ekanligini ham ayniqsa aytib o’tishimiz joiz. Ibrohimbek qo’rboshi o’z qo’shini safida qattiq tartib-intizom o’rnata oladi. Tinch aholini talashda qatnashgan yoki begunoh musulmonlarni o’ldirgan askarlardan mabodo uchratib qolsa, ularni shavqatsiz jazolagan. Ibrohimbek tomonidan qo’l ostidagi qo’rboshilari Abdulaziz va Abdurahmonboyga yozgan maktublari ko’p jihatdan ahamiyatlidir. Ibrohimbek o’z maktubida Abdurahmonboyga quyidagi so’zlarni yozgan edi: «…. siz askarlarni maxsus ruxsatnomasiz miltiqlari bilan jo’natyapsiz – bu juda yomon». 389 Aprel, 2025-Yil Demak, qo’rboshilar o’z yigitlarini qishloqlarga miltiqlari bilan yuborishsa, ularga maxsus ruxsatnoma berishgan. Bu holdan erk va istiqlol kurashchilarining kimligi yaqqol namoyon bo’ladi. Afg’onistonga yuz bergan murakkab siyosiy, jarayonlar, afg’on amirlarining birin-ketin almashinishi, hokimiyat uchun kurashlar bu yerdagi turkistonlik muhojirlar turmushiga ham ta’sir qilmasdan qolmaydi. Ibrohimbek boshchiligidagi buxorolik muhojirlar Afg’onistondagi siyosiy kurashga majburan tor

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola orqali tariximizni qora kunlaridan biri bo’lmish Sovet tuzumiga qarshi kurashgan yurt fidoyi o’g’loni bo’lmish Ibrohimbek faoliyati haqida fikr yuritiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola orqali tariximizni qora kunlaridan biri bo’lmish Sovet tuzumiga qarshi kurashgan yurt fidoyi o’g’loni bo’lmish Ibrohimbek faoliyati haqida fikr yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Buxoro, Amirlik, Afg’oniston, Said Olimxon, qo’rboshilar, Hisor bekligi, askar, Ibrohimbek, siyosiy vaziyat, Anvar podsho, arxiv hujjatlar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники