К содержанию
РецензированоEN2025

BADIIY ASARLARNI MUTOLA QILISH ORQALI YOSHLARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH

MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH · Xikmatova Fotima Murodillo qizi

Современная наука и исследования · 1 · 49-51 · 2025

Аннотация

This article provides opinions on the formation of reading culture, books and the human factor, aesthetic pleasure of an artistic work, and the formation of communication culture. Key words: reading culture, spiritual need, family reading, analysis of artistic work, cultural speech, text composition, literacy. Xalqimiz turmush tajribasidan ma’lumki, ajdodlarimiz farzand tarbiyasida kitob mutolaasiga alohida e’tibor qaratishgan. Buyuk Navoiy-u Bobur, Amir Temur-u Ulug’bek kabi alloma-yu ijodkorlarimiz, tojdor-u daholarimiz ma’naviyati bolalikdan kitobga mehr qo’yish bilan shakllangan. Ajdodlarimiz xalq ertaklari-yu dostonlarini tinglab tasavvur va tafakkur dunyosini, ruhiyat olamini boyitishgan. Adabiyot durdonalari – xoh xalq og’zaki ijodi namunalari, xoh yozma asarlar bo’lsin – xalqimiz qalbida yurtiga, ona tiliga, oilasiga, vatandoshlariga mehr-muhabbat va sadoqat, milliy g’urur, or-nomus, adolat-u insof, andisha-yu hurmat, olijanoblig-u saxovatpeshalik sifatlari shakllanishida asosiy vosita bo’lib xizmat qilgan. Bunday ma’naviyat durdonalari mutolaa qilingan, tinglangan, eng muhimi, oila davrasida yoki jamoat ichida muhokama qilingan, bahs-u tortishuvlar asosida asarlar mazmun-mohiyati anglangan, anglatilgan. Ahamiyatlisi shundaki, yosh-u qari birday qiziqish bilan ishtirok etadigan bunday davralarda mushohada qilish va mulohaza yuritish, mantiqiy fikrlash qobiliyati, keng dunyoqarash va tafakkur shakllangan, e’tiqod 382 Aprel, 2025-Yil va iroda mustahkamlangan, notiqlik mahorati o’sgan, kishilar ongi ham ma’nan, ham ruhan, ham ilman boyib borgan. Bugungi kunda esa juda ko’p xonadonlarda oilaviy mutolaaga deyarli vaqt ajratilmaydi. Avvalo, asar oʻqishlik inson hayotida muhim rol oʻynaydi. Inson kitob mutolaa qilishi uning hayotidagi har qanday holatda, voqea-hodisada, oʻzini jamoat oldida tuta olishida, insonlar bilan munosabatida, dunyoqarashida, gap-soʻzida, yurish-turishda yaqqol seziladi. Kitob, turli xil asarlar mutolaasi inson dunyoqarashining kengayishi, doʻst-yorlar koʻpayishi, insonlar bilan muloqot yaxshilanishi, keng va mushohali fikrlash, turli xil vaziyatlardan chiqib keta olish, maʼnaviy va madaniy salohiyatini oshirish, insonlarni qaysisi yomon yoki qaysisi yaxshiligini farqlay olish hamda oq-qorani ajrata olish va shunga oʻxshash bir qancha ijobiy hislatlarning koʻpayishiga olib keladi. Yaʼni inson yomon vaziyatga tushsa asar qahramonlaridan oʻrnak olib, ularning yoʻlini tutib har qanday vaziyatdan osson chiqib ketishi mumkin. Jamoa oldida mazmunli ,maʼnodor soʻzlay oladigan boʻladi, har qanday oldi qochti gaplarni gapirib vaqtni oʻtkazmay inson diqqatini oʻziga qarata oladigan notiq boʻladi. Insonlarga xush yoqadigan, oʻzidan bezitmaydigan, yoqimli soʻzlab doʻstlari sonini oshirishi mumkin. Har qanday bachkana, inson meʼdasiga tegadigan soʻz-gaplarni aytadigan har qanday inson boshqalarga yoqmadi, uni koʻrganda “obbo, yana kelyapti, yana maʼnosiz gaplar aytib, vaqtimni oladi” kabi soʻzlarni aytadi, yaʼni bunday inson boshqalarga yomon taassurot qoldiradi, boshqalar undan oʻzini olib qochadi. Badiiy asarning quroli soʻzdir. Adib manashu soʻz orqali dunyodagi, atrof muhitdagi, borliqdagi oʻzi koʻrib, eshitgan voqea-hodisalarni oʻquvchiga tushunarli qilib, turli badiiy boʻyoqlar, badiiy sanʼatlar bilan sayqallab oq qogʻozga tushiradi. Rassom boʻyoq orqali oʻz sanʼatini yaratsa, adib oʻz kechinmalarini soʻz orqali mohirona tasvirlaydi. Asar oʻqish insoniyat uchun juda foydali. Inson zerikkanda, tushkun ahvolga tushganda kitob mutolaa qilsa u yaxshi holatga keladi. Inson bir marotaba kitob oʻqisa, bu moʻjizaviy olamga oʻzi bilmagan holda kirib qoladi, yaʼni kitob mutolaasi uni oʻziga rom etadi. Yana asarlar oʻqigisi keladi. Asarlar juda xilma-xildir va har qanday asar oʻziga xos xususiyatga, oʻziga xos qirralarga ega. Adiblar asarni shunday darajada mahorat bilan yozishadiki, oʻquvchi bevosita shu asardagi muhitga tushib qoladi. Xuddi asardagi voqealar uning atrofida sodir boʻlayotgandek tuyuladi. Kitobxon asar qahramoni bilan birga yashaydi. U yomon ahvolda boʻlsa bevosita xafa boʻladi, hatto yigʻlaydi. Aksincha yaxshi vaziyatda boʻlsa oʻzi bilmagan holda sevinib, xursand boʻladi. Asarning shunday moʻjizaviy kuchi bor. Ammo asar bilan asarning farqi bor. Asar ekan deb dush kelgan asarni oʻqib ketaverish yaramaydi. Shunday asarlar borki, kitob jildi koʻzni quvontiradigan, hajman katta boʻlsada hech qanday maʼno va mazmun yoʻq, yengil-yelpi, sayoz yozilgan boʻladi. 383 Aprel, 2025-Yil Aksincha shunday asarlar borki hajman kichik- hikoyadek boʻlishi yoki hatto hikoyadan ham kichik boʻlishi, ammo maʼno jihatdan romandan ham mazmunli, insonga yoqadigan, oʻqishga arziydigan, yaxshi fikrlarni oʻzida mujassamlashtirgan asarlar ham bor. Asar hajm jihatdan baholanmaydi. Asardagi asosiy unsur bu shu asarda tasvirlanayotgan maʼno – mazmunda, teran fikrlarda, inson hayotiga ijobiy taʼsiridadir. Biz bunga Abdulla Qahhorning hikoyalarini misol qilishimiz mumkin. Hajman kichik boʻlsada, baʼzi bir romanlarda

Доказательный фрагмент

«This article provides opinions on the formation of reading culture, books and the human factor, aesthetic pleasure of an artistic work, and the formation of communication culture.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides opinions on the formation of reading culture, books and the human factor, aesthetic pleasure of an artistic work, and the formation of communication culture. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
reading culture, spiritual need, family reading, analysis of artistic work, madaniy nutq, ma’naviy ehtiyoj, savodxonlik., kitobxonlik madaniyati, oilaviy mutolaa, matn kompozitsiyasi, badiiy asar tahlili
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники