К содержанию
РецензированоUZ2026

KO‘RISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN PEDAGOGIK ISHLAR

PEDAGOGIK ISHLAR · Mirzayeva Arofat Abduhalilovna · Muxammadjonova Iroda Iskandar qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article highlights the content, objectives, and methods of pedagogical work with children who have visual impairments. Within the scope of special pedagogy, the individual characteristics and psychophysiological conditions of children with limited vision, as well as the approaches used in their education and upbringing, are analyzed. The essence of pedagogical activities carried out with visually impaired children, key aspects of their social adaptation, and the methods and tools applied in the educational process are discussed. Furthermore, the article explores special pedagogical approaches and the opportunities created within the framework of inclusive education. Key words: inclusive education, impairment, children with visual disabilities, sensory perception, analyzer, special education, individual approach, pedagogical methods, rehabilitation, adapted programs, sensory development. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar — bu to‘liq yoki qisman ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan, maxsus ta’lim va tarbiya sharoitlariga muhtoj bo‘lgan shaxslardir. Mazkur toifadagi bolalar uchun ta’lim jarayoni maxsus metodikalar asosida tashkil etilishi lozim. Pedagogik ishlarbolaning individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda, uning aqliy, jismoniy va ijtimoiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlashda individual yondashuv asosiy o‘rinda turadi. Ushbu bolalar ko‘pincha atrof-muhitni eshitish, teginish, hid bilish orqali idrok etadilar. Shu sababli sensor rivojlanishni rag‘batlantiruvchi mashg‘ulotlar — maxsus quloq bilan idrok qilish, Braille yozuvi, relyefli tasvirlar, audiomateriallardan keng foydalaniladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 13- oktabrdagi PQ-4860-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 12-oktabrdagi 638-sonli qarorlariga muvofiq birinchi marta 2021-2022-o‘quv yilidan boshlab zamonaviy alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun qulayumumta’lim maktablariga qabul qilish boshlandi. Hozirgi XXI asrga kelib inklyuziv ta`limda taxsil olayotgan bolalarga juda ham katta e`tibor qaratilmoqda. Ular ham o`qishga haqli. Hamma bolalar kabi umum ta`lim maktablarida o`qigisi, tengdoshlari bilan birga dars jarayonlarida faol qatnashishni hohlaydi. Bu imkoniyat ularda bor. Ularning harakati tirishqoqligi boshqa sog`lom bolalar uchun juda katta mativatsiya beradi. Inklyuziv taʼlim alohida ta’limga ehtiyoji bor bo‘lgan bolalarga quydagi imloniyatlarni beradi: - oʻz harakatlari orqali imkoniyatlarini oʻzi uchun kashf etadi; 1574 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 - hamkorlikda tengdoshlari bilan erkin ishlash imkoniyati, darslarda mustaqil fikr bildirish, faoliyat yuritish imkonini beradi; -tengdoshlariga nisbatan dunyoqarashi kengayadi, hayotiy tajribasi oshadi; -oʻqishga boʻlgan ehtiyoji va qiziqishlari ortib boradi; -ilgari ota-onalariga ham sezilmagan imkoniyatlari ochiladi; -yotsirash, yakkalanish kabi xususiyatlari yoʻqoladi; inklyuziv taʼlim sogʻlom bolalar hayotiga ta`siri quydagicha; -oʻzlariga oʻxshamagan tengdoshlari, ularning hayoti, ehtiyojlarini his qiladilar; -tengdoshlariga nisbatan gʻamxoʻrlik hissi uygʻonadi; -ularni qoʻllab-quvvatlash, yordam berishga intilish–insonparvarlik hissi tarbiyalanadi; -oʻquvchilarda atrofdagi imkoniyati cheklangan insonlarga, pozitiv munosabat, oʻzaro hurmat tarbiyalanadi; -oʻquvchilarda bagʻrikenglik hissi shakllanadi; Inklyuziv ta’lim ishtirokchilari o‘rtasida hamkorlik: Maktabgacha ta’lim tarbiyachisi yoki boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Maxsus pedagog, Psixolog, Ota-ona. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning jamiyatga moslashuvi, kundalikhayotga tayyorlanishida muhim. Reabilitatsiya ishlari doirasida quyidagilar amalga oshiriladi: makon va yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishga o‘rgatish; kundalik hayotda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish; muloqot va ijtimoiy muhitga moslashish bo‘yicha treninglar. Ko‘rish nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun: Braille yozuvi;audio kitoblar va audio vizual qurilmalar; maxsus didaktik materiallar; informatsion-kommunikatsion texnologiyalar (ekran o‘qish dasturlari, ovozli kompyuterlar) keng qo‘llaniladi.Bu vositalar bolalarning mustaqil bilim olishiga, o‘z fikrini bayon etishiga yordam beradi. Bugungi kunda O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim tizimi keng joriy etilmoqda. Bunda ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar sog‘lom bolalar bilan birgalikda ta’lim oladi. Bu holat ularning ijtimoiylashuvi, teng imkoniyatga ega bo‘lishi va jamiyatda o‘z o‘rnini topishida katta ahamiyat kasb etadi. “Inklyuziv ta’lim” - “Barcha bolalarning turli xil ehtiyojlarini qondirish va ularga javob berish jarayoni, ta’limda, madaniyat va jamiyatda ishtirok etishni quvvatlash, ta’l

Доказательный фрагмент

«This article highlights the content, objectives, and methods of pedagogical work with children who have visual impairments.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article highlights the content, objectives, and methods of pedagogical work with children who have visual impairments. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
inclusive education, impairment, children with visual disabilities, sensory, ko`zida nuqsoni bor bolalar, inklyuziv ta`lim, pedagogik metodlar, moslashtirilgan dasturlar, reabilitatsiya, individual yondashuv, analizator, maxsus ta`lim, sensor rivojlanish., sezgi sensori, nuqson
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники