К содержанию
РецензированоUZ2026

TA’LIM SOHASIDA IJTIMOIY LOYIHALARNI JORIY ETISH JARAYONINI BOSHQARISH

JARAYONINI BOSHQARISH · Qurbonova Gulnoza Po‘latovna · СФЕРЕ ОБРАЗОВАНИЯ

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article analyzes the role of social projects in the education system, the main stages of their implementation process, management mechanisms and effective methods, as well as potential challenges. It also examines the management of social project implementation in education. The article describes the problems encountered when implementing social projects and ways to address them. Keywords: education, social project, management, effectiveness, strategy, innovation. Ta’lim tizimi jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Ta’lim sohasida ijtimoiy loyihalar – jamiyatdagi muayyan muammolarni hal qilish va ta’lim sifatini oshirish maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuslar majmuidir. 1543 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Ijtimoiy loyihalar ta’lim tizimini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular orqali jamiyatning ijtimoiy muammolarini bartaraf etish, barcha qatlamlar uchun ta’limga teng imkoniyatlar yaratish, ta’lim sifatini oshirish, innovatsiyalarni joriy etish va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratish mumkin. Bunday loyihalar, asosan, davlat, xususiy sektor, nodavlat tashkilotlar yoki xalqaro institutlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Shu nuqtai nazardan, ijtimoiy loyihalarning ta’lim tizimidagi o‘rni, ularni joriy etish jarayonlarining asosiy bosqichlari, boshqarish mexanizmlari va samarali usullari hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni tadqiq etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Mohiyatan, ijtimoiy loyihalar – bu jamiyat ehtiyojlarini qondirish va muayyan ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan tashabbuslar hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, ijtimoiy loyihalar ta’lim tizimida bir qator muammolarga yechim topishda samarali yordam beradi. Xususan: Teng ta’lim imkoniyatlarini yaratish – kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va chekka hududlardagi bolalar uchun ta’lim imkoniyatlarini oshirish. Bu bepul darslar tashkil etish, stipendiyalar yoki o‘quv resurslarini taqdim etish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil holatiga dunyo bo‘yicha 250 million bola, jumladan, Markaziy va janubiy Osiyo mamlakatlarida maktab yoshidagi bolalarning har beshtadan bittasi, turli sabablarga ko‘ra maktabga bormaydi.1 Maktab yoshidagi bolalarning bunday ta’limdan chetda qolishi jamiyatda tengsizlikning o‘sishiga, aholi orasida qashshoqlikning avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tishiga, zaif guruhlar orasida jamiyatga integratsiyalashish imkoniyatlarining cheklanishiga olib keladi. Bir so‘z bilan aytganda, ijtimoiy loyihalar ta’limda inklyuzivlikni oshirishda yordam beradi. Sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish – o‘qituvchilar uchun qayta tayyorlash, malaka oshirish kurslari va treninglar tashkil etish, innovatsion pedagogik usullarni joriy qilish orqali ta’lim sifatini yaxshilash. Tez o‘zgaruvchan muhitda ta’lim xizmatlarini tashkil etish o‘qituvchilardan yangiliklarga ochiqlik, o‘zgarishlarga moslashish, eng ilg‘or ta’lim usullarini o‘zlashtirish va texnologiya yutuqlarini ta’lim jarayonida qo‘llashni talab etadi. Buning uchun esa, o‘z navbatida, ularning muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi va qo‘shimcha tayyorgarlikdan o‘tishi, treninglarda qatnashishi, o‘qitishning eng ilg‘or usullari bo‘yicha yetakchi ma’lumotlar bazalari va resurslaridan foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish lozim. O‘zbekistonda ham o‘qituvchilar malakasini oshirishga ta’lim sifatining kafolati sifatida qaraladi. 1 https://www.unesco.org/en/articles/250-million-children-out-school-what-you-need-know-about-unescos-latest- education-data 1544 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Xususan, 2020 yilning 6 noyabrda qabul qilingan “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmonida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgani holda, sohadagi rahbar va pedagog-xodimlarni “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirish tizimiga transformatsiya qilish ko‘zda tutilgan.2 Infratuzilmani rivojlantirish – maktablar, kutubxonalar va ta’lim resurslarini yaratish va modernizatsiya qilish. Shuningdek, STEM, inklyuziv ta’lim, raqamli ta’lim kabi yangi modellarni rivojlantirish, onlayn kurslar, masofaviy ta’lim platformalari va texnologik infratuzilmani yaxshilash. Masalan, 2021 yilda USAID tomonidan Namangan va Sirdaryo viloyatlaridagi 208 ta davlat maktabiga 385 mingdan ortiq darslik va o‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar yetkazib berilgan.3 Boshqa bir misol — Leader school nodavlat ta’lim muassasasi 2022 yildan buyon O‘zbekistondagi ilk to‘laqonli onlayn maktab — LeaderOnlineʼni sinovdan o‘tkazdi va yaqinda qabul e’lon qildi.4 Kasbiy ta’lim va mehnat bozoriga integratsiya – yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish va amaliyot dasturlari orqali ish bilan ta’minlash. Masalan, avtomobil sanoatidagi

Доказательный фрагмент

«This article analyzes the role of social projects in the education system, the main stages of their implementation process, management mechanisms and effective methods, as well as potential challenges.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article analyzes the role of social projects in the education system, the main stages of their implementation process, management mechanisms and effective methods, as well as potential challenges. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
education, social project, management, effectiveness, strategy, innovation, strategiya, ta’lim, innovatsiya., boshqaruv, samaradorlik, ijtimoiy loyiha
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники