Экономика и инновационные технологииР Турсунов, Ф Донияров2013
МЕТОДИКА РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ ПРЕПОДАВАНИЯ УЧАЩИМИСЯ СИНХРОННОЙ И АСИНХРОННОЙ СВЯЗИ ШКОЛЬНОЙ ГЕОМЕТРИИ С ФИЗИКОЙ
TALABALARNING MAKTAB GEOMETRIYASINI FIZIKA BILAN · RIVOJLANTIRISH METODIKASI · SOBIROVA MAVJUDA RUZIYEVNA · МЕТОДИКА РАЗВИТИЯ НАВЫКОВ ПРЕПОДАВАНИЯ УЧАЩИМИСЯ (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti) · С ФИЗИКОЙ (Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti)
Предпринимательства и педагогика · 3 · 2025
Аннотация
g‘oyalarning tabiiy voqelikka tatbiqi: Sinxron va asinxron bog‘lanishlar asosida o‘rganilgan maktab geometriyasi talabalarga abstrakt geometrik tushunchalarning tabiiy hodisalarga qanday tatbiq etilishini chuqurroq tushunishga 46 2025/№ 2 yordam beradi. Bu jarayon ularning mustaqil fikrlash va bilimlarni amaliyotda qo‘llash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Mustaqil o‘rganish va bilimlarni boshqarish: Ushbu yondashuv talabalarni o‘z bilimlarini mustaqil ravishda boshqarish va ularni real hayotiy muammolarni hal qilishda qo‘llashga o‘rgatadi. Talabalarning analitik tafakkuri va muammolarni yechish strategiyalari rivojlanadi, bu esa ularning ilmiy va kasbiy faoliyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Umuman olganda, ushbu tadqiqot natijalari geometriya va fizika fanlarining integratsiyalashgan holda o‘rganilishi nafaqat talabalar bilim va ko‘nikmalarini oshirishga, balki ularning tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga, shuningdek, maktab o‘quvchilari uchun ham samarali ta’lim berish metodlarini ishlab chiqishga xizmat qilishini tasdiqlaydi. MUHOKAMALAR Talabalarning maktab geometriyasini fizika bilan sinxron va asinxron bog‘lab o‘qitishning 5 ta bosqich bog‘lanish turlari ishlab chiqildi. 1-bosqich. Sinxron va asinxron bog‘lanish: Faktlar orqali bog‘lanish – geometriya va fizika fanlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushunish, turli fanlarda o‘rganilgan ma’lumotlarning o‘xshash jihatlarini aniqlash hamda o‘quvchilarning bilimlarini yaxlit tizimga aylantirish jarayonidir. 1-bosqich: Faktlar orqali bog‘lanish: Bilishga oid masala: O‘rganilayotgan mavzularni tushunarli qilib bayon etish, yangi tushunchalar yaratish, ularni umumiy ilmiy tamoyillar asosida tushuntirish, mavjud dalillarni tahlil qilish va ularning bog‘liqligini aniqlash. Umumlashtirilgan ko‘nikmalar: Turli mavzulardagi ma’lumotlarni taqqoslash, ularning umumiy tomonlarini ajratish, mavjud bilimlarni yangi ma’lumotlar bilan bog‘lash va kundalik hayotda qo‘llash. 2-bosqich: Tushunchalar orqali bog‘lanish: Bilishga oid masala: Turli fanlarga tegishli tushunchalarni bosqichma-bosqich kengaytirish va chuqur o‘rganish, ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntirish, ilmiy tushunchalar tizimini yaratish. Umumlashtirilgan ko‘nikmalar: Geometriya va fizika tushunchalarini tahlil qilish, bir fanning hodisalarini boshqa fan tushunchalari orqali tushuntirish, umumiy tushunchalar asosida xulosalar chiqarish. 3-bosqich. Nazariy bilimlar orqali bog‘lanish: Bilishga oid masala: Turli fanlardagi nazariyalar o‘rtasida bog‘liqlik o‘rnatish, umumiy ilmiy tushunchalarni shakllantirish va nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq 47 2025/№ 2 etish. Umumlashtirilgan ko‘nikmalar: Ilmiy nazariyalarni yaxlit tizim sifatida tushunish, ularning tarkibiy qismlarini bog‘lash, turdosh fanlardagi bilimlarni umumiy asosda izohlash va amaliy qo‘llash. 4-bosqich: Falsafiy bilimlar orqali bog‘lanish: Bilishga oid masala: Fanlararo bog‘liqlikni aniqlash, ilmiy tushunchalar va falsafiy kategoriya o‘rtasidagi aloqalarni tushuntirish, dunyoning ilmiy-falsafiy asoslarini shakllantirish. Umumlashtirilgan ko‘nikmalar: Ilmiy faktlar, tushunchalar va nazariyalarni tahlil qilish, ularni falsafiy konsepsiyalar bilan bog‘lash va chuqur anglash. 5-bosqich: G‘oyaviy bilimlar orqali bog‘lanish: Bilishga oid masala: O‘quvchilarning gumanitar va tabiiy fanlarga oid tushunchalarini uyg‘unlashtirish, ilmiy bilimlarning jamiyat, siyosat va axloqiy jihatlar bilan bog‘liqligini tushunish. Umumlashtirilgan ko‘nikmalar: Ijtimoiy va tabiiy fanlarning bog‘liqligini anglash, zamonaviy muammolarni tahlil qilish, turli fanlar orqali dunyoni yaxlit tushunish. Bu bosqichlar orqali geometriya va fizika fanlari o‘rtasidagi bog‘liqlik tushuntiriladi hamda o‘quvchilarning ilmiy tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi. Quyida sinxron va asinxron o o‘qitiladigan masalalarga namuna keltiramiz. Sinxron o‘qitish uchun masalalar: 1. To‘g‘ri chiziqli harakat (Fizika (7-sinf), II bob, 5-§, 26-sahifa). Masala: Aravacha tekis harakat qiladi. Agar u 5 sekundda 10 metr masofa bosib o‘tsa, uning tezligini toping. Izoh: Geometriyada bu masala to‘g‘ri chiziqli segment sifatida qaralib, masofa va vaqt o‘rtasidagi bog‘lanish tushuntiriladi. Fizikada esa tezlik formulasi qo‘llaniladi. 2. Kosinuslar teoremasi (Geometriya (7-sinf), III bob, 58-sahifa). Masala: Uchburchakning tomonlari 7 sm, 9 sm va 12 sm. Eng katta burchakni hisoblang. Izoh: Geometriya jihatdan kosinuslar teoremasi qo‘llaniladi, fizikada esa bu usul kuchlarning yoki harakat trayektoriyalarining analizida ishlatilishi mumkin. 3. Prizma orqali yorug‘likning sinishi (Fizika (7-sinf), Optika bo‘limi, 63-sahifa). Masala: Sinish ko‘rsatkichi 1.5 bo‘lgan shisha prizmaga 45° burchak ostida tushayotgan yorug‘lik nuri sinishdan keyin qanday burchak ostida yo‘nalishini aniqlang. Izoh: Fizikada Snell qonuni qo‘llaniladi, geometriyada esa burchaklar va uchburchak xossalari hisobga olinadi. Asinxron o‘qitish uchun masalalar: 48 2025/№ 2 1. Soyaning uzunligi (Geometriya (7-sinf), II bob, 3
Доказательный фрагмент
«g‘oyalarning tabiiy voqelikka tatbiqi: Sinxron va asinxron bog‘lanishlar asosida o‘rganilgan maktab geometriyasi talabalarga abstrakt geometrik tushunchalarning tabiiy hodisalarga qanday tatbiq etilishini chuqurroq tu…»
Образец извлечения
Демо-превьюg‘oyalarning tabiiy voqelikka tatbiqi: Sinxron va asinxron bog‘lanishlar asosida o‘rganilgan maktab geometriyasi talabalarga abstrakt geometrik tushunchalarning tabiiy hodisalarga qanday tatbiq etilishini chuqurroq tu… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Abstract: In this article, five-stage types of connections for, interdisciplinary connections, связи через факты, umumlashtirilgan ko‘nikmalar, математические и физические понятия, cognitive issues, general scientific ideas, sinxron, umumiy ilmiy g‘oyalar, types of connections, bilishga oid masalalar, asinxron, fanlararo bog‘liqlik, междисципли-нарные связи, mathematical and physical concepts, faktlar orqali bog‘lanish, типы связей, generalized skills, bog‘lanish turlari, asynchronous, aсинхронные, synchronous, matematik va fizik tushunchalar, синхронные, обобщенные навыки, connections through facts, общие научные идеи, вопросы познания
Смежные источники
Медицина и инновацииK Мусаева2021
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025