Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
VITAMINLARNING INSON ORGANIZMI UCHUN AHAMIYATI
SCIENCE SHINE · Abdurazzoqova X.M
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
This article describes vitamins, which are one of the most important factors for the human body, their benefits and harm to the body, their proper use, as well as the consequences of deficiency in the body. Key words: vitamins, organism, multivitaminosis, hypervitaminosis, diseases. Аннотация: В данной статье описаны витамины, являющиеся одним из важнейших факторов для организма человека, их польза и вред для организма, их правильное употребление, а также последствия дефицита в организме. Ключевые слова: витамины, организм, поливитаминозы, гипервитаминозы, заболевания. Inson organizmi uchun eng muhim omillardan biri vitamin va minerallardir. Vitaminlar- "Darmon dori" (yoki "dori-darmon") – bu tirik organizmning hayot faoliyati va normal moddalar almashinuvi uchun zarur boʻlgan organik birikmalardir. Ular organizmdagi turli biologik jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash, metabolizmni yaxshilash va sog‘likni saqlashda muhim rol o‘ynaydi. Bu birikmalar nafaqat vitaminlar balki: aminokislotalar, minerallar va boshqa biokimyoviy moddalardan iborat bo‘lishi mumkin. Vitaminlar, shuningdek, maqsadli terapevtik ta’sir ko‘rsatib, turli kasalliklarni davolash yoki ularning oldini olish uchun ishlatiladi. Xo’sh, o’zi vitamin atamasi qanday qilib fanga kirib kelgan? Bundan 130 yil ilgari, odamlar va hayvonlarning organizmlarining me’yoriy chegarada hayot kechirishi uchun faqat karbonsuvlar, yog'lar, oqsillar, mineral moddalar va suv kirib kelsa kifoya degan fikr hukm surardi. Biroq, biroz keyinroq, bu moddalardan tashqari, juda kam miqdorda bo‘lsa-da, organizm uchun zarur bo‘lgan boshqa moddalar ham kerakligi aniqlandi. Bu kashfiyot, ayniqsa, vitaminlar va mikroelementlar kabi moddalarning ahamiyatini tushunishga olib keldi. Ushbu 206 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025 moddalarning yetishmasligi turli kasalliklar va salomatlik muammolariga olib kelishi mumkinligi o‘rganildi, bu esa ilm-fan va tibbiyotda yangi yondashuvlar va davolash metodlarini rivojlantirishga turtki bo‘ldi. O'rta asrlarning buyuk mutafakkiri Abu Ali ibn Sino tibbiyot fanida burulish yasagan siymo hisoblanadi. U o‘zining asarlarida har xil kasalliklarni davolash yo‘l- yo‘riqlarini batafsil bayon qilgan va tibbiyot ilmining rivojiga katta hissa qo‘shgan. Ibn Sino, ayniqsa, to‘g‘ri ovqatlanishning ko‘p kasalliklarning oldini olishdagi ahamiyatini ta'kidlagan. U o‘z asarlarida organizmga zarur bo‘lgan oziqa moddalarining roli haqida fikrlarni keltirgan, bu fikrlar esa vitaminlarning kashf etilishidan to‘qqiz asr oldin bashorat qilingan edi. Ibn Sino o‘z vaqtida ilm-fan va tibbiyot sohasida juda ilg‘or fikrlar bildirgan va uning bilimlari ko‘plab keyingi avlodlar uchun yo‘l-yo‘riq bo‘lgan. Vitaminlar to‘g‘risidagi ta’limotning rivojlanishida N.I. Luninning (1880-y.) xizmati katta. U kishi hayvon organiznri oziqa tarkibida oqsil, karbonsuv, yog‘, mineral moddalar va suvdan tashqari hozirgacha ma’lum bo‘lmagan, lekin ulaming o ‘mini bosa olmaydigan qandaydir moddalar boTishini talab qilinishini isbotladi. Bu ilmiy xulosa F.Xopkins va K.Funk (1912-y.)lar tomonidan keyinchalik yanada to‘liqroq isbotlandi. Ayniqsa, shu yili K.Funk guruch kepagi ekstraktidan «beri-beri» kasalligining oldini oladigan kristall moddani ajratib oldi. Bu modda tarkibida amin guruh bo‘lganligi sababli, u «hayot amini» (Vita-hayot) deb nomlandi. Bu kashfiyot vitaminlar haqidagi ilmiy tushunchalarni rivojlantirishda muhim qadam bo‘ldi. Keyinchalik, vitaminlar tarkibida amin guruhi bo‘lmasligi mumkinligini aniqlashdi, lekin bu davrda «vitaminlar» atamasi ilmiy adabiyotda mustahkam o‘rnashib qoldi. Funkning bu kashfiyoti vitaminlar va ularning organizmdagi ahamiyatini tushunishga katta hissa qo‘shdi. Vitaminlar, ular turli kasalliklarni oldini olish va organizmning normal faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan moddalardir. Vitaminlar — bu ovqat tarkibida uchraydigan oziqa omillari bo‘lib, butun organizmda moddalar almashinuvining boshqarilishida ishtirok etadigan, biokimyoviy va fiziologik jarayonlarning normal kechishini ta’minlaydigan moddalar. Ular organizmdagi turli jarayonlar, masalan, metabolizm, hujayra faoliyati va immun tizimi ishida muhim rol o‘ynaydi. Vitaminologiya fani vitaminlarning tuzilishi, funksiyasi va miqdoriy o‘zgarishlarini o‘rganadi. Bu soha, vitaminlar organizmdagi ahamiyatini va ularning yetishmasligi yoki ortiqcha bo‘lishi natijasida yuzaga keladigan kasalliklarni tushunishga yordam beradi. 207 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025 Moddalar va energiya almashinuvi jarayonining me’yor darajada kechishining izdan chiqishi ko‘pincha organizmga vitaminlar kirib kelishining yetarli bo‘lmasligi yoki umuman oziqa tarkibida bo‘lmasligi bilan bog‘liq. Vitaminlarning organizmga yetarlicha kirib kelmasligi gipovitaminoz, ya’ni vitaminlar yetishmovchiligi, yoki vitaminlarning to‘liq yetishmasligi avitaminoz kasalligiga olib keladi. Amaliy jihatdan, odam
Доказательный фрагмент
«This article describes vitamins, which are one of the most important factors for the human body, their benefits and harm to the body, their proper use, as well as the consequences of deficiency in the body.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes vitamins, which are one of the most important factors for the human body, their benefits and harm to the body, their proper use, as well as the consequences of deficiency in the body. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- vitamins, organism, multivitaminosis, hypervitaminosis, diseases, organizm, gipervitaminoz, vitaminlar, kasalliklar., multivitaminoz
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024