Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYALANUVCHILARINING IJTIMOIY INTELLEKTINI RIVOJLANTIRISH
SCIENCE SHINE · IJTIMOIY INTELLEKTINI RIVOJLANTIRISH · Umurov Zarif Latifboyevich · Ibragimova Shaxnozabonu Ismoilovna (Buxoro davlat pedagogika instituti professori, pedagogika fanlari bo’yicha falsafa) · ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО УЧРЕЖДЕНИЯ (Buxoro davlat pedagogika instituti Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim fakulteti 7-)
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
В статье рассматриваются важность формирования социального интеллекта у воспитанников дошкольных образовательных учреждений, методы его развития и роль воспитателя. Особое внимание уделяется развитию у детей навыков общения, эмпатии и сотрудничества в группе. Ключевые слова: социальный интеллект, дошкольное образование, развитие ребёнка, воспитатель, общение, эмпатия, игровые методы. DEVELOPMENT OF SOCIAL INTELLIGENCE IN PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTION PUPILS Annotation: This article explores the importance of developing social intelligence in preschool children, the methods used for its enhancement, and the role of educators. Special focus is given to improving children’s communication skills, empathy, and group cooperation through effective pedagogical strategies. 191 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025 Keywords: social intelligence, preschool education, child development, educator, communication, empathy, play-based learning. Kirish. Mamlakatimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar insonning har tomonlama rivojlanishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, ayniqsa, maktabgacha ta’lim bosqichidagi bolalarning shaxsiy rivojiga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu jarayonda bolalarning ijtimoiy tafakkuri, hissiy empatiyasi, muloqot madaniyati va guruhda ishlash qobiliyati kabi ijtimoiy intellekt ko‘nikmalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Yangi O‘zbekistonda ta’lim sohasini modernizatsiya qilish, har bir bolaning intellektual, ma’naviy va jismoniy salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim tizimida bolalarning nafaqat bilim olishi, balki shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiluvchi yo‘nalishlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu jarayonda bolalarning ijtimoiy muhitda o‘zini tuta bilishi, boshqalarning his-tuyg‘ularini anglay olishi, muloqotga kirisha olishi, ya’ni ijtimoiy intellektini rivojlantirish masalasi juda muhimdir. Asosiy qism. Ijtimoiy intellekt (social intelligence) - bu shaxsning boshqalar bilan o‘zaro munosabatlarda to‘g‘ri yo‘l tuta olish qobiliyati, his-tuyg‘ularni anglash, empatiya qilish va jamoa bilan ishlashdagi samaradorligidir. Bu qobiliyat bola tug‘ilishi bilan birga shakllana boshlaydi va ijtimoiy muhitda faoliyat olib borish orqali rivojlanadi. Maktabgacha yoshda bu qobiliyatni rivojlantirish orqali bola keyinchalik maktabda, jamiyatda, kasbiy sohada muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. Maktabgacha yoshda bolalar ko‘proq taqlid, muloqot va o‘yin orqali oila, tarbiyachi va tengdoshlaridan ijtimoiy tajriba to‘playdi. Ularning hissiy dunyosi taraqqiy etadi, muloqot madaniyati shakllanadi. Bu bosqichda quyidagi xususiyatlar kuzatiladi: bola o‘z his-tuyg‘ularini anglay boshlaydi. atrofdagilarning kayfiyatiga ta’sirlanadi. guruhdagi munosabatlarga moslashishga intiladi. rolli o‘yinlar orqali turli ijtimoiy rollarni sinab ko‘radi. Ijtimoiy intellekt — shaxsning atrofidagi odamlar bilan samarali muloqot qilish, ularning his-tuyg‘ularini tushunish va jamoada to‘g‘ri munosabat o‘rnatish qobiliyatidir. U emotsional intellektdan farqli ravishda, ko‘proq jamoa bilan munosabat, ijtimoiy muammolarni hal qilishda namoyon bo‘ladi. Maktabgacha yoshda bolalar faol ravishda atrofdagilarni kuzatadi, taqlid qiladi va muloqotda bo‘ladi. O‘yin, rolli mashqlar, birgalikdagi faoliyatlar orqali bolalarda ijtimoiy holatlarga to‘g‘ri munosabat shakllanadi. 192 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025 Ijtimoiy intellektni rivojlantirish usullari quyidagilarni tashkil etadi: rolli o‘yinlar bolalar turli ijtimoiy rollarni bajarish orqali empatiya va tushunish qobiliyatini rivojlantiradi; his-tuyg‘ularni anglash mashqlari yuz ifodalari, holatlarni talqin qilish orqali; guruhdagi faoliyatlar sheriklik, navbat kutush, hamkorlikni o‘rgatish; erta bolalik psixologiyasi asosida tarbiya har bir bolaning individual xususiyatlarini hisobga olish. Ijtimoiy intellektni rivojlantirishda bir nechta metod va shakllarni tavsiya qilish mumkin: 1. Rolly o‘yinlar – Rolli o‘yinlar bolalarning turli ijtimoiy rollarni ijro etishiga, his-tuyg‘ularni ifoda qilishi va muloqot qobiliyatini rivojlantirishiga xizmat qiladi. Masalan, "do‘konchi-mijoz", "doktor-bemor" kabi o‘yinlar orqali bolalar muloqot qilish, navbat kutush, o‘z fikrini bildirish kabi qobiliyatlarni o‘rganadi. 2. Guruhli faoliyatlar – Jamoaviy mashg‘ulotlar bolalarning bir-birini tinglash, hamkorlik qilish, mas’uliyat hissini shakllantirishda muhim. Buning uchun musiqiy raqslar, birgalikda rasm chizish, qurish o‘yinlari samaralidir. 3. Hissiyotlar bilan ishlash – Tarbiyachi bolalarga yuz ifodalari orqali his- tuyg‘ularni anglatishni o‘rgatishi, turli holatlarda qanday tutinish kerakligini muhokama qilishi kerak. Bu orqali bola o‘z his-tuyg‘ularini boshqarishni, boshqalarga munosabatni rivojlantiradi. 4. Interaktiv metodlar – Savol-javob, so‘z o‘yinlari, multfilmlar asosida muhokama qilish bolalarda tinglash
Доказательный фрагмент
«В статье рассматриваются важность формирования социального интеллекта у воспитанников дошкольных образовательных учреждений, методы его развития и роль воспитателя.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассматриваются важность формирования социального интеллекта у воспитанников дошкольных образовательных учреждений, методы его развития и роль воспитателя. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- social intelligence, preschool education, child development, ijtimoiy intellekt, empatiya, bola rivoji, muloqot, maktabgacha ta’lim, tarbiyachi, o‘yin metodi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025