Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSHLAR HUQUQIY MADANIYATINI OSHIRISH ISTIQBOLLARI
SCIENCE SHINE · Barakayev Shahzod
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada jamiyatimizda huquqiy madaniyatni oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ko’lami haqida so’z borib, yoshlarimizning jinoyatga qo’l urishini oldini olish maqsadida ularning huquqiy savodxonligini oshirish zarurligi aks ettirilgan. Bu jarayonda albatta huquqiy tarbiyaning o’rni beqiyos bo’lib, bunda ommaviy axborot vositalari, televideniye bizga katta yordam berishi keltirilib o’tilgan. Kalit so’zlar: huquqiy ong, huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat, qonun ustuvorligi Bugungi kunda demokratik davlat qurishni maqsad qilib olgan ekanmiz, bunda avvalo, yoshlarimizning vatanparvarlik ruhida tarbiyash bilan bir qatorda ularning huquqiy savodxonligini oshirish, yoshlar o’rtasidagi jinoyatchilik va zo’ravonlikka barham berish uchun ularning huquqiy madaniyatini oshirish lozim. Buning uchun mamlakatimizda yetarlicha qonun va loyihalar ishlab chiqilmoqda. Misol uchun O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi 18.05.2020 yildagi 274- IV-sonli qaroriga muvofiq: “yoshlarni madaniyat, san’at va sportga keng jalb etish, ularda zamonaviy axborot texnologiyalaridan to’g’ri foydalanish ko’nikmasini shakllantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo’yicha kechiktirib bo’lmaydigan vazifalarni o’z ichiga olgan besh muhim tashabbus amalga oshirilmoqda”[1]. Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirishda, avvalo, ularga huquqiy tarbiya berish lozim. Huquqiy tarbiya masalasida so’z yuritadigan bo’lsak, Yo. Sadikova shunday fikr bildirgan:“Huquqiy tarbiya bu avloddan avlodga huquqiy madaniyat, huquqiy tajriba, huquqiy ideallar va jamiyatda vujudga keladigan nizolarni hal eti shning vositalari va mexanizmlarini o’tkazish ( uzatish) yuzasidan tegishli sub’ektlar tomonidan olib boriladigan maqsadga yo’naltirilgan faoliyatdir. Huquqiy tarbiyaning bosh maqsadi insonning huquqiy ongini rivojlantirish va jamiyat huquqiy madaniyatini ko’tarishdir”[2]. “Bugungi kunda huquqiy tarbiyaning keng tarqalgan shakllariga quyidagilarni kiritish mumkin: ommaviy axborot vositalari yordamida huquqni targ’ib qilish; ommabop huquqiy adabiyotlarni chop etish; og’zaki shakldagi huquqiy targ’ibot olib 181 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025 borish; fuqarolarga huquqiy ta’lim berish; kasbiy huquqiy ta’limni olib borish; yuridik amaliyotning ta’siri orqali huquqiy tarbiya olib borish; san’at va adabiyot asarlari ta’siri bilan huquqiy tarbiya olib borish”[3]. Huquqiy ongni shakllantirishda huquqiy tarbiya vositalari katta ahamiyatga ega. Z.M.Islomov “huquqiy targ’ibot, huquqiy ta’lim, yuridik amaliyot va o’z-o’zini tarbiyalashni huquqiy tarbiya vositalari” [4] sifatida ta’kidlab o’tadi. Huquqiy tarbiya natijasida biz o’sib kelayotgan yosh avlodni huquqiy madaniyatini oshirgan bo’lamiz. Huquqiy madaniyat – bu jamiyat taraqqiyotining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy darajasi bilan belgilanadigan, insoniyat to’plagan huquqiy qadriyatlarni rivojlantirish va ulardan foydalanishning nasldan naslga o’tadigan o’lchovi bo’lgan umumiy madaniyatning bir turi. Huquqiy madaniyatni rivojlantirish orqali biz yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg’otgan bo’lamiz. Aholi huquqiy savodxonligini oshirish uchun avvalo, hozirgi kundagi globallashuv, ilmiy-texnik taraqqiyot davrida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullaridan, targ’ibotning ilg’or va ta’sirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalaridan yetarlicha foydalanish zarur. Fuqarolarning yuksak huquqiy ongi va huquqiy faolligi ma’rifiy jamiyatda huquq ustuvorligining, huquqiy davlatning poydevoridir. Fuqarolarning huquqiy ongini shakllantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashishning zaruriy sharti hisoblanadi. Aholiga o’zi yashab turgan jamiyatdagi qonunlarni bilishi hamda uni o’z hayotida amalda tatbiq etishini ko’zlagan holda, prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yildagi farmonlarida fuqarolar ongida “ Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish-demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir” –degan hayotiy g’oyani mustahkamlash, aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy- iqtisodiy islohotlar, qabul qilanyotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish birlamchi vazifalardan etib belgilandi[5]. Xulosa o’rnida shuni aytishim mumkinki, huquqiy ong va huquqiy madaniyat bosqichma-bosqich shakllanib boradigan jaryon hisoblanadi. Huquqiy madaniyatning yuksalishi esa qonunga itoat tuyg’usini rivojlanishiga olib keladi. Hozirgi kunda mazkur masala davlat siyosati darajasiga ko’tarilib, shu maqsadda fuqarolarning huquqiy ongi, huquqiy madaniyati, ta’lim-tarbiyasi, huquqiy savodxonl
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada jamiyatimizda huquqiy madaniyatni oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ko’lami haqida so’z borib, yoshlarimizning jinoyatga qo’l urishini oldini olish maqsadida ularning huquqiy savodx…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada jamiyatimizda huquqiy madaniyatni oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning ko’lami haqida so’z borib, yoshlarimizning jinoyatga qo’l urishini oldini olish maqsadida ularning huquqiy savodx… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- huquqiy tarbiya, qonun ustuvorligi, huquqiy madaniyat, huquqiy ong
Смежные источники
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал мультидисциплинарных наук и инновацийAND NOWROZ”, Fozilova OgiloFayoz kizi2025