Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YOSH AYOL-QIZLARGA BERILAYOTGAN IMKONIYATLAR: TAʼLIM, SPORT VA ILMIY IZLANISHLAR SOHALARI TALQINIDA
SCIENCE SHINE · Abduvohidova Farangiz Vahob qizi
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
В этой статье представлены позитивные изменения в области молодых женщин в Республике Узбекистан, особенно в области образования, спорта и исследований, особенно в области образования, спорта и исследований. На основании числовых данных, активность числа учащихся будет рассмотрена по числу студентов, активностью спортивных достижений и молодых исследователей. Это также рассказывает о роли различных государственных программ, грантов и проектов в жизни женщин. Ключевые слова: Молодые женщины, образование, спорт, научные исследования, гранты, генерация. Yosh ayollar va qizlarga yangi imkoniyatlar yaratish masalasi nafaqat O‘zbekiston, nafaqat butun dunyoda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda gender tengligi va ayollarning jamiyatdagi o‘rni tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, taʼlim, sport va ilmiy izlanishlar 172 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025 sohalarida yosh ayol-qizlarga berilayotgan imkoniyatlar miqdori va sifatining oshishi sezilarli. Ushbu maqolada ushbu sohalarda qizlarga taqdim etilayotgan imkoniyatlar va yutuqlar tahlil qilinadi. Xususan bu borada yurtboshimiz tomonlaridan ko’plab qaror va farmonlab qabul qilinmoqda. “PQ-103-son 14.032025. “Oila va xotin-qizlarni qo’llab- quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida 2025-yilda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilansin: (a) 2 million nafar xotin-qizlarning bandligini ta’minlash; (b) 250 ming nafar xotin-qizlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish; (v) 250 ming nafar xotin-qizlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish; (g) 50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizlarni sanatoriylarda sog‘lomlashtirish hamda ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha motivatsion seminarlar tashkil etish”. Shuningdek, Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida, “Yangi O‘zbekistonda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz uchun ham munosib sharoitlarni yaratib berish – eng muhim vazifamiz bo‘lib qoladi Ushbu shukuhli ayyomda hammamiz bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib, mehr va tarbiya berib voyaga yetkazgan buyuk ona siymosiga, mo‘tabar ayol zotiga ta’zim qilamiz. Zero, inson qadrini ulug‘lash avvalo azizu mukarrama ayollarimizni ulug‘lashdan boshlanadi. Shu ma’noda, Mir Alisher Navoiy bobomizning, jannat bog‘idan bahramandlik istar ekansan, avvalo, munis onani rozi aylagin, degan so‘zlarini biz eng ezgu da’vat sifatida qabul qilamiz. Biz hayotimizning ma’no-mazmuni, butun borlig‘imizni siz, qadrli opa- singillarimizdan ayri holda tasavvur etolmaymiz. Sizlar biz uchun hamisha go‘zallik va nazokat, mehr va sadoqat, qanoat va shukronalik timsoli bo‘lib kelgansiz va doimo shunday bo‘lib qolasiz. Mana shunday olijanob fazilatlaringiz bilan bizlarga hamma vaqt kuch-g‘ayrat, hayotga, kelajakka ishonch bag‘ishlab kelayotganingiz uchun siz, azizlarga har qancha tahsin va tasannolar aytsak, arziydi. Hurmatli opa-singillar! Yurtimizda mehnatkash, olijanob xalqimiz, birinchi navbatda, xotin-qizlarimiz uchun erkin, obod va farovon hayot barpo etish – davlatimiz va jamiyatimizning eng ustuvor vazifasi etib belgilangan. Jumladan, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida xotin-qizlarning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy faolligini oshirish, onalik va bolalikni himoya qilish, gender tenglikni qaror toptirish, ayollarning huquq va 173 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025 manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu maqsadda, avvalo, milliy qonunchiligimiz takomillashtirilib, opa- singillarimiz uchun yanada keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Buning tasdig‘ini birgina misol, ya’ni, saylov kodeksimizda deputatlikka nomzodlarning kamida 40 foizi yoki har 5 nafaridan 2 nafari ayol kishi bo‘lishi zarurligi mustahkamlab qo‘yilganida yaqqol ko‘rish mumkin. Bugun ushbu muhtasham zalda hurmatli deputat va senator ayollarimizni ko‘rib turganimdan xursandman. Mamlakatimizda qonunchilikni mustahkamlash, qabul qilinayotgan qonunlarimizning adolatli va ta’sirchan bo‘lishida ularning ham albatta hissasi katta. Buning uchun xalq vakillari bo‘lgan bu ayollarimizga chin qalbdan minnatdorlik bildiramiz”-deydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida. Taʼlim sohasidagi imkoniyatlar: O‘zbekiston Respublikasida yosh ayol- qizlarning taʼlim olishga bo‘lgan intilishi yilda yilga ortmoqda. So‘nggi yillarda taʼlim sohasida ayollarning o‘rni sezilarli darajada oshdi. Misol uchun, 2015-2024 yillari orasida, o’n yil ichida, oliy taʼlimga o‘qishga kirgan talaba qizlar soni 40% ga oshgan. Bu holat yurtimizda ayollar uchun taʼlim olish imkoniyatlarining kengayganligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, davlat tomonidan taqdim etilayotgan grantla
Доказательный фрагмент
«В этой статье представлены позитивные изменения в области молодых женщин в Республике Узбекистан, особенно в области образования, спорта и исследований, особенно в области образования, спорта и исследований.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ этой статье представлены позитивные изменения в области молодых женщин в Республике Узбекистан, особенно в области образования, спорта и исследований, особенно в области образования, спорта и исследований. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Young women, education, sports, scientific research, grants, gender tengligI, ilmiy izlanishlar, grantlar, sport, taʼlim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025