Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
JALOLIDDIN MANGUBERDI – XALQ QAHRAMONI
SCIENCE SHINE · Jahongir Usmanov Xujaqulovich
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada Sulton jaloliddin Manguberdining hayoti, mo’g’ullarga qarshi kurashi, harbiy yurushlari, qo‘shni mamlkatlar bilan harbiy ittifoqi, zabt etgan shaharlari, umrning oxirlari hamda olimlarning asarlarida Sulton Jaloliddin shaxsiyati haqida ma’lumotlar beriladi. Jaloliddin Manguberdi mo‘g‘ullarga qarshi 11 yil davomida Xuroson, Hindiston, Eron, Iroq va Kavkaz hududlarida tinimsiz kurash olib bordi, 17 marotaba mo‘g‘ullarga qarshi jang qilib, ularning 14 tasida g‘olib bo‘ldi. Bu orada u nafaqat mo‘g‘ullar, balki uning ortib borayotgan kuch-qudratiga hasad bilan qaragan Bag‘dod xalifasi va Ko‘niya sultoni Alovuddin Kaykubod kabi shaxslarga qarshi kurashishiga ham to‘g‘ri keldi. Shuningdek, vazirlari, sarkardalarining xiyonati va ukasi G‘iyosiddin Pirshohning isyonlari ham sultonning ozodlik uchun kurashiga ma’lum moneliklar ko‘rsatdi. Urganchdagi qaltis vaziyat tufayli shaharni tashlab chiqqan Jaloliddin 300 kishi bilan 16 kun ichida Xorazmdan Xuroson yerlaridagi Niso qo‘rg‘oni (hozirgi Turkmanistonda) atrofiga yetib keldi. Chingizxon Muhammad Xorazmshoh o‘g‘illarining Xorazmga qaytganlaridan xabar topgach, ularning Xurosonga chekinishi mumkinligi nuqtayi nazaridan Xurosonning har yeriga pistirmalar qo‘ydi. Jaloliddin Niso yaqinida o‘zining 300 nafar askari bilan mo‘g‘ullarning 700 kishilik pistirmadagi guruhini tor-mor etdi. Ushbu g‘alaba mo‘g‘ullarning afsonaviy qudrati, yengilmasligi haqidagi mish-mishlarga chek qo‘ydi. Jaloliddinning obro‘si ko‘tarilib, xalqda g‘alabaga ishonch mustahkamlandi. Bu voqealar 1221-yilning boshida sodir bo‘lgan edi. U bug‘doyrang, o‘rta bo‘yli, turkiy qiyofali va turkiyda gapiradigan odam edi, shu bilan birga, forsiyda ham so‘zlasha olardi. Uning mardligi, jasurligiga kelsak, yuqorida hikoya qilganim janglardagi faoliyatini eslab o‘tishning o‘zi kifoya qiladi. U sherlar orasida eng zo‘r sher edi, qo‘rqmas chavandoz, lashkarlar orasida eng botiri edi. U yuvosh, muloyim odam edi, jahldor emasdi, haqoratomuz so‘zlarni aytmasdi. U nihoyatda jiddiy edi, kulmasdi, faqat jilmayib qo‘yardi, kam gapirardi. U haqgo‘ylikni, adolatni ulug‘lardi, ammo yashagan davridagi g‘alayonlar, alg‘ov- dalg‘ovlar fe’l-atvorini o‘zgartirdi. U qo‘l ostidagi odamlarning og‘ir hayotini 157 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025 yengillashtirishni xohlardi, ammo u yashagan davr qonunlari uni zulm qilishga majbur etardi… Bachkana ta’riflarni yoqtirmagan, faqat “sulton” deya murojaat qilishlarini so‘ragan. (Shihobiddin Nasaviyning “Siyrat as-sulton Jaloliddin Mangburni” asaridan) Movarounnahrning asosiy shaharlari egallangach, mo‘g‘ullarning bosqinchilik yurishi Amudaryo janubidagi yirik savdo va madaniyat markazlari: Balx, Hirot, Marv va G‘azna kabi shaharlarga yo‘naltirildi. Ammo bu viloyatlarda ular Jaloliddin Manguberdining qattiq qarshiligiga uchradi. Jaloliddin Valiyon qal’asini qamal qilayotgan mo‘g‘ul qo‘shinlariga hujum qilib, ularni tor-mor etdi. Bu uning dushman ustidan qozongan dastlabki yirik g‘alabasi edi. Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu no‘yonni 45 minglik qo‘shin bilan jo‘natdi. G‘azna yaqinidagi Parvon dashtidagi jangda Jaloliddin g‘alaba qozondi. Biroq g‘alabadan keyin qo‘lga kiritilgan o‘ljalarni taqsimlashda lashkarboshilari o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik boshlandi. Oqibatda lashkarboshilardan Sayfiddin Ig‘roq, A’zam Malik va Muzaffar Maliklar qo‘shindan ajrab ketdilar. Jaloliddinning ularni qaytarish yo‘lidagi urinishlari naf bermadi. Bu voqeadan so‘ng sultonning harbiy salohiyati zaiflashib qoldi. Fursatdan foydalangan Chingizxon G‘aznaga askar tortdi va ajralib chiqqanlarni alohida-alohida tor-mor etdi. Jaloliddin tengsiz janglar olib borib, Sind (Hind) daryosi qirg‘oqlariga yaqinlashib bordi. Daryo bo‘yida 1221-yilning noyabrida ikki o‘rtada qattiq jang bo‘ldi. Jaloliddin Chingizxon qo‘shinining ilg‘orini yengdi. Mo‘g‘ullarning pistirmalarga qo‘yilgan 10 ming nafar saralangan askari jangni yakunladi. Sind jangi taktikasi Jaloliddin Manguberdi Chingizxon qo‘shinidan 3 barobar kam bo‘lgan o‘z qo‘shinini yarim oy shaklida safga tizadi. Qo‘shinning o‘ng qanotini sulton tog‘ etagiga joylashtirgani holda, chap qanotni Sind sohiliga joylashtiradi. Natijada mo‘g‘ullar xorazmliklarni qurshovga olishining oldi olinadi. Mo‘g‘ullarning yolg‘ondan chekinish orqali dushmanni olg‘a undab, ularni qanotlardan qurshab olishga urinishini oldindan bilgan Jaloliddin chekingan mo‘g‘ul qo‘shinini atayin ta’qib etmaydi. Ikki muvaffaqiyatsiz hujumdan so‘ng Chingizxon asosiy kuchlarni Sulton Jaloliddin qo‘shini qanotlariga tashlaydi. Natijada Jaloliddinning ochiq jangga kirishdan boshqa iloji qolmadi. Jaloliddin taslim bo‘lishni xohlamay, otda Sind daryosiga sakrab, narigi qirg‘oqqa suzib o‘tdi. U bilan birga uning to‘rt ming kishilik askari ham daryodan o‘tib oldi. Hozirgi paytda ham bu daryoning bir tomoni “Ot sakrash”, narigi tomoni “Cho‘li Jaloliy” deb ataladi. Jaloliddinning jasoratiga qoyil qolgan Chingizxon o‘
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Sulton jaloliddin Manguberdining hayoti, mo’g’ullarga qarshi kurashi, harbiy yurushlari, qo‘shni mamlkatlar bilan harbiy ittifoqi, zabt etgan shaharlari, umrning oxirlari hamda olimlarning asarlarida Su…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Sulton jaloliddin Manguberdining hayoti, mo’g’ullarga qarshi kurashi, harbiy yurushlari, qo‘shni mamlkatlar bilan harbiy ittifoqi, zabt etgan shaharlari, umrning oxirlari hamda olimlarning asarlarida Su… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sulton jaloliddin, ullarga qarshi, tor-mor etdi, jaloliddin manguberdining, jaloliddin manguberdi, orasida eng, ammo yashagan
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025