К содержанию
РецензированоUZ2025

ANTIK DAVR VA MUHAMMAD MUSO AL-XORAZMIY GEOGRAFIYASI: O‘XSHASHLIK VA FARQLAR

SCIENCE SHINE · O‘XSHASHLIK VA FARQLAR · Muxtorova Madina Inomjon qizi

Свет науки · 1 · 2025

Аннотация

Xorazmiyning matematika, geometriya, astronomiyaga oid asarlari milliy va jahon tadqiqotchilar tomonidan ancha yaxshi o‘rganilib tadqiq qilingan. Biroq, uning geografiya va tarix ilmi sohasiga qo‘shgan beqiyos hissasi hali hanuz alohida tadqiqot obyekti sifatida chuqur o‘rganilmagan, tahlil qilinmagan. Zero, Muhammad Xorazmiy Movarounnahrdan bo‘lgan ilk geografik asar yaratgan olim hisoblanadi. Biroq, uning geografiya sohasida yozilgan “Surat ul-ard” asari Ptolemey “Geografiya”sining tarjimasi degan fikrlar ham mavjud. Ushbu maqolada Xorazmiy ilmiy merosining ustun jihatlari, asar olimning mustaqil yondashuvi bilan yozilganligi va yunon geografiyasiga o‘xshash va farqli jihatlari o‘z isbotini topadi. Tayanch so‘z va iboralar. “Ma’rifatu uruz al-aqolim”, Yetti iqlim nazariyasi, bosh meridian tushunchasi, Amaratus va Amazanus. Annotation. While al-Khwarizmi’s works on mathematics, geometry, and astronomy have been extensively studied by both national and international scholars, his invaluable contributions to the fields of geography and history remain largely underexplored as distinct subjects of academic inquiry. Indeed, Muhammad al- Khwarizmi is considered the first scholar from the region of Transoxiana to compose a geographical treatise. However, there are ongoing scholarly debates regarding whether his work Ṣūrat al-Arḍ is an original contribution or merely a translation of Ptolemy’s Geography. This article investigates the distinctive features of al- Khwarizmi’s scientific legacy, emphasizing the independent nature of his geographical methodology and highlighting both the similarities to and differences from Greek geographic thought. Keywords: “Maʿrifat ʿUrūḍ al-Aqālīm” (Knowledge of the Dimensions of the Climes), Theory of the Seven Climes, concept of the Prime Meridian, Amaratus, Amazanus. Jamiyat uchun siyosiy-iqtisodiy bilimlar singari tarixiy va geografik bilimlar ham muhim sanaladi. Ayniqsa, davlatchilik shakllanib borgani sari siyosiy-harbiy, iqtisodiy, ijtimoiy va insoniy ehtiyojlar geografiyaga talabni oshirib yuborgan. Harbiy yurishlar tashkil etish, davlat hududi va siyosiy boshqaruvining kengayishi, yangi 124 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025 ellar bilan tanishish, o‘z hududidan tashqariga chiqib tirikchilik uchun yangi yerlar, dengiz va quruqlik savdosi olib borish, iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yangi bozorlarni topish bevosita mintaqa tabiiy geografiyasini bilishni talab etar edi. Islom dini yaratilgandan so‘ng, inson olamni anglab yetishi uchun ilmga, sayohat qilishga da’vat qilindi. Musulmon dunyosida Muhammad Xorazmiy geografik asarni yaratib, mazkur fan uchun tamal toshi qo‘ymaguncha bu sohada qoniqarli asar yaratilmagan. Muhammad Xorazmiygacha bo‘lgan davrda xalifalikda Misr, Mesopotamiya, Hind, Xitoy, Yunon-rim, Eron va Turon ellarining geografik qarashlaridan foydalanishgan, ularning asarlari suryoniy va arab tillarga tarjima qilingan. Bunda antik davr – yunonlar geografiyasi asosiy o‘rinda bo‘lgan. Sharqda Batlimus Qalavdiy deb ataluvchi Klavdiy Ptolemey Misrning Iskandariya shahrida, milodiy II asrda yashagan yunon olimidir. U astronomiya, geografiya, fizika va geometriyaga doir yirik asarlar yozgan. Geografiyaga bag‘ishlangan asari 8 bobdan iborat bo‘lib, o‘zi chizgan 26 ta alohida hududlar xaritalari unga ilova qilingan. Muhammad Xorazmiyning “Surat ul-ard” asari yangidan yozilganmi yoki Ptolemey “Geografiya”sining shunchaki ko‘chirilgan tarjima shaklimi yoki Xorazmiyning geografik qarashlari faqatgina antik davr olimlarining geografiyasiga asoslangan holda shu bilan cheklanganmi degan bahsli masala avvaldan mavjud bo‘lgan. Ikki asar, ikki xil dunyoqarash, yunonlar va Xorazmiy merosi sinchiklab o‘rganilsa oradagi tafovutlar yaqqol seziladi. Bayt ul-hikmada ilmiy ishlar qizg‘in ketayotgan bir vaqtda, Xorazmiy Bag‘dod observatoriyasida yer yuzi aylanasidagi gradus miqdorini o‘lchash ekspeditsiyasida qatnashgan. Xalifa Ma’mun o‘z davrida olimlarga osmon va yerning batafsil xaritalarini yaratish vazifasini topshirgan. Ushbu loyihaning natijasi sifatida dunyo atlasi tuzilishi kerak edi. Kartografiya ishlarini olib borish uchun 70 dan ortiq olim jalb qilinib, ularga Muhammad Xorazmiy rahbarlik qilgan. Bu xaritalar keyinchalik “Ma’mun dunyo xaritasi” nomi bilan mashhur bo‘lib, 840-yillarda tayyorlangan deb taxmin qilinadi. Xorazmiy tomonidan tuzilgan xaritalar bilan bog‘liq holda “Surat ul-ard” kitobi ham mashhur bo‘lgan. Kitob bir necha o‘nlab xarita va ularga berilgan izohlardan iborat – jami 48 varoq. Atlasdan faqat 4 ta xarita saqlanib qolgan. Asar matni arabcha, nasx xatida yozilgan. Qo‘lyozma asosan zij tarzida, ya’ni joylar va ularning koordinatalari jadvali ko‘rinishida yozilgan13. Kitobning yana bir nomi 13 Ҳ. Ҳасанов, О. Бўриев. Ал-Хоразмий географияси. – Тошкент: Фан, 1983. – Б. 11. 125 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025 “Kitobu rasm ar-rub al

Доказательный фрагмент

«Xorazmiyning matematika, geometriya, astronomiyaga oid asarlari milliy va jahon tadqiqotchilar tomonidan ancha yaxshi o‘rganilib tadqiq qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Xorazmiyning matematika, geometriya, astronomiyaga oid asarlari milliy va jahon tadqiqotchilar tomonidan ancha yaxshi o‘rganilib tadqiq qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
“Maʿrifat ʿUrūḍ al-Aqālīm” (Knowledge of the Dimensions of the, “Ma’rifatu uruz al-aqolim”, Yetti iqlim nazariyasi, Amaratus va Amazanus., bosh meridian tushunchasi
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники