Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INNOVATSION MARKAZLARNI YARATISHNING ILMIY-ASOSIY ASPEKTLARI
SCIENCE SHINE · Masharipova Madina Quvonchbek qizi
Свет науки · 1 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada innovatsion markazlarni yaratish va ularning ilmiy, texnologik, iqtisodiy hamda ijtimoiy taraqqiyotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tajribasi asosida innovatsion muhitni shakllantirish omillari, zamonaviy innovatsion infratuzilma, startap ekotizimi va innovatsion markazlarning ta’sir doirasi ilmiy jihatdan yoritiladi. Maqolada, shuningdek, O‘zbekistonda innovatsion markazlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar keltiriladi. Kalit so‘zlar: Innovatsiya, texnopark, innovatsion markaz, startap, raqamli iqtisodiyot, ilm-fan, texnologik rivojlanish, ekotizim, yangi g‘oya, tadbirkorlik. Mavzuning dolzarbligi Bugungi kunda globallashuv, raqamli iqtisodiyot va ilm-fan taraqqiyoti sharoitida innovatsion faoliyat har bir davlatning strategik ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylanmoqda. Innovatsion markazlar — bu yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, ularni tijoratlashtirish, startap va ilmiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga ixtisoslashgan infratuzilmaviy tuzilmalardir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan “Ilm – taraqqiyot, innovatsiya – harakatlantiruvchi kuch” tamoyili asosida mamlakatimizda ham innovatsion ekotizimni shakllantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Yangi O‘zbekiston - taraqqiyot va innovatsiyalar makoni” konsepsiyasi doirasida ilmiy salohiyatli kadrlar tayyorlash, texnoparklar va innovatsion markazlar tashkil etish borasida amaliy harakatlar olib borilmoqda. Shu bois, innovatsion markazlarning tashkil etilishi nafaqat iqtisodiy, balki ilmiy, texnologik va ijtimoiy rivojlanishning muhim omiliga aylanmoqda. Mazkur maqolada innovatsion markazlar konsepsiyasi, ularning funksional roli va rivojlanish strategiyalari yoritiladi. Asosiy qism Innovatsion markaz tushunchasi va ularning vazifalari 90 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025 Innovatsion markazlar — bu ilmiy tadqiqotlar, texnologik ishlanmalar, startaplar va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan zamonaviy infratuzilma shaklidir. Ular odatda universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari, sanoat korxonalari va investorlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi. Innovatsion markazlar texnoparklar, biznes-inkubatorlar, startap akseleratorlari yoki sanoat hamkorlik markazlari shaklida bo‘lishi mumkin. Ularning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: Ilmiy-texnologik tadqiqotlarni muvofiqlashtirish; Startap va innovatsion loyihalarni shakllantirish va rivojlantirish; Tijoratlashtirish – ilmiy natijalarni bozorga chiqarish, ya’ni uni amaliyotga tatbiq etish; Mentorlik va maslahat xizmati – yosh tadqiqotchilar va tadbirkorlar uchun maslahat berish; Investitsiya va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni jalb qilish; Hamkorlik ekotizimini yaratish – universitet, sanoat va davlat o‘rtasidagi innovatsion “uchburchak” modelini shakllantirish. Shuningdek, bunday markazlar raqamli transformatsiya, sun’iy intellekt, biotexnologiya, muqobil energiya, sanoat 4.0 kabi zamonaviy texnologik yo‘nalishlarga ixtisoslashgan bo‘lishi mumkin. Ular nafaqat texnologiyalarni ishlab chiqadi, balki ularni sinovdan o‘tkazish, prototiplash, sertifikatlash va ommalashtirishni ham ta’minlaydi. Dunyo tajribasi va ilg‘or amaliyotlar Dunyo amaliyotida innovatsion markazlar mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy drayverlaridan biri sifatida qaraladi. Ular ko‘pincha “innovatsion klasterlar” yoki “texnologik vodiylar” deb ataladi. Quyida ayrim ilg‘or tajribalar keltiriladi: AQSH – Silicon Valley (Kaliforniya) Xitoy – Zhongguancun (Pekin) Janubiy Koreya – Daedeok Innopolis Isroil – Startap Nation Bu tajribalar shuni ko‘rsatadiki, innovatsion markazlar samarali ishlashi uchun quyidagi shartlar muhim: mustahkam qonunchilik bazasi, universitet-ilmiy soha- sanoat integratsiyasi, moliyaviy rag‘batlantirish, xalqaro hamkorlik va kadrlar salohiyatini rivojlantirish. O‘zbekistonda innovatsion markazlarni tashkil etish bo‘yicha yondashuvlar 91 SCIENCE SHINE INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL Issue 7(42), Volume 1 | ISSN 3030-377X | 15.04.2025 O‘zbekiston sharoitida innovatsion markazlar yaratish davlatning ilmiy- texnologik siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan. Hozirda quyidagi shakllarda faoliyat yuritayotgan innovatsion strukturalar mavjud: IT Park (Toshkent va hududiy filiallar) Yashnobod texnoparki Universitetlardagi inkubatsiya markazlari Biroq, hali mavjud muammolar ham bor: infratuzilmaning cheklanganligi, innovatsion xizmatlarning yetarli darajada rivojlanmaganligi, xalqaro grant va investitsiyalarni jalb etishdagi to‘siqlar. Takliflar va strategik yondashuvlar 1. Hududiy innovatsion markazlarni rivojlantirish 2. Akademik innovatsiyalarni tijoratlashtirish 3. Xalqaro integratsiya va texnologik transfer 4. Kadrlar salohiyatini oshirish 5. Innovatsion qonunchilikni takomillashtirish Xulosa Innovatsion markazlar ilm-fan, texnologiya va iqtisodiyot o‘rtasidagi integratsiyaning asosiy el
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada innovatsion markazlarni yaratish va ularning ilmiy, texnologik, iqtisodiy hamda ijtimoiy taraqqiyotdagi o‘rni tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada innovatsion markazlarni yaratish va ularning ilmiy, texnologik, iqtisodiy hamda ijtimoiy taraqqiyotdagi o‘rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ekotizim, raqamli iqtisodiyot, texnologik rivojlanish, texnopark, innovatsion markaz, Innovatsiya, ilm-fan, tadbirkorlik., startap, yangi g‘oya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025